Sayt test rejimida ishlamoqda

Ishlar bo‘limi boshlig'i

Vazirlikning markaziy apparati

Irisov Rustamjon Sayfullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi  Ishlar bo‘limi boshlig'i

Irisov Rustamjon Sayfullayevich 1971-yil 22-sentabrda Samarqand viloyatida tug'ilgan.

2005 - yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamonlagan. 

MEHNAT FAOLIYATI

1995-1996 yy. - O‘zbekiston YOI Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman qo‘mitasi tashkiliy bo‘lim mudiri;

1996-1997 yy. - O‘zbekiston YOI Sirdaryo viloyati, Oqoltin tuman qo‘mitasi Kamolot jamg‘armasi bosh xisobchi;

1997-2000 yy. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Davlat soliq inspeksiyasi inspektori;

2000-2001 yy. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani DSI yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq soluvchi inspektor;

2001-2001 yy. - Toshkent shaxar Yashnobod tumani DSI inspektori;

2001-2002 yy. - Toshkent shaxar Sergeli tumani DSI inspektori;

2002-2005 yy. - Toshkent shaxar Sergeli tumani DSI jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi, uchastka inspektori va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘illanuvchi tadbirkorlarni nazorat qilish shoʻbasining davlat soliq inspektori-uchastka inspektori;

2003-2006 yy. - Toshkent shaxar Sergeli tumani DSI jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi, uchastka inspektori va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘illanuvchi tadbirkorlarni nazorat qilish shoʻba boshlig‘i;

2006-2010 yy. - Toshkent shaxar Sergeli tumani DSI shoʻbasi boshlig‘i;

2010-2012 yy. - Toshkent shaxar Sergeli tumani DSI soliq tekshirishlari bo‘limi, nazorat tartibidagi va qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil qilish shoʻbasi bosh davlat soliq inspektori;

2012-2013 yy. - Toshkent shaxar Sergeli tumani DSI nazorat-tartibidagi va qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil qilish shoʻbasi davlat soliq bosh inspektori taftishchisi;

2013-2018 yy. - Toshkent shaxar Sergeli tumani, DSI Chakana savdo va xizmat ko‘rastish sohasida naxd xorijiy valyuta muomilasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat qilish qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori taftishchisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;

2019-2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi “Ixtisoslashtirilgan loyiha–izlanish instituti” davlat unitar korxonasi buxgalteriya va shartnomalar bo‘limi iqtisodchi;

2022-2023-yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i.

2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Ishlar bo‘limi boshlig'i

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov oltita nominatsiya, “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”,“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha tashkil etildi. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishgan edi. Hududiy bosqichdan tanlovning respublika bosqichiga jami 82 nafar ishtirokchi yo‘llanma olishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashishdi. Shundan, 6 ta nominatsiya bo‘yicha 18 nafar ishtirokchi I, II, III o‘rinlarni egallashdi. I, II, III o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga Maktabgacha ta’lim agentligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari berilib, shu bilan birga: I o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 12 mln. so‘m; II o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 8 mln. so‘m III o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 5 mln. so‘m miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi. Shuningdek, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyalarida I, II, III o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga  davlat granti asosida  oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun yo‘llanma berildi. Tanlovning qolgan ishtirokchilariga Maktabgacha ta’lim agentligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.  Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта