“2022-yilda Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish” mavzusidagi matbuot anjumani

news-detail

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “2022-yilda Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi (Global forum)ni yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Ushbu matbuot anjumanida YUNESKO Bosh qarorgohining Uzluksiz taʼlim siyosati va tizimlari boʻlimi boshligʻi Chakrun Borxen va YUNESKO Bosh qarorgohining Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturi mutaxassisi Diavara Roxayalarning qatnashdilar.

Odatda har 10 yilda bir marta oʻtkaziladigan tadbir Toshkent shahrida oʻtkazilishi mamlakatimizda erishilgan yutuq va marralarni namoyish etish, maktabgacha taʼlimni rivojlantirish modelini namoyish etish, eng yaxshi fikr va tajriba almashish imkonini beradi.

Matbuot anjumanida II Butunjahon konferensiyasi haqida maʼlumotlar eʼlon qilinib, quyidagilar:

-YUNESKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasida qabul qilingan hamda 18,25,33 va 37-sessiyalarida takomillashtirilgan “YUNESKOning uchrashuvlar turkumlari va umumiy klassifikatsiyasi toʻgʻrisidagi qonuni”ga koʻra, ushbu yigʻilish ikkinchi turkumga mansubligi;

-yigʻilishning maqsadi aʼzo davlatlarning kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimiga ziyoli jamiyat qurish va muntazam rivojlanish strategiyalarining muhim qismi sifatida qarovchi yangilangan siyosiy qarashlarini takomillashtirish va sarmoyalarini oshirilishi;

“Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha butunjahon konferensiyasi”ning milliy va mahalliy tayyorlov jarayoniga asoslangan holda strategiyalar, sheriklik, mablagʻlar va bu masalada oʻrnak koʻrsatayotgan tashkilotlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi “Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha Toshkent harakatlar dasturi”ni qabul qilish rejalashtirilayotganligi;

U 2030-yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari 4.2 ga yetish va BRMning kichik yoshdagi bolalar bilan bogʻliq boshqa maqsadlariga erishishga xizmat qilishi;

Xulosalovchi hujjat konferensiyaning “Kuchli poydevor sari: kichik yoshdagi bolalarning sifatli tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha rivojlanishlar va mavjud qiyinchiliklar” nomli maʼlumotnoma hisobotiga, konferensiya arafasida tashkil qilinadigan mahalliy uchrashuvlar va koʻp sonli maslahatlashuvlar natijasiga asoslanishi;

Xulosalovchi hujjatning yakuniy varianti tegishli tomonlar, xususan, YUNESKOga aʼzo davlatlar va taraqqiyot boʻyicha asosiy hamkor agentliklardan iborat loyihalash guruhi tomonidan tasdiqlanishi maʼlum qilindi.

Shu bilan birgalikda, ijrochi kengash tomonidan qabul qilingan
tegishli qarorga muvofiq, yigʻilish qatnashuvchilari aʼzo davlatlar hamda hamkor davlatlar vakillaridan iborat boʻladi. Shuningdek, aʼzo boʻlmagan davlatlar, YUNESKO oʻzaro aʼzolik kelishuvlarini yakunlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi muassasalarning vakillari, xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari hamda boshqa nodavlat tashkilotlari va tizimlari, jamgʻarmalar, ikki tomonlama muassasalar va shu kabi institutlar yigʻilishga kuzatuvchi sifatida taklif qilinadi.

Umumiy qatnashuvchilar soni vakillar, kuzatuvchilar va YUNESKO Kotibiyati aʼzolari va onlayn qatnashuvchilar bilan birgalikda 1500 tani tashkil etishi va onlayn orqali 500 nafar ishtirokchilar ham kuzatishi kutilmoqda.2.jpg

3.jpg

4.jpgBugungi matbuot anjumanida YUNESKO Bosh qarorgohining Uzluksiz taʼlim siyosati va tizimlari boʻlimi direktori Borxen Chakrun va YUNESKO Bosh qarorgohining Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturi mutaxassisi Roxaya Diavaralar ishtirok etdi.5.jpg

7.jpg

8.jpg

Yuneskoning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Jahon konferensiyasini oʻtkazadigan mamlakat sifatida tanlandi, soʻnggi 12 yil ichida ketma-ket ikkinchi va birinchi boʻlib, erta rivojlanish sohasidagi muvaffaqiyatlar, mamlakat rahbariyatining yosh bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga boʻlgan sadoqati tufayli Oʻzbekiston bu sohada “Jahon chempionlaridan biri” boʻldi deb eʼlon qilindi.

9.jpg

10.jpg

11.jpg

13.jpg

14.jpg

15.jpg

Maʼlumot uchun: 2010-yil 27-29-sentyabr kunlari Moskvada YUNESKOning Birinchi ilk yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish va taʼlim boʻyicha Butunjahon konferensiyasi boʻlib oʻtdi, uch kun davomida uning ishtirokchilari butun dunyo boʻylab bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

16.jpg

17.jpg

18.jpg

«Konferensiyaning asosiy maqsadi - barcha bolalarni, shu jumladan, kam taʼminlangan qatlamlar va jamiyatning ijtimoiy kam taʼminlangan tarmoqlari uchun barcha bolalar uchun rivojlanish va oʻrganish sohasida qulay boshlangʻich imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan erta bolalikni parvarish qilish va taʼlim sohasidagi siyosatni ishlab chiqishdir; «deyildi, YUNESKO bayonotida.19.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi ishchi guruhi Namanganda

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim Agentligining ishchi guruhi Namangan viloyatida faoliyat olib bormoqda.  Kuni kecha ushbu guruh Namangan shahrida joylashgan 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.     Ta’kidlash joizki, mazkur tashkilot 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-154m-sonli maxsus qarori asosida, 6 mlrd. 448 mln. so‘m mablag‘ evaziga ta’mirdan chiqarilgan edi. Buning hisobiga 300 ta o‘rin yaratilgan. Ayni vaqtda esa, bu yerda 10 ta to‘liq kunlik va 8 ta qisqa muddatli, jami 18 ta guruh kesimida 489 nafar 3 – 7 yoshli bola tarbiyalanmoqda.           O‘rganuv davomida tashkilotning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. Jarayonlar davomida soha rivojiga doir ko‘rsatma va taklif-tavsiyalar berildi.   Ishchi guruhning Namangan viloyatiga doir faoliyati davom etmoqda. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jajji malikalar bellashishdi

   Kechagina kirib kelgan mart butun borliqqa bahorning bor tarovatini, undan ruh olgan go‘zal bayramlarni birin-sirin tortiq etmoqda. Uning ilk kuni mamlakatimizda adabiyot, she’riyat, nazm va navo bayrami – sadoqat va do‘stlik kuychisi, xassos shoira Zulfiyaxonim yodi bilan boshlandi. Davralar, shoira timsolida adabiyotni, she’riyatni olqishladi. Keyin unga nazokat, nafosat, go‘zallik, sevgi ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni ulanib ketdi. Davralar ayolni, onani, singilni, qizlarni madh etdi. Yana ko‘p davralar doshqozon osdi. Biqirlab qaynayotgan sumalak atrofiga to‘plangan ellar, sharqning uch ming yillik Navro‘z shodiyonalarini boshlab yubordi. Bu azaliy bayramlar maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida ham davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining eng chekka – Nanay qishlog‘ida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir esa, ayollar bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga  bag‘ishlandi. Darvoqe, tashkilotda 5 ta guruh mavjud. Ularga 135 nafar  3 – 7 yoshli bola qamrab olingan. Eng muhimi, jamoaning ahilligi, hamjihatligi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro yelkadoshlik, jipslilik tufayli yechim topmagan masala yo‘q. Hatto, ulardagi bu fazilat mahalla ahli orasida ham alohida e’tirof etiladi. – Jamoaning o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi sifati bu ularning yakdilligi, – deydi “Zarbdor” MFY Xotin-qizlar faoli Malohat Hayitboyeva. – Shu tufayli bo‘lsa ajabmas, bu yerdagi ta’lim-tarbiya jarayonlaridan hamma hursand. Bugungi tadbirda ham yigirma chog‘lik xodimlar bir yoqadan bosh chiqara oldi va e’tiborimizga bayram tadbirini yuqori saviyada havola etdi. Ayniqsa, Gulnora Shukurova,  Dilafro‘z Abdug‘aniyeva, Sevara Abdullayeva, Dildora Jo‘rayeva, Moxira G‘aniyeva singari jonkuyar tarbiyachi va xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning musiqa rahbari Dilrabo Qurbonovalarning halol mehnati  tufayli farzandlarimiz o‘zlarining ilk iqtidorlarini zo‘r kayfiyat va mahorat bilan namoyish etishdi. Darhaqiqat, bo‘lib o‘tgan tadbir tashkilotning Gulnora Shukurova rahbarligidagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilaridan iborat 20 nafarlik JAJJI MALIKALAR ishtirokidagi bellashuv ustiga qurildi. Qaqajon qizlar besh shart – tanishtirish, salat tayyorlash, somsa tugish, erkin mavzu va nihoyat badiiy gimnastika sohasidagi iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi. Qizaloqlarning she’riy tanishtiruvlari, erkin mavzudagi yakkaxon raqs, kuy-qo‘shiqlari, badiiy gimnastikaga oid nafis ijrolari, ayniqsa, mustaqil holda salat va somsa tugishlari barchaga manzur bo‘ldi. – Albatta, iste’dod osonlikcha namoyon bo‘lmaydi. Buning ortida katta mehnat, izlanish, o‘z ustida, ayniqsa, o‘sha iste’dodli bola ustida tizimli ishlashgina ma’lum maqsadga erishtiradi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan 10-sonli DMTT direktori Umida Qoraboyeva. – Bugungi tadbir ham ana shu xulosani yana bir karra isbotladi va men o‘z jamoamning har bir vakilidan minnatdorman. Fursatdan foydalanib barchangizni bugungi egu ayyom bilan chin dildan tabriklayman.    Tadbir so‘ngida jajji malikalarga bayram sovg‘alari ulashildi.       

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati, Angren shahridagi 14-DMTTda «Telefonsiz DMTT» tizimi joriy etildi.

14-DMTT ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ta’lim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.  Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil ”O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.   Ta’lim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.   Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7.00 dan 8.30 gacha va soat 16.30 dan so‘ng ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi. Endi soat 8.50 dan 16.30 gacha Tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi.  Biroq, tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishlari mumkin.  Ota-onalar telegram guruhida mashg’ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi. Ta’lim taskilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.

Вид сайта
Размер шрифта