Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 1 yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlari boʻyicha HISOBOTI

news-detail

планшет.pptx

КНБ 1 ярим йил 2022 (2).pptx

наманган семинар.pdf

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-son Qarori talablarini bajarish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligining
2022-yil 17-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash haqida”gi
4-sonli buyrugʻi ishlab chiqildi hamda mazkur buyruq bilan Maktabgacha taʼlim vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-son Qarori 1-bandiga asosan 2022-yil 20-yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi hamda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimlariga munosib xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazilib, tanlov doirasida oʻtkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati taqdim etildi.

@antikorr_mdo telegram kanali orqali Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan oilaviy shakldagi NMTT rahbari K.M. tomonidan 2022-yil 21-yanvar kuni kelgan murojaatda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bepul yetkazib berilishi belgilangan metodik qoʻllanmalar uchun tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi davlat xususiy sheriklik shoʻba mudiri R.S. tomonidan pul talab qilinayotganligi maʼlum qilindi.

Oʻrganish davomida murojaatda koʻrsatilgan vajlar oʻzining tasdigʻini topganligi sababli, Xoʻjaobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimining 2022-yil 25-yanvardagi 166-sonli buyrugʻi bilan tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi
DXSH shoʻba mudiri oʻz lavozimidan ozod etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining 2022-yil 7-fevraldagi 01-09/454-sonli xatiga asosan Boshqarma masʼul xodimi tomonidan joriy yilning 9-fevral kuni Sirdaryo viloyati Maktabgacha taʼlim tizimida oʻrganish ishlari olib borildi hamda mazkur oʻrganish ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 23-fevral kuni Vazirlik tizimi xodimlari ishtirokida kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarga tegishli intizomiy choralar koʻrildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi
PQ-81-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 1-martdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 45-son buyrugʻi qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida 2022-yil
3-fevral 
kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 16-sonli yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan hamkorlikda “Maktabgacha taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini (Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish hamda Korrupsiyaning oldini olish boʻyicha) amalga oshirish yuzasidan
2022-2023-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining 2022-yil 28-fevraldagi 01-09/829-sonli xatiga asosan Boshqarma masʼul xodimi tomonidan joriy yilning 11-15-mart kunlari Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim tizimida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tizimda amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar Ye-anticor platformasiga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son Qarorining 7-ilovasi bilan “2022-2024-yillar uchun birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari” yuzasidan joriy yil 1 chorakda amalga oshirilgan chora-tadbirlar boʻyicha hisobot Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga taqdim etildi.

2022-yil mart oyida Xorazm viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Xonqa tuman boʻlimi, Xorazm viloyati
DXX boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida Xonqa tumanidagi 43-son DMTT hovli supuruvchisi U.M fuqaro M.M.dan Urganch shahridagi DMTTlarining biriga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, taʼmagirlik yoʻli bilan 2 000 000 (ikki million) soʻm pullarni olayotgan vaqtida, daliliy ashyo bilan qoʻlga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼul xodimlari tomonidan joriy yilning 29-mart kuni Yangixayot tumanida joylashgan 48-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga borib oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Yangihayot tumani 48-sonli DMTT xoʻjalik mudiri M.Aʼzamova oʻz tushuntirish xatida, 2022-yil 28-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozli xabarni oʻzi DMTT pedagog, texnik xodimlariga telegram kanali orqali yuborganligini, bayram munosabati bilan maʼmuriyat
va pedagog xodimlarga sovgʻa olish uchun psixolog, logoped va uslubchilar bilan birga taklif berishganligini, sovgʻa olish uchun pul mablagʻlari yigʻilganligidan xabari yoʻqligini hamda bu ishlardan pushaymon ekanligini, bunday holat boshqa qaytarilmasligini bayon qilgan.

Shuningdek, Yangihayot tumanidagi 48-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Nilufar Xamdamovna Xudaykulova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning tashabbusiga koʻra 2022-yil 30-mart kunidan bekor qilindi. Toshkent shahar Yangihayot tuman hokimligiga joriy yilning
14-aprel kuni javob xati yuborildi.

Vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻrganish natijasida Toshkent shahar Olmazor tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi sobiq mudirasi F.Z. tomonidan 50,1 mln. soʻm byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlanib, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “a, b, v, g” bandlari, 207-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil
25-martdagi 69-x-sonli buyrugʻiga asosan, joriy yilning 28-mart va 1-aprel kunlari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati oʻrganildi, boshqarmaning masʼul xodimi ishtirokida 2022-yil 1-aprel kuni Shaxrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 15-fevraldagi 4-1802-2102/1709-sonli ishi boʻyicha chiqarilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi xususiy ajrimi muhokama qilindi.

