
Yusupova Xilola Karimjanovna — Namangan viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi.
Yusupova Xilola Karimjanovna 1972-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 1994-yilda Namangan Davlat universitetining rus tili fakultetini, 2006-yilda esa, mazkur universitetning huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994-yilda Namangan davlat universitetida oʻqituvchi sifatida boshlagan.
1998-2000-yillarda Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat qoʻmitasining ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash boʻlimi mutaxassisi boʻlib ishlagan.
2000-2004-yillarda Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat qoʻmitasining ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash boʻlimi lavozimida faoliyat olib borgan.
2004-2007-yillarda Viloyat hokimligining xotin-qizlar masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi;
2007-2008-yillarda Viloyat hokimligining xotin-qizlar masalalari kotibiyati mudiri;
2008-2009-yillarda Namangan shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimi boshligʻi;
2009-2012-yillarda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat filiali direktori;
2012-2015-yillarda Namangan viloyati hokimligining xotin-qizlar masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri lavozimlarida ishlagan.
U lavozimga tayinlangunga qadar Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻlgan.