Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan pedagoglar va tarbiyalanuvchilar uchun qancha oʻquv-metodik hamda didaktik materiallar chop etilgani maʼlum qilindi

news-detail

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar inson oʻz umri davomida oladigan barcha maʼlumotning 70 foizini 5 yoshgacha boʻlgan davrda faol qabul qilishini, bolaning ongi, asosan, 5 – 7 yoshda shakllanishini koʻrsatgan. Bu esa jamiyatga kirib kelayotgan shaxsning maʼnaviy-ruhiy olami, dunyoqarashi, bilimu salohiyati uning maktab yoshigacha boʻlgan yillarda olgan taʼlim-tarbiyasiga uzviy bogʻliqligidan dalolat beradi.

Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, bola kamolotining ilk kurtaklari nafaqat oilada, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida  namoyon boʻladi. Ushbu tashkilotlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifati hamda samaradorligi, ularda yaratilgan zamonaviy imkoniyat va sogʻlom muhit murgʻak farzandlarimiz taqdirida gʻoyat muhim oʻrin egallaydi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsad va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy faoliyatining asosiy gʻoyalari ifodalangan, shuningdek, bolani taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Xuddi shu maqsadlarni samarali amalga oshirish yoʻlida vazirlik oʻz tashabbusi bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha mexanizmlarni joriy etdi.

2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari, “Ish daftari”, shuningdek, bolajonlar uchun oʻzbek ertaklari va sheʼrlari toʻplamlari ham nashr ettirildi.

Xususan, nashr etilayotgan metodik adabiyotlar va qoʻllanmalar soni quyidagicha:

– Pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr patronaj) – 48 811 ta;

– Pedagoglar uchun  “Ish daftari”  komplekt 5 kitobdan iborat – 6149 ta;

– Panoramali ertaklar  (komplekt 6 kitobdan iborat) – 6 149 ta;

– Pedagogik qoʻllanma va didaktik materiallar – 25 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);

– Musiqa pedagoglar uchun qoʻllanma – 6149 ta.

Ushbu davrda vazirlik tomonidan 3 dona oʻzbek xalq ertaklaridan iborat toʻplam ham 20 000 nusxada chop etilib, bolajonlarga yetkazilgan.

Xususan, kichik guruh bolalari uchun taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy “Qizil gul” kitobi bosmadan chiqqan. “Oq  gul” kitobi esa oʻrta guruh bolalari uchun moʻljallangan boʻlib, taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy asarlar toʻplami hisoblanadi. Shuningdek, hozirda “Sariq  gul” kitobini katta guruh  bolalari sevib mutolaa qilishmoqda. Maktabga tayyorlov guruhi  bolalari “Moviy  gul” kitobidan foydalanishmoqda. Natijada bolalarda kitobga boʻlgan qiziqish ortib, kelgusidan kitobxonlik darajasi oshishiga sabab boʻlishi mumkin.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori sifatli oʻquv didaktik materiallari bilan taʼminlanish darajasiga ham eʼtibor qaratsak:

– “Lulliya aylanalari” didaktik toʻplami – 10 000 ta;

– 3-7 yoshli bolalar uchun diqqatni jamlash va mantiqiy fikrlar uchun  rivojlanish soati – 20 000 ta;

– 40 ta toʻplamdan iborat boʻlgan Elementar matematik tasavvurlarini va bilimlarini  rivojlantirish boʻyicha didaktik oʻyinlar va masalalar toʻplami – 20 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);

–  Koʻrgazmali didaktik plakatlar toʻplami;

– 45 ta plakatdan iborat toʻplam – 10 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);

– Markazlarda faoliyatni tashkil etish uchun didaktik kartochkalar toʻplami. Toʻplam 376 ta kartochkadan iborat – 10 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);

– Nutqni rivojlantirish uchun moʻljallangan figuralar va maskalar toʻplami;

– Stol teatri – 6 149 ta; 

– “Koʻngilochar” Geometrik tushunchalarni hosil qilish va logikani rivojlantirishga qaratilgan grafomatorika boʻyicha didaktik toʻplam 3-7 yoshli bolalar uchun – 6 149 ta;

– Tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarining ish daftarlari – 466032 ta;

–  Tarbiyalanuvchilar uchun matematika daftari – 466032 ta;

– 6-7 yoshli bolalar uchun ingliz tili daftari – 466032 ta nusxada nashr ettirilmoqda.

Eng quvonarlisi yuqorida nomlari keltirilgan didaktik materiallarning barchasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mutlaqo bepul tarqatilmoqda. Albatta ushbu didaktik materiallar kelajak avlodning mustahkam bilim egasi boʻlib kamol topishi yoʻlida olib borilayotganligi ezgu maqsad boʻlib oʻz samarasini berishi shubhasizdir.

Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov oltita nominatsiya, “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”,“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha tashkil etildi. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishgan edi. Hududiy bosqichdan tanlovning respublika bosqichiga jami 82 nafar ishtirokchi yo‘llanma olishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashishdi. Shundan, 6 ta nominatsiya bo‘yicha 18 nafar ishtirokchi I, II, III o‘rinlarni egallashdi. I, II, III o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga Maktabgacha ta’lim agentligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari berilib, shu bilan birga: I o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 12 mln. so‘m; II o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 8 mln. so‘m III o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 5 mln. so‘m miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi. Shuningdek, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyalarida I, II, III o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga  davlat granti asosida  oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun yo‘llanma berildi. Tanlovning qolgan ishtirokchilariga Maktabgacha ta’lim agentligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.  Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта