Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parijda xizmat safarining uchinchi kuni

news-detail

Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parijda xizmat safarining uchinchi kuni navbatdagi samarali uchrashuvni oʻtkazdi. YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish masalasini muhokama qilish uchun tashkilot bosh ofisida vazirlik rahbariyatini qabul qildi.

41.jpgVazirlar darajasidagi mazkur anjumanni oʻtkazish uchun Oʻzbekistonning mezbon davlat sifatida tanlanishi YUNESKO rahbariyati tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi. Shu bois mazkur uchrashuv tashkilot Bosh direktoriga minnatdorchilik va hurmat-ehtirom bildirish uchun navbatdagi imkoniyat boʻldi.

Odri Azule mamlakatimizning maktabgacha taʼlimni nafaqat mamlakat miqyosida, balki xalqaro miqyosda rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi.

 

42.jpgRespublikamizning erta rivojlanish sohasidagi yutuqlari sezilarli boʻlib, xalqaro ekspertlar va hamkorlar tomonidan haqli ravishda baholanmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта