Sayt test rejimida ishlamoqda

Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i

Hududiy boshqaruv

Soliyeva Feruza Qaxramonovna — Jizzax viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi.

Soliyeva Feruza Qaxramonovna 1986-yil 15-avgustda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Millati-oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2006-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2007-yil Buxoro viloyatidagi 1-ixtisoslashgan iqtidorli bolalar maktab internatining ona tili va adabiyot oʻqituvchisi boʻlib boshlagan.

2009-2011 yy. — Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyning oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi.

2011-2016 yy. — Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoy” akademik litseyining ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi;

2016 y-2021 Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyining direktori boʻlib faoliyat yuritgan.

U tayinlangunga qadar Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyining direktori direktori boʻlgan.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
RASMIY MUNOSABAT

Turli xil ijtimoiy tarmoqlar orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalar badal puli oshganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqalmoqda. Hurmatli yurtdoshlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-sonli Farmoniga asosan, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tuman va shaharlarning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, tadbirkorlik muhitini yana-da yaxshilash, davlat ko‘magini berish tartibini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shaharlar 5 toifaga ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi 471-sonli Qaroriga asosan, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga nisbatan, tumanlarning toifasidan kelib chiqib, kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash belgilandi. Jumladan: 4- va 5-toifadagi tumanlarda – 50%; 3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) – 30%; avval imtiyoz qo‘llanilmagan 73 ta tumanlarda ota-onalar to‘lovi miqdorlari 30% dan 50% gacha kamaytirildi; 35 ta tumanlarda avval qo‘llanilgan 50% imtiyoz saqlab qolindi; 63 ta tuman va shaharlarda imtiyoz qo‘llanilmadi; avval 50% imtiyoz berilgan 37 ta tuman va shaharlarda ota-ona to‘lovi miqdorlari 20% dan 50% gacha oshiriladigan bo‘ldi; Toifalanishga asosan avval berilgan foiz imtiyozlariga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan: 1- va 2-toifalarga mansub Nukus, Urganch, Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Qo‘ng‘irot, Romitan, G‘allaorol, G‘uzor, Bog‘ot tumanlarida avval berilgan 50% imtiyoz bekor qilindi; 3-toifaga mansub G‘ozg‘on va Xiva shaharlariga avval berilgan 50% imtiyoz bekor qilindi; 3-toifaga mansub 26 ta tumanlarga avval berilgan 50% imtiyoz 30% ga o‘zgartirildi(4- va 5- toifalardan 3-toifaga o‘zgarishi natijasida); 2-toifadan 3-toifaga tushishi natijasida ayrim xududlarga 30% imtiyoz berildi. Quyida toifaga ajratilgan hududlarning foiz imtiyozlari o'zgarish ko'rsatilgan. Ota-onalar badal puli 2023.xlsx Eslatma: Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilning o‘tgan davrida isteʼmol tovarlari narxlari 12,2 foizga oshgan. Shunday bo‘lsa-da bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi 2021-yilning may oyidan beri oshirilmasdan saqlanib kelayotgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-287-sonli Farmoniga asosan, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish yuzasidan tuman va shaharlarning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ayrim tuman va shaharlarning foizlar kesimida, kamaytiruvchi koeffitsiyentlar hisobiga, pasayish kuzatilgan. Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini, tushunmovchiliklar, tizimga oid yuzaga keladigan savollar bo‘lsa, Maktabgacha taʼlim Axborot xizmatiga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Xarajatlar smetasini bajarish bo'yicha hisobot 01.01.2023

Бюджет касса харажатлари ҳисоботи.pdf

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Vakant ish joylari haqida ma'lumot 01.01.2023 y.

vakant ish joylari haqida ma'lumot.docx Ma'lumot uchun, mazkur jadvalda tashkilotning agentlikka aylantirilishi bo'yicha qaror chiqmasidan oldingi vakant ish joylari ko'rsatilgan. 

Вид сайта
Размер шрифта