
Yakubova Iroda Botirovna — Xorazm viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi.
Yakubova Iroda Botirovna 1974-yilda Xorazm viloyati Urganch shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 1996-yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1996-yilda Urganch shahridagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 1999-2003-yilda Urganch tibbiyot kollejining ingliz tili fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
2003-2004-yillarda “Toshkent-tola” masʼuliyati cheklangan jamiyatida sekretar-referent, 2004-2006-yillar oraligʻida “Coca-cola ichimligi Oʻzbekiston, LTD” Urganch filiali administratsiya boʻlimi suprevayziri, 2009-2012 yy. — Urganch shahridagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi boʻlib faoliyat yuritgan.
U tayinlangunga qadar2012-2017-yillarda Urganch shahridagi 8-son maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi boʻlgan. 2017-yildan hozirga qadar Xorazm viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.