Sayt test rejimida ishlamoqda

Didaktik oʻyin: “Yaxshi-yomon”

news-detail

“Yaxshi-yomon” didaktik oʻyini Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi hamkorligida “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik taʼlimi” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan boʻlib, ekologik taʼlim va tarbiya boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Yer sayyorasi – umumiy uyimiz” parsial dasturiga ilova hisoblanadi. Mazkur didaktik oʻyin 5-7 yoshdagi bolalarga moʻljallangan. Didaktik oʻyinni izchil nutqni va ekologik taʼlim-tarbiya masalalarini yechishda, shuningdek, bolani rivojlantirishdagi turli taʼlim sohalari boʻyicha mustaqil va birgalikdagi faoliyatda koʻp maqsadda foydalanish mumkin. Didaktik oʻyin MTT pedagoglari, ota-onalar va tarbiyalanuvchilarga ekologiya boʻyicha bolalar oʻyinlarini tashkillashtirishda foydali boʻladi.

Oʻyin maqsadi: Bolalarni tabiat va sogʻlom turmush tarzi (STT)ga nisbatan yaxshi va yomon xatti-harakatlarni tushunishga oʻrgatish.

Qoida: faqat bitta rasmni olish.

Oʻyin tavsifi: Oʻyin aylanuvchi mexanizm bilan oʻzaro bogʻlangan, diametri turlicha boʻlgan ikkita Lulliy doirasidan tashkil topgan. Doiralar turli taraflarga, alohida-alohida aylanadi. Ustidan mil (koʻrsatkich) biriktirilgan. U doira boʻylab aylanadi. Oʻyinga tabiatdagi turli holatlar, STT qoidalari (ijobiy va salbiy harakatlar) hamda ushbu holatlarga mos belgilar tasvirlangan rasmlar ilova qilingan. Oʻyinni qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalar Yoshi kattalar bolalarga rasmlarni koʻrib chiqishni taklif etadi. Bola rasmlarni koʻzdan kechirayotganda unga tabiat va oʻzining salomatligiga nisbatan yaxshi va yomon amallar insonlar tomonidan bajarilishi tushuntiriladi.

1-variant. “Yaxshi-yomon”

Bolalar juft-juft boʻlib oʻynaydilar. Bir bola salbiy amal qilayotgan inson tasvirlangan rasmni qizil maydonga biriktiradi, ijobiy holat aks etgan rasmni esa yashil maydonga biriktiradi. Ikkinchi bola esa sherigining tanlovini tushuntiradi, nega muayyan rasm qizil va yoki yashil maydonga tegishli ekanligini aytadi.

2-variant. “Belgini toping”

Oʻyinda 2 yoki 4 ishtirokchi qatnashadi. Oʻyin maydonida ijobiy va salbiy holatlar aks etgan rasmlar joylashtirilgan, belgili kartochkalar esa maydondan tashqarida. Bolalar navbatma-navbat milni aylantiradilar hamda koʻrsatilgan maydondagi yaxshi va yomon amallarga mos belgilarni topadilar.

3-variant. “Yaxshi amalni bajarayotgan inson tasvirlangan rasmni toping va nima uchun bunday qilish yaxshiligini soʻzlab bering”

Oʻyinda 2 yoki 4 ishtirokchi qatnashadi. Oʻyin maydonida faqat ijobiy amalli rasmlar joylashtirilgan. Bolalar navbatma-navbat milni aylantiradilar. Mil qaysi bolada toʻxtasa, u rasm tanlaydi va nima uchun bu amalni qilish kerakligini tushuntiradi.

4-variant. “Amalni tushuntiring”

Oʻyinda 2-4 ishtirokchi qatnashadi. Oʻyin maydonida ijobiy va salbiy amalli rasmlar joylashtirilgan. Bolalar navbatma-navbat milni aylantiradilar. Mil qaysi bolada toʻxtasa, u rasm tanlaydi (ijobiy yoki salbiy holat tasvirlangan). Rasm ustiga unga muvofiq boʻlgan belgini mahkamlaydi. Shu tariqa barcha ishtirokchilar oʻynaydi.

5-variant. “Amalni toʻgʻrilang”

Oʻyinda 2-4 ishtirokchi qatnashadi. Bolalar navbatma-navbat Lulliy doiralarini aylantiradilar. Mil qaysi bolada toʻxtasa, u holatlardan birini toʻgʻrilaydi: yashil oʻyin maydoniga insonning ijobiy amallarini biriktiradi. Qolgan bolalar har bir holatga mos belgilarni koʻrsatadilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта