Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani

news-detail

2022-yil 22-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

I. Maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlarning tahliliy maʼlumoti0.jpg

2.jpg3.jpg2017-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ajratilgan mablagʻlarning (jami 2,0 trln.soʻm) YAIMdagi ulushi 0,7 foizni tashkil etgan boʻlsa,
2021-yilda 7,3 trln.soʻm ajratilgan boʻlib bu koʻrsatkich 1,06 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi ulushi
2017-yilda 4,46 foizni, 2021-yilda kelib 4,86 foizni tashkil etdi.5.jpg

6.jpg

2017-2021-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 ming nafari, 2020-yilda 1 mln 700 ming nafari,
(60,9 foiz) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga qadar qoʻshimcha 257 ming nafar (+ 8,5 foiz) bola qamrab olinishi hisobiga ularning soni 1 mln 957 ming nafarga (69,4 foiz) yetdi.7.jpg

8.jpg10.jpgRespublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga kirishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda. Joriy yil yakuniga kelib qamrab olingan 6 yoshli bolalar soni 589 ming nafarga (83,8 foiz) yetdi.11.jpg

12.jpg13.jpg14.jpg2017-yildagi 5 211 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari soniga nisbatan besh barobarga oshib, hozirda 28 012tani (2020-yilda 18 254 ta) tashkil etmoqda.

Tizimga xususiy sektorning jalb qilinishi natijasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 250 tadan 21 600 taga yetdi. Jumladan, davlat-xususiy sherikchilik sohasidagi oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 19 672 taga yetdi.15.jpg

16.jpg17.jpg18.jpgDavlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 56 foiz tarbiyalanuvchilari imtiyozli shartlarda ota-ona toʻlovini amalga oshiradi.

Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishga 2,2 trln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi. Natijada maktabgacha taʼlimga jalb etilgan bolalarning 32 foizi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olmoqda.

2018-2021-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturlari doirasida
1 424 ta (2021-yilda 199 ta) obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi natijada bolalar uchun qoʻshimcha 73 mingdan ortiq (2021-yilda 12 395) oʻrinlar yaratildi.19.jpg

20.jpg21.jpg

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan:

  • “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan
    142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi.
  • BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida Namangan va Xorazm viloyatlarida
    8 ta maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etilib, jami 400 nafar bola qamrab olindi.

Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 71 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi.

Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha 141 mln (2021-yilda 43,6 mln) AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan.

Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda sifatli taʼlim xizmatini koʻrsatish boʻyicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida jami 54 551 nafar talaba oʻqimoqda. Shundan, kunduzgi taʼlim shakli bilan bir qatorda 11 300 dan ziyod talabalarni qamrab olgan holda ilk bor sirtqikechki va dual taʼlim shakllari ham joriy etildi.22.jpg

2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahrida Puchon universitetining (Janubiy Koreya) “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishida 1 198 nafar talaba, “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filialining Maktabgacha taʼlim sohasiga oid 298 nafar talaba tahsil olmoqda.

Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, 2021-yil yakunida esa 134 641 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21,6 foizdan 33,8 foizgacha (2021-yilda +2,1 foiz) yetkazildi.

2017-2021-yillarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 18 469 nafar rahbar, mutaxassis va pedagoglar malakasini oshirgan, 1 443 nafar nomutaxassis kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtgan. 50 mingdan ortiq rahbar, mutaxassis va pedagoglar uchun kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilingan.

2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 55 ming dona “Ilk qadam” dasturi va davlat talablari, 122 ming komplekt didaktik plakat va kartochkalar, 2 mln 768 ming dona ish daftarlari, 12,5 ming komplekt mavzuli rejalashtirish toʻplami, 153 ming komplekt didaktik oʻyinlar, 475 ming dona bolalarni rivojlantiruvchi oʻyinchoqlar, 80 ming komplekt badiiy adabiyotlar, pedagoglar uchun 255 ming dona oʻquv va metodik qoʻllanmalar yetkazib berildi.

Inklyuziv taʼlim tamoyillari va imkoniyati cheklangan bolalarga yordam koʻrsatishning yangi shakllari joriy etilmoqda. Jumladan, Nukus, Qarshi shaharlari va Qibray tumanida “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari joriy etildi.

2021-yilda barcha koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilititsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasini koʻrib chiqilib, ushbu tamoyillarni amaliyotga tatbiq etish va bolalarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar retsepti kitobi ishlab chiqildi.

II. Maktabgacha taʼlim sohasida hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari.

Birinchidan, respublikada 1,1 mingga yaqin MFYda maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud emas. Buning uchun:

- har yilgi Investitsiya va boshqa dasturlar doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va boʻsh turgan obyektlarni rekonstruksiya qilish;

- maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy qilish;

- qurilishning muqobil shakllaridan foydalanish;

- yangi qurilish uchun xorijiy grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish;

- nodavlat sektorning sohadagi ulushini oshirish;

- turar-joy binolarining birinchi qavatlaridan foydalangan holda yangi quvvatlarni yaratish ishlarini rivojlantirish.

Ikkinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari pastligi kadrlar qoʻnimsizligini keltirib chiqarmoqda, shuningdek tajribali kadrlarni jalb etish imkoniyatlarini pasaytirmoqda.

  • Maʼlumot uchun, oliy toifadagi tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,8 mln soʻmni; birinchi toifadagi 1,7 mln soʻmni; ikkinchi toifadagi 1,57 mln soʻmni va oliy maʼlumotli tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,45 mln soʻmni hamda oshxona oshpazining ish haqi miqdori 909 ming soʻmni tashkil etadi.

Buning uchun:

- maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari ish haqi miqdorini boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ish haqiga tenglashtirish;

- maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish.

  • Uchinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar ulushi atigi 33,8 foizni tashkil etadi. Oliy maʼlumotli kadrlar ulushini oshirish uchun:
  • A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali va Toshkentdagi Puchon universitetida maktabgacha taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shaklini kengaytirish;
  • A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Komanda pedagogov pod klyuch” loyihasini amalga oshirish;
  • maktabgacha taʼlim sohasida kadrlarni fanlararo integrativ tayyorlash, bunda maktabgacha taʼlim yoʻnalishida universal kadr tayyorlashni, yaʼni har bir bitiruvchi ham tarbiyachi, ham musiqa rahbari, ham jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ham xorijiy til oʻqituvchisi kompetensiyasi bilan tayyorlanishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • - Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlari zahirasini maqsadli oʻqitish kurslarini yoʻlga qoʻyish;
  • - bakalavriatning nopedagogik taʼlim yoʻnalishlari bitirgan oliy maʼlumotli kadrlar uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslarini, musiqa, jismoniy tarbiya, xorijiy til yoʻnalishlarini bitiruvchilari uchun pedagogik qayta tayyorlash kurslari tarmogʻini kengaytirish.
  • Toʻrtinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining salohiyati past, rahbar va pedagog kadrlarning professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning samarali tizimi mavjud emas. Buning uchun:
  • - KOICA ning “Oʻzbekistonda kadrlarni tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish boʻyicha Kompleks markazni tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish;
  • nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog kadrlarni malakasini oshirish, shu jumladan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish;
  • - pedagog kadrlarni malakasini oshirishning koʻp ballik tizimga asoslangan uzluksiz, muqobil shakllarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish;

- pedagogika kollejlari bazasida oliy taʼlim muassasalari ishtirokida tajriba-sinov tariqasida “Maktabgacha taʼlim klasteri” faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish monitoringini olib borishning elektron axborot tizimini joriy etish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта