Sayt test rejimida ishlamoqda

Tadbirkorlar tomonidan kelib tushayotgan savollarga Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari tomonidan berilgan javoblar

news-detail

Savol:  Men 50 o‘rinli oilaviy bog‘cha tashkil qilganman. Lekin, nega joriy yilning yanvar (yoki boshqa oy) oyi uchun 4 nafar xodimga emas, faqatgina 2 nafar xodimga ish haqi uchun subsidiya hisoblandi?

Javob: Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan  Nizomga asosan quvvati 50 o‘rinli bo‘lgan oilaviy MTTga ikkita guruh uchun yollangan 2,5 ta tarbiyachi va 2 ta tarbiyachi-yordamchi shtat birliklariga ish haqiga subsidiya hisobot oyida ushbu MTTning birinchi guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni 25 nafar, ikkinchi guruhida kamida 12 nafarni tashkil qilganda to‘liq to‘lanadi.

Bunda subsidiyalar oilaviy MTTdagi guruhlar sonidan kelib chiqib, ko‘pi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band bo‘lgan xodimlarning ish haqini to‘lash uchun ajratiladi.

Misol uchun, 50 o‘rinli oilaviy MTTda hisobot oyida 37 nafar va undan ortiq tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olinganda, ikkita guruh tashkil etilib, jami 2,5 shtat birligi tarbiyachi va 2 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimiga ish haqi uchun subsidiyalar ajratiladi.

Agar hisobot oyida 50 o‘rinli oilaviy MTTda 36 nafar va undan kam tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olingan bo‘lsa, unda ushbu oilaviy MTTga faqatgina bitta guruhi uchun 1,25 shtat birligi tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi ish haqi uchun subsidiyalar ajratiladi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha ta'lim agentligida xalqaro hamkorlik doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha ta'lim agentligida Maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V. Shin va Jahon bankining Janob Xiroshi Saeki boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda tomonlar "O'zbekistonda bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" qo'shma loyihasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar. Janob Xiroshi Saeki loyihani amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi va ushbu loyiha mintaqada eng muvaffaqiyatli amalga oshirilganlardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, ushbu loyiha ko'plab mamlakatlarning e'tiborini jalb qilgani, xususan, Ozarbayjon o'z mamlakatida shunga o'xshash loyihani amalga oshirishdan manfaatdor ekanligi, Tojikiston delegatsiyasi esa o'rta muddatli istiqbolda loyihamiz bilan amaliy tanishish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani ta'kidlandi.  Shu bilan birga, chet el tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatini Jahon banki jamoasi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'limini rivojlantirishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda birgalikda konstruktiv ishlarni davom ettirish niyatida ekanligiga ishontirdi. Muzokaralar yakunida tomonlar ushbu uchrashuv tashkil etilgani va o'tkazilgani uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, samarali hamkorlikni davom ettirishga o'zaro qiziqishlarini ma'lum qildilar.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari -Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanining bir qator yoshlari bilan uchrashgan edi. Agentlikka biriktirilgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan alohida muammoli vaziyatlar o‘rganildi. Yoshlar bilan uchrashuvdan so‘ng, ushbu yoshlar bilan bog‘liq muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida O‘rtachirchiq tumani ichki ishlar organlari rahbari A.Sultonov hamda tuman hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari B.Hasanbayev, mahalla raislari  bilan hamkorlikdagi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan muammoli vaziyatlarni samarali hal qilish maqsadida toifalangan  tartibda ishlashga kelishib olindi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
"XAYR BOG'CHA - SALOM MAKTAB!"

Bugun “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida "Xayr bog‘cha - salom  maktab!” nomli  musiqiy tadbir tashkil etildi. Toshkent shahri boshlab bergan ushbu tadbir keyingi yildan butun Respublikamiz bo‘ylab har yili o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Maqsad: * taʼlim bosqichlarining  uzluksizligi  va  izchilligini  taʼminlash; * maktabgacha va maktab taʼlimi integratsiyasini yo‘lga qo‘yish; * ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini jonlantirish hamda bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash  darajasini tubdan yaxshilash. Ko'rgazmali chiqishlar Toshkent shahar DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etildi. Hozirda yurtimizda 30 mingga yaqin MTT faoliyat yuritib, ularda 2 mln. nafardan ortiq o‘g‘il-qiz taʼlim olmoqda. Shundan jami 563 331 nafari 2022/2023 - o‘quv yilida bog‘chani tamomlaydi. Respublikamiz umumtaʼlim maktablarida 2023/2024 - o‘quv yili uchun 1-sinfiga 732 960 nafar bola qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Вид сайта
Размер шрифта