Sayt test rejimida ishlamoqda

Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Hududiy boshqaruv

Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich – Samarqand viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich – 1968-yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1992-1996 yy. – Samarqand viloyati Chelak tumani Dehqonchilik sanoati uyushmasi bosh mutaxassis, moliyachisi vazifasidan boshlagan.

1996-1996-yillari “OʻzSavdogarbank” Chelak boʻlimi qarz boʻlinmasi 2-toifali iqtisodchisi

1996-1998-yillari “Tadbirkorbank” Chelak boʻlimining kreditlash boʻlimi qimmatli qogʻozlar boʻyicha yetakchi mutaxassisi

1999-2001-yillari “Savdogarbank” Chelak boʻlimining kreditlash boʻlimi 1-toifali iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi

2001-2001-yillari Oʻzbekiston Respulikasi Moliya vazirligining “Samarqand don” hissadorlik jamiyati boʻyicha moliya inspektori

2001-2002-yillari Samarqand viloyati Chelak tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri

2002-2009-yillari Samarqand viloyati Payariq tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri

2009-2012-yillari Samarqand viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

U tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi

2021-yil 8-iyundan boshlab Samarqand viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi ishlab kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
RASMIY MUNOSABAT

Turli xil ijtimoiy tarmoqlar orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalar badal puli oshganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqalmoqda. Hurmatli yurtdoshlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-sonli Farmoniga asosan, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tuman va shaharlarning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, tadbirkorlik muhitini yana-da yaxshilash, davlat ko‘magini berish tartibini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shaharlar 5 toifaga ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi 471-sonli Qaroriga asosan, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga nisbatan, tumanlarning toifasidan kelib chiqib, kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash belgilandi. Jumladan: 4- va 5-toifadagi tumanlarda – 50%; 3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) – 30%; avval imtiyoz qo‘llanilmagan 73 ta tumanlarda ota-onalar to‘lovi miqdorlari 30% dan 50% gacha kamaytirildi; 35 ta tumanlarda avval qo‘llanilgan 50% imtiyoz saqlab qolindi; 63 ta tuman va shaharlarda imtiyoz qo‘llanilmadi; avval 50% imtiyoz berilgan 37 ta tuman va shaharlarda ota-ona to‘lovi miqdorlari 20% dan 50% gacha oshiriladigan bo‘ldi; Toifalanishga asosan avval berilgan foiz imtiyozlariga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan: 1- va 2-toifalarga mansub Nukus, Urganch, Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Qo‘ng‘irot, Romitan, G‘allaorol, G‘uzor, Bog‘ot tumanlarida avval berilgan 50% imtiyoz bekor qilindi; 3-toifaga mansub G‘ozg‘on va Xiva shaharlariga avval berilgan 50% imtiyoz bekor qilindi; 3-toifaga mansub 26 ta tumanlarga avval berilgan 50% imtiyoz 30% ga o‘zgartirildi(4- va 5- toifalardan 3-toifaga o‘zgarishi natijasida); 2-toifadan 3-toifaga tushishi natijasida ayrim xududlarga 30% imtiyoz berildi. Quyida toifaga ajratilgan hududlarning foiz imtiyozlari o'zgarish ko'rsatilgan. Ota-onalar badal puli 2023.xlsx Eslatma: Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilning o‘tgan davrida isteʼmol tovarlari narxlari 12,2 foizga oshgan. Shunday bo‘lsa-da bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi 2021-yilning may oyidan beri oshirilmasdan saqlanib kelayotgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-287-sonli Farmoniga asosan, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish yuzasidan tuman va shaharlarning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ayrim tuman va shaharlarning foizlar kesimida, kamaytiruvchi koeffitsiyentlar hisobiga, pasayish kuzatilgan. Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini, tushunmovchiliklar, tizimga oid yuzaga keladigan savollar bo‘lsa, Maktabgacha taʼlim Axborot xizmatiga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Xarajatlar smetasini bajarish bo'yicha hisobot 01.01.2023

Бюджет касса харажатлари ҳисоботи.pdf

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Vakant ish joylari haqida ma'lumot 01.01.2023 y.

vakant ish joylari haqida ma'lumot.docx Ma'lumot uchun, mazkur jadvalda tashkilotning agentlikka aylantirilishi bo'yicha qaror chiqmasidan oldingi vakant ish joylari ko'rsatilgan. 

Вид сайта
Размер шрифта