Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Аxborot xizmati tomonidan respublika boʻyicha 2022-yil I yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida HISOBOT

news-detail

Аxborot xizmati tomonidan 2022-yil I yarim yillik davomida respublika boʻyicha umumiy hisobda 10 219 ta material ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilindi. Shundan:

853 ta telekoʻrsatuvdagi chiqishlar;

22 ta matbuot anjumani;

17 ta press tur;

28 ta brifing;

22 ta ochiq muloqot

1089 ta elektron nashrlarda;

504 ta bosma nashrlarda;

120 ta radioeshittirish;

156 ta sohaga oid tanqidiy materialga rasmiy munosabat bildirildi;

7 408 ta vazirlik va hududlarning rasmiy vеb-sayti, tеlеgram va fеysbukdagi sahifalarida matn va videorolik shaklida materiallar joylashtirib borildi.

Аxborot xizmati tomonidan 2022-yil I yarim yillikda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

“Oʻzbekiston-24”, “Madaniyat va maʼrifat”, “Yoshlar”, “Oʻzbekiston”, “Mahalla”, “UzReport”, OʻzEOАVMА tarkibidagi telekanallar (“Mening yurtim”, “Sevimli”), “Zoʻr TV”, “Milliy TV”, “Ishonch TV” telekanallari, xorijiy kanallar TRT, hududiy MTRKlarida 853 ta koʻrsatuv va lavhalar, maxsus reportajlar efirga uzatildi.

Faoliyat yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 22 ta matbuot anjumani, 17 ta press tur, 28 ta brifing, 22ta ochiq muloqot tashkil etildi.

“Xalq soʻzi”, “Narodnoe slovo”, “Yangi Oʻzbekiston”, “Pravda Vostoka”, “Аngor yogʻdusi”, “Xalq irodasi”, “Namangan haqiqati” “Toshkent haqiqati” gazetalari, “Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi”, “Ilk qadam”, “Bolalar sporti” jurnallarida 504 ta maqola chop etildi.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sayti (uza.uz), kun.uz, daryo.uz, gazeta.uz, xabar.uz, korrespondent.uz, anhor.uz, qalampir.uz, teznews.uz, effect.uz, zarnews.uz, kruz.uz, makan.uz, journalist.uz, uznews.uz, zamin.uz, xpress.uz, review.uz, uz24.uz, aniq.uz, yuz.uz, hordiq.uz, everyday.uz, jahon.uz, hudud24.uz, sputniknews-uz.com, norma.uz, xs.uz, darakchi.uz, repost.uz kabi saytlar hamda internet nashrlarida 1 089 ta shuningdek tashkilotning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida faoliyatga oid 7 408 ta yangiliklar eʼlon qilindi.

“Poytaxt”, “Grand”, “Oʻzbegim taronasi”, “Oʻzbekiston 24”, “Oriat dono”, “Oriat FM”, “Vodiy sadosi”, “Navroʻz”, “Maksima”, “Diydor”, “Ruxsor FM”, “Muloqot FM”, “S-Iqbol FM”, “Nukus FM”, “Аvtoradio”, “Istiqlol FM” “Oltin zamin”, “Samarqand sadosi”, “Samarqand inform”, “Yoshlar ovozi” radiostantsiyalari orqali 120 ta radioeshittirish jonli efirga uzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining har oy yakuni boʻyicha faoliyatga doir oʻtkazadigan monitoringida aniqlangan 156 ta tanqidiy materialga rasmiy munosabat bildirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil II yarim yillikka moʻljallangan I Sh R e J A S I

ИШ РЕЖА-2022 (илова).docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Buxgalteriya hisobotlarini tuzish va tasdiqlash

2 шакл.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlik balansi

Баланс.pdf

Вид сайта
Размер шрифта