Sayt test rejimida ishlamoqda

Yurib va yugurib oʻynaladigan oʻyinlar

news-detail

Yugurib keling oldimga

Bolalar maydonchaning bir tomonida terib qoʻyilgan stullarda oʻtiradilar.Tarbiyachi qarama-qarshi tomonda turadi. U: “Yugurib keling oldimga, hammangiz – hammangiz, yugurib keling oldimga!” – deydi. 

Bolalar tarbiyachiga qarab yugurishadi. Bolalar tarbiyachining yonida toʻplangach, u maydonchaning narigi tomoniga ketadi. U tomondan turib, yana: “Yugurib keling oldimga!” – deb, bolalarni chaqiradi. Oʻyin toʻrt-besh marta takrorlanadi. Keyin, tarbiyachi: “Oʻyingizga yuguring – deb, murojaat etadi. Bolalar shu zahotiyoq oʻz stullariga qarab yugurishadi. Tarbiyachi: «Yugurib keling oldimga!” – deb chaqiradi. 

Bolalar yana uning yoniga yugurib borishadi. Yugurganda bir-birlarini turtmasligi, itarishmasligi, xalaqit bermasligi kerak. 

KOʻRSATMALAR. Oʻyinga qatnashishni istagan bolalarni komandaga boʻlish mumkin: bir komanda oʻynaganda, ikkinchi komanda tomosha qilishi mumkin. Keyin ular oʻrin almashishadi. 

Dastlab bolalar xohlagan stulni egallashlari mumkin, lekin bir necha bor oʻynaganlaridan keyin, tarbiyachi bolalarning oʻz stullariga borib oʻtirishlarini aytadi. Kim notoʻgʻri oʻtirsa, oʻyindan chiqariladi. Oʻz joyiga koʻproq toʻgʻri oʻtirgan komanda yengib chiqadi.

Qushcha va uning bolalari

Bolalar besh-oltitadan boʻlib, guruh-guruhga boʻlinadilar. Har bir guruh oʻz uychasiga – iniga ega boʻladi: (boʻr bilan chizilgan doira, polga tashlab qoʻyilgan katta chambarak, ikki uchi qoʻshib qoʻyilgan arqoncha va hokazolar in boʻlishi mumkin). Bolalar choʻqqayib oʻtirishadi – qushchani ifodalashadi: don choʻqishadi, yerni titkilashadi. Tarbiyachi qushcha boʻladi. Uning: “Qani uchdik, qanot qoqdik, uchaylik katta sayr qilaylik”, - degani bilan bolalar inlaridan qanot qoqib uchib chiqadilar va uzoqroq kelishga harakat qiladilar. Tarbiyachi: “Sayr tamom boʻldi, endi uyga qaytamiz”, - deb qichqiradi. Shunda hamma bolalar xayrlashib oʻz inlariga uchib keladilar. Oʻyin uch-toʻrt marta takrorlanadi.
METODIK KOʻRSATMALAR. 
Tarbiyachi bolalarning – qushcha bolalari singari harakat qilishlarini kuzatib boradi. Begona inga kirish mumkin emasligini eslatib turadi. Qushchalarning uzoqroqqa uchishlarini daʼvat etib turadi.

Kim sekinroq

Oʻyinning maqsadi. Bolalarni barmoq uchida sekin yurishga oʻrgatish. 

OʻYIN MAZMUNI. Bolalar tarbiyachi bilan birga bir tomonga borishadi.
Kutilmagan vaqtda tarbiyachi: “Qani hozir biz kim juda sekin, oyoq uchida yura olishini bilib olamiz”, - deydi. (Qanday yurish kerakligini koʻrsatib beradi).

Bolalar iloji boricha oyoq uchlarida shovqin chiqarmasdan yurishga harakat qiladilar. Ular belgilangan tomonga qarab yuradilar. Tarbiyachi bilintirmasdan chetga chiqib: “Endi hammangiz menga qarab chopinglar”, - deydi. 

Bolalar tarbiyachiga qarab chopadilar va uni oʻrab oladilar. Tarbiyachi ularni quchoqlab gaplashadi va bir vaqtda sezdirmasdan sekin yurib boradi. Mashqni toʻgʻri bajargan bolalarni maqtaydi, qolganlarini xuddi shunday bajarishga undaydi. Oʻyin uch-toʻrt marta takrorlanadi.
METODIK KOʻRSATMALAR.
 Baʼzi bolalar oyoq uchida yurganda boshini tabiiy ravishda, ikki yelkasi orasiga engashtiradi. Shu holatda sekin yurish mumkin deb oʻylashadi. Tarbiyachi albatta bunday holatni kuzatib, bolalarning bu xatosini tuzatib borishga harakat qilishi lozim.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта