Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi

news-detail

Sankt-Peterburgdagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti tashkil etilganining 225-yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati hozirda Sankt-Peterburgga tashrif buyurishgan.3.jpg

Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi maorif vaziri S.S. Kravsov bilan uchrashadi, Rossiya universiteti tashkil etilganining yubiley sanasiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, Rossiyaning yetakchi taʼlim markazlari “Isteʼdodlar akademiyasi” va “Raqamli texnologiyalar akademiyasi”ga tashrif buyurish va faoliyati bilan tanishishdir.4.jpg

Shu bilan birga, Rossiya tomoni bilan «Malыsh» loyihasi boʻyicha muzokaralar olib borish va «Komanda pedagogov «Komanda pod kluch» loyihasining dastlabki strategiyasi va konsepsiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan.5.jpg

 

Eslatib oʻtamiz, ushbu istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha memorandumlar 2021-yil 16-17-noyabr kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi doirasida imzolangan edi.7.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта