Sayt test rejimida ishlamoqda

Tashqi qarz mablagʻlari hisobidan barpo etilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari

news-detail

Hukumat qaroriga (PQ-4883, 6 noyabrь, 2020 yil) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Islom taraqqiyot banki (ITB), Quvayt Arab Iqtisodiyot Jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb qilish evaziga maktabgacha taʼlim sohasida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun rivojlanish (KFAED) va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi (OPEK jamgʻarmasi) hisobidan amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu loyihalarni tashqi davlat qarzi hisobidan 70 million AQSh dollari miqdorida amalga oshirish rejalashtirilgan, shundan 30 millioni ITBga, 20 million – KFAED va 20 million – OPEK jamgʻarmasiga toʻgʻri keladi.

Ushbu qarz mablagʻlari hisobiga respublika boʻylab davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʻpaytirish rejalashtirilgan. Shunday qilib, mamlakatimizda umumiy quvvati 28,5 ming oʻrindan ortiq boʻlgan 250 dan ortiq nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quriladi.

2021 yil dekabrь holatiga:

KFAED bilan hamkorlikdagi loyiha:

Loyiha kontseptsiyasi investorlarga taqdim etildi va ular bilan muzokaralar olib borildi. KFAED Direktorlar Kengashi tomonidan loyihani moliyalashtirish maʼqullandi.

Hozirgi kunda investorning Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif davomida loyihani amalga oshirish boʻyicha Qarz bitimi imzolanishi rejalashtirilgan.

ITB bilan hamkorlikdagi loyiha:

Loyiha kontseptsiyasi investorlarga taqdim etildi va ular bilan muzokaralar olib borildi. Loyihani baholash maqsadida ITB vakillari tomonidan savolnoma yuborildi. MTV tomonidan savolnoma boʻyicha toʻliq maʼlumotlar taqdim etildi.

Hozirgi kunda loyihani moliyalashtirish masalasi ITB Direktorlar Kengashi tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.

OPEK jamgʻarmasi bilan hamkorlikdagi loyiha:

Loyiha kontseptsiyasi investorlarga taqdim etildi va ular bilan muzokaralar olib borildi. Loyihani oʻrganish ishlari investor tomonidan 2022 yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Barcha XMI/XHMI qarz mablagʻlarini (kredit) jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта