Sayt test rejimida ishlamoqda

“Ayollar masalalari boʻyicha ishonch telefoni 1211”dan MTV ga 39 ta murojaat kelib tushgan

news-detail

Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejida    77 ta tayyorlov guruhlari ochilgan boʻlib, ular oʻz navbatida xotin-qizlarga kunning yarmini band qilish va boʻsh vaqtlarining unumli tashkil etish imkonini beradi.

Maktabgacha taʼlim vazirligiga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan “Ayollar masalalari boʻyicha ishonch telefoni 1211” (Call-sentr) tomonidan kelib tushgan murojaatlar monitoringi tashkil etilgan.              2022-yil boshidan “Ayollar masalalari boʻyicha ishonch telefoni 1211” (Call-sentr) tomonidan MTV ga 39 ta murojaat kelib tushgan va bu murojaatlarning barchasi zudlik bilan oʻrnatilgan tartibida hal etilgan.

Shu bilan birga, oʻtgan vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim tizimida mehnat qilayotgan 122 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli isteʼdodli ayollarga oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tavsiyalar berildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil, 14-iyunda “Maktabgacha taʼlim tizimida 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlangan boʻlib, ushbu reja asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida;

 Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida taʼlim olayotgan soha mutaxassislari uchun oʻquv rejaga 8 soatlik “Huquqiy savodxonlik va korrupsiyaga qarshi kurashish” oʻquv moduli shuningdek, 4 soatlik “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” nomli maxsus darslar kiritilgan. Xozirgi kunda tinglovchilar uchun doimiy ravishda darslar oʻtib kelinmoqda.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining mamlakatda boʻlayotgan siyosiy oʻzgarishlar jarayonidagi gender siyosatini targʻib qilishga oid oʻquvlar tashkil etish borasida;

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan har haftaning juma kuni xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtiomiy-siyosiy faolligini oshirish, gender siyosatni targʻib qilish uchun hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda davra suhbatlari, seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.

 

Nodavlat makktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnaydigan “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamgʻarmalari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта