Sayt test rejimida ishlamoqda

MTT da ekologik soʻqmoq tashkil etish bosqichlari

news-detail

Davlat talablariga, “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturiga va “Yer sayyorasi – bizning umumiy uyimiz” dasturiga muvofiq ekologik soʻqmoq yaratilar ekan, oʻz hududingiz va MTT imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan tanishishishdagi zaruriy obyektlarni tanlash va inobatga olish muhim hisoblanadi.

Pedagog uchun tavsiya: Ekologik soʻqmoq tashkil etish bir nechta bosqichlarda oʻtkazilishi tavsiya etiladi:

Birinchi bosqich – tashkiliy

Ikkinchi bosqich – yoʻnalish va xarita-chizmalarni tuzish

Uchunchi bosqich – bezatish va obodonlashtirish

Toʻrtinchi bosqich – ekologik soʻqmoqni ishga tushirish

Pedagoglar maktabgacha yoshdagilar uchun ekologik soʻqmoq yaratishning oʻziga xos xususiyatlari mavjudligini yodda tutishlari kerak va quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi:

faktlarga asoslangan materiallarga koʻmib yubormaslik

mashgʻulotlarni maʼruza shaklida oʻtmaslik, pedagog obyektni koʻrsatib, u haqida gapiradi, bolalar esa uning monologini jim tinglaydilar.

soʻqmoq obyektlari anchayin xilma-xil boʻlishi kerak. Soʻqmoqdagi hamma narsaning mukammal boʻlishiga intilish: kuzda toʻkilgan barglarni butkul tozalash, yovvoyi oʻtlarni yulib tashlash tavsiya etilmaydi.

Unutmang, ekologik soʻqmoq – gulzor emas! Muhimi, unda imkon qadar koʻproq tabiat obyektlari mavjudligi, muhit xilma-xilligi esa tabiatning oʻzidagi kabi boʻlmogʻi darkor.

Quyida MTT sharoitida ekologik soʻqmoq yaratish borasida uslubiy tavsiyalar taqdim etilgan.

Birinchi bosqich – tashkiliy. Bu bosqichda tavsiya etiladi:

maʼmuriyat, pedagoglar, ota-onalar va bolalardan iborat tashabbuskor guruh tuzish;

oldinda turgan ishdagi har bir shaxsning vazifasi, ish koʻlami, harakatlar tartibi va joyini aniqlab olish;

ekologik soʻqmoq yaratish boʻyicha umumiy reja ishlab chiqish.

Ikkinchi bosqich – ekologik soʻqmoq yoʻnalishini ishlab chiqish va xarita-chizmalarni tuzish.

Tashabbuskor guruh MTT hududini mufassal oʻrganadi va nisbatan qiziqarli obyektlarni, ularning joylashuvi, axboriy taxtalarning turar joyi, yoʻl koʻrsatkichlari, andoza va boshqa bezak unsurlarini belgilab chiqadi.

Xarita tuziladi – turli maqsadlar uchun soʻqmoq chizmasi, pedagoglarga yordam tariqasida. Bolalar chizma-xaritasida ularga tushunarli boʻlgan koʻrinishdagi obyektlar, harakat yoʻnalishini tasdiqlovchi koʻrsatkichlardan iborat kichik maʼlumotlar oʻrin oladi. Soʻqmoqqa bolalar bilan mashgʻulotlarda tuzilgan va tabiatni asrashga qaratilgan turli belgilarni joylashtirish mumkin. Bezatish davomida himoya qilinadigan oʻsimliklarni qizil rang bilan ajratib koʻrsatish mumkin. Bolalarning yoshi qancha kichik boʻlsa, chizma ham shunchalik qisqa, ixcham boʻlishi lozim. Masalan, 3-4 yoshdagi bolalar uchun obyektlar yirik, yorqin tasvirlanadi: chizilgan qushcha, daraxt, ochiq rangdagi gullar. Oxirida bu rasmlar bir obyektdan boshqasiga yoʻl ochuvchi chiziq – yoʻlka bilan birlashtiriladi.

Uchinchi bosqich – ekologik soʻqmoqni bezatish va obodonlashtirish. Soʻqmoqda oʻrnatiladigan va tayyorlanadigan obyektlar roʻyxati aniqlab olingach, yoʻnalishni bezash loyihasi ishlab chiqiladi. Tashabbuskor guruh bir vaqtning oʻzida koʻrgazma taxtasi uchun badiiy matnlarni tayyorlash, ekologik soʻqmoqda axloq qoidalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Agar bir necha xil koʻrinishlar taklif etilsa, ular orasida eng yaxshisini ovoz berish orqali aniqlash mumkin. Ekologik soʻqmoq bezagi uchun yanada koʻproq pedagoglarni jalb etish maqsadida tashabbuskor guruh pedagog, bolalar va ota-onalar orasida har bir obyekt uchun eng yaxshi loyiha, har bir koʻrgazma taxtasi uchun eng yaxshi matn uchun tanlov tashkil etishi mumkin Bolalar bilan soʻqmoq “xoʻjayini” – ertak qahramonini birga tanlash. soʻngra hamkorlikdagi saʼy-harakatlar bilan ekologik soʻqmoqni obodonlashtirish ishlarini olib boradilar: chiqindilarni yigʻib, joyni tozalab, loyihaga asosan tayyorlangan barcha obyektlarni tabiat landshaftiga munosib ravishda oʻz joylariga oʻrnatadilar. Ekologik soʻqmoqni bezashda jamoa boʻlib ishlash orqali bolalar rejalashtirish, muammolarni birgalikda hal qilish va oʻzaro yordam koʻnikmalariga ega boʻladilar. Ekologik soʻqmoqni obodonlashtirishda shuni yodda tutingki, uni bezatish birdan-bir maqsad emas, balki yordamchi vosita. Ekologik soʻqmoqni koʻpgina lavhalar va reklama taxtachalari ilib tashlangan koʻchaga aylantirish kerak emas. Maʼlumot taxtachalari juda koʻp va qimmatbaho boʻlishi ham shart emas, ularni qoʻl ostingizda mavjud materiallardan tayyorlash mumkin.

Eng muhim talab – taxtachalar va yoʻl koʻrsatkichlari manzara bilan hamohang tushishi lozim. Shuning uchun mahalliy tabiiy materiallardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Ekologik soʻqmoqni jihozlashning eng oddiy koʻrinishi quyidagicha. Soʻqmoq boshi va oxiriga nomlar yozilgan maʼlumotlar taxtasi, yoʻnalish va qoidalar haqidagi kichik axborotlardan iborat chizma-xaritalar oʻrnatiladi. Yoʻnalishning barcha asosiy joyiga obyekt raqamlari va nomlari yozilgan kichik taxtachalar yoki yoʻl koʻrsatuvchi ustunchalar joylashtiriladi.

Yoʻnalishlar bezatilayotgan paytda ekologik soʻqmoq pasporti va ekskursiya qilinadigan obyektlar tavsifi tuziladi.

Toʻrtinchi bosqich – ekologik soʻqmoqda ish boshlash. Bu vaqtga kelib ekskursiya uchun ekologik soʻqmoq tayyor boʻladi: yoʻnalish jihozlangan, ekskursiya qilinadigan obyektlar tavsifi tayyorlangan, ekologik soʻqmoq pasporti va uning ish rejasi tuzilgan hamda tasdiqlangan. Ekologik bayram oʻrnida ekologik soʻqmoqning ochilish marosimini nishonlash mumkin boʻladi. Tantanali ochilishidan keyin ekologik soʻqmoqda ekskursiyalar va ekologik tadbirlar oʻtkaza boshlaydilar. Ekologik soʻqmoqning tuzilish va maʼlumot bilan toʻldirish ishlari davom etaveradi. Vaqti-vaqti bilan bezak obyektlari inventarizatsiyasi va taʼmiri amalga oshiriladi, maʼlumotlar taxtasidagi matnlar yangilanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта