
Tillayev Utkir Uktamovich- Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi.
Tillayev Utkir Uktamovich 1982-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 2004-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Navoiy viloyati hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasida kotib vazifasidan boshlagan. 2006-2010-yillarda Navoiy viloyati hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi sogʻliqni muhofaza qilish va taʼlimni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi boʻlgan.
2010-2014-yillarda Nurota tuman hokimligida Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari vazifasida ishlagan.
2014-2015-yillarda Navoiy viloyati hokimligi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshligʻi vazifasida oʻz faoliyatini olib bordi.
2015-2015-yillarda Navoiy shahar “Munjal Shifer” MCHJ direktorining kadrlar boʻyicha oʻrinbosari;
2016-2017-yillarda Oʻzbekiston XDP Navoiy viloyati kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari boʻyicha boʻlimi boshligʻi;
2017-2017-yillarda Oʻzbekiston XDP Navoiy viloyati kengashi Deputatlik birlashmalari ishinimuvofiqlashtirish va Jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi;
2017-2018-yillarda Oʻzbekiston XDP Navoiy viloyati kengashi raisi oʻrinbosari;
2018-2018-yillarda Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
2018-2018-yillarda Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi v.v.b;
2018-2021-yillarda Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi;
2021-2021-yillarda Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi v.v.b vazifasida ishlagan.
2021-yil 22-sentyabrdan buyon Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda.