Davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi boʻlimi tomonidan 2022-yil I-yarim yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot

news-detail

I. Davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlar boʻyicha monitoring olib borishni tashkil etish yoʻnalishida.

2018-2019-yillarda bitimi imzolangan va imtiyozli kredit mablagʻlari bilan moliyalashtirilgan biroq qurilish va jihozlash ishlari muddatida bajarilmagan loyihalar soni yil boshiga 76 tani tashkil qilgan.

Imtiyozli kredit mablagʻlari bilan moliyalashtirilgan biroq qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari oʻz muddatida yakunlanmagan bitimlar boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan bitim majburiyatlarini bajarilishi jarayoni ustidan Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida monitoring olib borilib, natijada jami 19 ta loyihalar boʻyicha xususiy sheriklarga nisbatan qurilish ishlarini oʻz muddatida yakunlamaganliklari uchun bitimning 6.2-bandiga asosan ularga nisbatan jami 2 279,9 mln.soʻm penya hisoblandi va talabnomalar yuborildi.

Bugungi kunda qurilish ishlari yakunlanmagan loyihalar soni
60 tani tashkil qiladi.

2.Bitim majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan 9 ta loyihalar boʻyicha oldin yuborilgan talabnomalar boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 2 ta, Xorazm viloyatidagi 5 ta, Jizzax viloyatidagi 2 ta loyihalar boʻyicha iqtisodiy sud ishi jarayonlarida qatnashildi, sud qarori boʻyicha vazirlik foydasiga 279,8 mln. soʻm penya undirish yuzasidan qarorlar chiqdi.

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “BILAGʼON SITI” NTMga 1780,0 mln.soʻm imtiyozli kredit mablagʻi toʻliq ajratilgan boʻlib, Xususiy sherik tomonidan qurilish ishlari boshlanmagan, mazkur holat yuzasidan monitoring hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun Bosh Prokuraturaga yuborildi.

Muammoli loyihalar boʻyicha tegishli tuman va shahar hokimligi, prokuraturasi va ichki ishlar boʻlimlariga xatlar yuborilib, loyihalar oʻz vaqtida ishga tushishini nazoratga olinishida amaliy yordam soʻraldi.

Qurilish ishlari umuman boshlanmagan jami 11 ta loyihalar boʻyicha Xususiy sheriklarga qurilish ishlarini boshlash choralarini koʻrishliklari aks holda bitim bekor qilinishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari yuborildi.

II. Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yoʻnalishida.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son qarori ijrosi yuzasidan 2018-2019-yillarda bitimi imzolangan qurilish ishlari 25 va undan ortiq foizlarda bajarilgan quvvati 12940 taga moʻljallangan jami 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirilishi va ularda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan choraklik monitoring olib borildi.

Tijorat banklari tomonidan jami 115 ta loyihalarga bitim boʻyicha ajratilishi lozim boʻlgan kredit mablagʻlari 256 182,0 mln.soʻm boʻlib, haqiqatda 50 ta loyihalarga jami 162 462,4 mln.soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Qolgan 93 719,8 mln.soʻm kredit mablagʻlari 8 ta Xususiy sheriklar tomonidan kredit mablagʻlari olishni rad qilinganligi, 2 ta loyiha boʻyicha bitimlar bekor qilinganligi, 12 ta loyihalar boʻyicha garov taʼminoti taʼminlanmaganligi, 33 ta loyihalar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli moliyalashtirilmaganligi aniqlandi.

Bugungi kunda jami 113 ta loyihalardan 6 tasi ishga tushirilgan, qolgan 107 ta loyihalar boʻyicha qurilish ishlari davom etmoqda.

Bu haqida Vazirlar Mahkamasiga 2022-yil 27-iyundagi 02-02/3-1534-sonli xat bilan maʼlumotnoma berildi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm va Toshkent viloyatida jami 24 loyihalar boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan bitim majburiyatlarini bajarilishi va ularni kredit mablagʻi bilan moliyalashtirilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. Shuningdek monitoring davrida tegishli bank muassasalari va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi, ishlarni jadallashtirish yuzasidan tarmoq grafiklari ishlab chiqildi.

III. Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida.

1.Joriy yil 6 oy davomida jami 337 ta yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida bitim tuzish, imtiyozli kredit ajratish, subsidiya ajratilishi va boshqa masalalar yuzasidan yozma va ogʻzaki murojaatlari kelib tushgan Mazkur murojaatlarning 318 tasiga javob xatlari yuborildi va tushuntirish ishlari olib borildi, 19 tasi ish jarayonida.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bitim muddatini uzaytirish, tashkilot quvvatini oshirish, tashkilot manzilini oʻzgartirish va yangi bitim tuzish, 12-bob boʻyicha bitim tuzish, bitimni bekor qilish yuzasidan taqdim qilingan Samarqand viloyati boʻyicha jami 128 ta hujjatlar, Fargʻona viloyati boʻyicha jami 36 ta, Toshkent viloyati boʻyicha jami 216 ta va Namangan viloyati boʻyicha jami 72 ta, hammasi boʻlib 482 ta hujjatlar oʻrganib chiqilib, natijasi boʻyicha bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish uchun 452 tasi taqdim qilindi, 30 ta hujjatlar ularda kamchilik mavjudligi yoki qamrov darajasi 100 foizdan oshiqligi sababli, 12-bob boʻyicha mulkka egalik huquqi jismoniy shaxs nomida boʻlganligi uchun qaytarildi.

IV. Mavjud muammolar.

1.Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlar boʻyicha jami 60 ta loyihalarda qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari oʻz muddatida bajarilmay kelinmoqda.

Davlat-xususiy sheriklik asosida tuzilgan bitimlarning
4.1. va 5.2.8-bandlarida xususiy sheriklar davlat sherigiga har chorakda bitim boʻyicha majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlari orqali hisobot topshirishlari belgilangan.

Shunga asosan, har bir xususiy sherikka tegishli axborot va hisobotlarni taqdim qilishlari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishlari va ushbu axborot va hisobotlarni vazirlikka taqdim qilishlari yuzasidan hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalariga vazirlikning 2021-yil 22-fevralda 03-03/2-357-sonli hamda
2021-yil 8-iyuldagi 02-03/2-2052-sonli koʻrsatma xatlari yuborilgan boʻlsada, ushbu topshiriq hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan bajarilmasdan kelinmoqda.

Investitsiya majburiyatini bajarmay kelayotgan barcha Xususiy sheriklarga ogohlantirish xatlari va talabnomalar yuborildi, barcha tegishli sektor rahbarlaridan amaliy yordam soʻrab xatlar joʻnatildi, sudga daʼvo arizalari kiritildi. Biroq shunga qaramay ayrim Xususiy sheriklar tomonidan obyektni foydalanishga topshirish choralari koʻrilmay kelinmoqda. Shu sababli yuqorida qayd etilgan 60 ta loyihalardan 18 tasi boʻyicha Xususiy sheriklar tomonidan obyektlar tashlab ketilganligi, oʻz mablagʻlarini sarflashni xohlashmayotganliklari sababli tegishli tartibda bitimlar bekor qilinishi, 6 ta bitimlar boʻyicha tashkilot taʼsischisini oʻzgartirish choralari koʻrilishi tavsiya qilinadi.

V. Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil
10-iyundagi PQ-5144-son qarorining ikkinchi ilovasi 6.3-bandi ijrosi yuzasidan choraklik monitoring olib borish.

2. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyatini oʻz muddatida boshlamagan Andijon viloyatidagi 1 ta, Jizzax viloyatidagi 1 ta, Surxondaryo viloyatidagi 1 ta, Toshkent viloyatidagi 2 ta va Namangan viloyatidagi 2 ta loyihalar boʻyicha joyiga chiqqan holda monitoringini olib borish.

3. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni oʻrganib chiqib, oʻz vaqtida javob xatlarini yoʻllash.

4. Vazirlik rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriqlarni bajarish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish boʻyicha komissiya tarkibi

Markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish boʻyicha komissiya tarkibi to'g'risida buyruq.pdf  Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish boʻyicha komissiya tarkibi   1. Muslitdinov Nodir Xojiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi direktor oʻrinbosari, komissiya raisi 2. Karimov Anvar Rasulovich — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari 3. Basitxanova Elmira Irkinovna — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari   4. Igamberdiyev Zoxid Kadirovich — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq qoʻmitasi, Umumbelgilangan soliqlar boʻlimi boshligʻi 5. Raxbarov Nodirbek Alisherovich — “Ipoteka bank” boshqaruvi kengashi raisining oʻrinbosari 6. Shukurov Jasur Nigmatovich — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktor oʻrinbosari 7. Pardayev Sherzod Choʻlliyevich — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi, Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davriy moliyaviy hisobotlar 2023-yil I chorak

Молиявий ҳисобот 2023 й 1-чорак.pdf Дебитор маълумотлари.pdf Кредитор маълумотлари.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida HISOBOT

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 9 ta, xususan, 1 ta Prezident qarori, 5 ta Hukumat qarori, 1 ta farmoyishi hamda 2 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 1 ta Qonun, 2 ta Prezident qarori hamda 3 ta Hukumat qarori hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Moliyaviy iqtisodiy ko‘rsatgichlarning bajarilishi bo‘yicha - 2022-yilda maktabgacha ta’lim sohasiga davlat byudjetidan 10,1 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, hisobot davrida ijrosi 10,0 trln. so‘mga (99,4%) bajarildi. Xususan, respublika byudjetidan 7,7 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, ijrosi 7,6 trln. so‘mga (99,7%), mahalliy byudjetlardan 2,4 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, ijrosi 2,3 trln. so‘mga (98,6%) bajarildi. Qamrov darajasini oshirish bo‘yicha 2022-yilning o‘tgan davrida respublikada 1 811 ta shundan, 219 ta davlat, 1 346 ta oilaviy, 169 ta DXSH asosidagi nodavlat, 77 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 4,6 foizga oshirildi.  Bugungi kunda respublikada jami 29 420 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 6 589 tasi davlat va 22 822 tasi nodavlat (833 ta xususiy, 20 676 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 313 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.  Maktabgacha yoshdagi 2,9 mln. nafar bolalardan 2,1 mln. nafari yoki 71,8% bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lsa, ularning 647 655 nafarini (90%) 6 yoshli bolalarni tashkil etmoqda. Ushbu bolalarning: 186 881 nafari - majburiy bepul bir yillik boshlang‘ich ta’limga tayyorlov guruhlariga; 256 131 nafari - to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga; 80 230 nafari - qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi. 123 998 nafari - turli yoshdagi guruhlarga; 415 nafari - mobil guruhlarga qamrab olindi Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha. 2022-yil yakunlariga ko‘ra jami 22 366 quvvatga ega 169 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda hamda 2 350 ta imzolangan bitimlardan 96 391 quvvatga ega 1 346 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada, 118 557 ta qo‘shimcha quvvat (169 ta DXSH asosidagi NMTT va 1 346 ta oilaviy MTTlar) hamda 10 116 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ta’lim xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha Bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan jami rahbar va pedagoglar soni 151 746 nafarni tashkil etib, oliy ma’lumotli pedagoglar soni 51 554 nafarni (33,8%) tashkil etdi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami pedagoglar 114 634 nafar, shundan oliy ma’lumotli pedagoglar 41 851 nafarni, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami pedagoglar 37 112 nafar, shundan oliy ma’lumotli pedagoglar 9 703 nafarni  tashkil etdi. 2022 yilning o‘tgan davrida jami 17 414 nafar (rejaga nisbatan 101%) maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarining malakasi oshirildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyoji aniqlanib,   22 nomdagi o‘quv-metodik va didaktik materiallar 6 412 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi. Shuningdek, Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTda tarbiyalanayotgan ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bor tarbiyalanuvchilarning ta’lim olish jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan gumanitar yuk shaklida taqdim etilgan 130 ta Brayl alifbosi to‘plamlari Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarga yetkazib berildi. YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi ko‘magida "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha” o‘quv uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib, 10 000 nusxada (31 790 AQSH doll) chop etildi.  Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelyotgan hamshiralarni malakasini oshirish maqsadida maxsus elektron platforma ishlab chiqilib, ularni onlayn platforma orqali o‘qitish uchun videomateriallar yaratildi. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agenligi va “Zamin” xalqaro Fondi hamkorligida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maqsadli yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 224 nafar tarbiyalanuvchilari chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 188 nafariga 340 dana zamonaviy eshitish apparatlari bepul tarqatildi. Joriy yilda 1 113 235 nafar tarbiyalanuvchi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar va yo‘llanmalar berildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash bo‘yicha tender savdolari o‘tkazildi. Tender savdolari natijasida 19 ta g‘olib bo‘lgan korxonalar bilan jami 124,1 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi. Ushbu mablag‘lar doirasida yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan 152 ta DMTTlari hamda qo‘shimcha ravishda 144 ta DMTTlar, shuningdek,  Boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlov guruhlarining 1 142 ta xonalari jihozlandi. Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kelishilgan rejaga muvofiq respublikadagi 6 408 ta (99%) DMTT internet bilan ta’minlandi. Shuningdek, MTTlarga 6 294 ta printer qurilmalari hamda 4 940 ta kompyuter texnikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi. Maktabgacha ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini ta’minlash maqsadida Biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatini yuritish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqildi va 2022 yil 1 apreldan tajriba-sinov tariqasida hududlarda joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 martdagi 129-son qaroriga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash va moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi ishlab chiqildi.  Mazkur tizim joriy qilinishi natijasida davlat bdjetidan subsidiya uchun ajratilayotgan mablag‘lardan 100 mlrd. so‘m ortiqcha xarajatlar oldi olindi. Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha 2022-yil yanvar-iyun davrida xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 42 ta uchrashuv o‘tkazildi va 14 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi. Joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha ikkinchi  Butunjahon konferensiyasi (Konferensiya) yuqori saviyada o‘tkazildi. Konferensiya yakunlariga ko‘ra keyingi 10 yilda maktabgacha ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab beruvchi Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi. Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan umumiy qiymati 70 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun loyihaoldi hujjatlar ishlab chiqildi va investorlar tomonidan ma’qullandi. Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomnidan 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tadiqlash uchun kiritildi. Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat sheriklikni qo‘llab-quvatlash” loyihalari doirasida 2022-yilda 21,9 mln AQSH dollari (rejaning 100%) o‘zlashtirildi.

Вид сайта
Размер шрифта