Yigʻilish yakuni boʻyicha, barcha tuman (shahar) maktabgacha taʼlim mudirlari, bosh hisobchi va shartnoma boʻyicha hisobchilariga aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini takrorlamaslik va bundan keyin yoʻl qoʻymasliklari boʻyicha ogohlantirib oʻtildi.

Shuningdek, Shahrisabz shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri, bosh hisobchi, shartnoma boʻyicha hisobchilarga tanlov komissiya tuzmaganliklari
va ishlab chiqmaganliklari hamda bu kamchiliklarga yoʻl qoʻyganliklari
va kelgusida bu kabi hatoliklarni takrorlamasliklari toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi
PQ-3955-son Qarori talablariga zid ravishda 4 ta holatda Vazirlik ruxsatisiz davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hududidagi
yer uchastkalari berib
 yuborganligi holatlari aniqlanib, toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etildi.

Andijon viloyati prokuraturasining 2022-yil 28-martdagi
9/23-22-sonli “Xizmat tekshiruvi tayinlash toʻgʻrisida”gi taqdimnomasiga asosan Andijon viloyati Baliqchi tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 4-sonli DMTT hududida tadbirkor M.Imomov tomonidan noqonuniy qurilish ishlari olib borilayotgani holati oʻrganilib, 4-sonli DMTT direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Baliqchi tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiriga “Hayfsan” intizomiy jazosi qoʻllanildi. Toʻplangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Andijon viloyati prokuraturasiga yuborildi.

Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 5-apreldagi 5-x/t-sonli buyrugʻiga asosan vazirlik ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi R.Xodjayevga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Xizmat tekshiruvi natijasida R.Xodjayev faoliyatida bir qator kamchiliklar aniqlanib, toʻplangan hujjatlar Vazirlikning Odob-ahloq komissiyasiga yakuniy qaror qabul qilish uchun taqdim etildi.

Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 19-apreldagi 5-xt-sonli buyrugʻiga asosan vazirlik Ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi R.Xodjayevga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, yakuni boʻyicha Odob ahloq komissiyasining 2022-yil 5-maydagi qaroriga asosan ish haqidan 30 foiz miqdorida ushlab qolindi.

2022-yil aprel oyida Xorazm viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi va Xorazm viloyat DXX boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir natijasida, Xorazm viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va monitoring boʻlimi boshligʻi
Q.R. oilaviy NMTT rahbari fuqaro S.P.va fuqaro Q.G.lardan xizmat mavqeidan foydalanib, har biridan 1 000 000 (bir million) soʻmdan pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlanib, Xorazm viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi
“v” bandi va 25, 168-moddasi 3-qismi “b, v”
 bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 25-martdagi 69-x-sonli hamda
2022-yil 4-apreldagi 83-x-sonli buyruqlariga asosan 2022-yil 25-martdan
11-aprelga qadar
 Qashqadaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati oʻrganildi. Oʻrganish yakuniga qadar boshqarmada faoliyat koʻrsatayotgan 6 nafar nomutaxassislar va 1 nafar “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-595 sonli Qonunning
44-moddasiga
 asosan cheklovi bor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlikning Kadrlar boshqarmasiga taklif kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil
7-apreldagi 85-x-sonli buyrugʻiga asosan, Toshkent viloyati Zangiota tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati oʻrganildi. Oʻrganish yakuni boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 14-apreldagi 95-x-sonli buyrugʻiga asosan, 2022-yil 15-aprel kuni Toshkent viloyati Parkent tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 19, 20, 21-DMTTlar faoliyati oʻrganildi, faoliyatida qoʻpol xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 19-DMTT direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Toshkent shahar, Olmazor tumani “Moychechak” nomli 233-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi N.Tursunovaning hamda tarbiyachi yordamchisi Sh.Xakimovaning Maktabgacha taʼlim vazirligiga yoʻllagan arizasi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Shuningdek, Toshkent shahar, Olmazor tumani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining Maktabgacha taʼlim vazirligiga yoʻllagan jamoaviy arizasi yuzasidan 2022-yil 2-5-may kunlari oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish yakuni boʻyicha, murojaat mualliflariga javob xatlari yuborildi.

Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Z.Joʻrayevning bosh mutaxassisi U.Tugizovning faoliyatidan norozi boʻlib vazir nomiga 2022-yil 20-aprelda 01-05/59-sonli xatiga hamda Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 7-maydagi 6-x/t-sonli “Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan 2022-yil 10-13-may kunlari Samarqand viloyatiga xizmat safarida boʻlib, Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi U.Tugʻizovga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Xizmat tekshiruvi jarayonida xatda koʻrsatilgan holatlar qisman tasdigʻini topdi. U.Tugizov oʻz xohishiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha ariza bilan murojaat qildi.

Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 7-maydagi 33-sonli
“Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida”gi topshirigʻiga asosan 2022-yil
10-13-may kunlari
 Samarqand viloyatiga xizmat safariga borib, Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 25-sonli DMTT ni oʻrganishda aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar boʻyicha toʻplangan hujjatlarni Bosh prokuratura va Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasida imzolangan reglament talablarini qoʻpol buzgan holda prokuratura organlariga taqdim qilmaganlik holati yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvida Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish boʻlimi boshligʻi S.Mustafoyev oʻrganish hujjatlarini prokuraturaga oʻz vaqtida taqdim etmaganligi aniqlanib, hujjatlarni qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand viloyati prokuraturasiga yuborilishi taʼminlandi. S.Mustafoyevga intizomiy jazo chorasi qoʻllash yuzasidan Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasiga taklif kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi
PQ-240-son “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlik ichki buyrugʻi loyihasi tayyorlandi.

2022-yil 11-may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashning Toshkent viloyatida oʻtkazilgan namunaviy yigʻilishida ishtirok etildi.

2022-yil 18-19-may kunlari Toshkent shahar, Olmazor tumani 535-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarining Maktabgacha taʼlim vazirligiga yoʻllagan murojaati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish natijasi boʻyicha tashkilotda sogʻlom muhit yaratish, rahbar va xodimlar oʻrtasidagi munosabatni yaxshilash, xodimlarning xayoti va sogʻligiga zarar yetkazmaydigan sharoitlar yaratish va xar bir xodim oʻz vazifasiga vijdonan yondashishi boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2022-yil 5-apreldagi 7-sonli bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 20-mayda Vazirning
№ 120 sonli buyrugʻi 
hamda chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 20-maydagi 152-x-sonli “Xizmat safariga yuborish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan boshqarma boshligʻi O.Turdiyev va bosh mutaxassis B.Kadirovlar 2022-yil 23-25-may kunlari Namangan viloyatiga xizmat safariga borib, Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi “Golden childern” ONMTT tarbiyalanuvchisi marhum Sh.Tolibjonov
2022-yil 14-may kuni ONMTTda boʻlgan vaqtida kasalligi xuruj qilib kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgani holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazildi.

Oʻrganishda tarbiyalanuvchi marhum Sh.Tolibjonov “epilepsiya” kasalligi bilan “D” xisobda turishi, kasallik xuruj kilib olamdan oʻtgani aniqlandi. ONMTT bilan tuzilgan bitimning amal qilish muddati 2022-yil 27-mayda tugaganligi sababli bitim uzaytirilmadi. Uchqoʻrgʻon tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri M.Sidiqovaga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash yuzasidan taklif kiritildi.

2022-yil 25-may kuni Namangan viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi va viloyat hokimligi huzuridagi korrupsiyaga karshi kurashish xududiy kengashi hamda viloyat xalq deputatlari kengashining deputatlari ishtirokida tuman (shahar) Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish mexanizmlari” mazusida seminar-trening oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning 30-31-may kunlari tashkil etilgan
seminar-treningda boshqarma xodimlarining ishtiroki taʼminlandi.

Joriy yilning 3-6-iyun kunlari ota onalarning murojaatlariga asosan Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 522-sonli IDMTTda oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Maktabgacha taʼlim vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Boshqarma xodimi vazirlik balansida mavdud boʻlgan asosiy vositalar va tovar moddiy qimmatliklarni qayta sanoqdan oʻtkazish ishlarini tashkil etishda ishtirok etmoqda.

Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 6-iyundagi 171-x-sonli buyrugʻiga asosan 2022-yil 7-iyun kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumaniga xizmat safariga borilib, tumandagi 6-DMTT ning yer maydoni va bino inshootini Bosh vazirning bayennomasiga asosan tadbirkorga berilganligini qonuniyligi oʻrganildi.

2022-yilning 8-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022-yil 6-iyundagi №01-10-01/2445 sonli xatining ijrosi taʼminlandi.

2022-yilning 6-iyun kuni fuqaro Murodov F.ning murojaati bilan tanishib chiqib, murojaatni oʻrganish tashkillashtirildi.

2022-yilning 9-iyun kuni Vazirlikka kelib tushgan M.Xalilovaning murojaati koʻrib chiqildi. (31.05.2022-y. PV-568)

2022-yilning 9-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022-yil 7-iyundagi №01-06/2479 sonli xatining ijrosi taʼminlandi.

2022-yilning 9-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etildi.

2022-yilning 10-iyun kuni Fuqaro D.Mahkamova murojaatini oʻrganish yakuni boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

2022-yilning 10-iyun kuni PQ-138-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yilning 2 choragida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etildi.

2022-yilning 13-iyun kuni Fuqaro Jumayev Ibragimning murojaatini oʻrganish hamda murojaat muallifiga javob xati yuborildi (Jam 635).

2022-yilning 13-iyun kuni Angor tumani MTB tomonidan noqonuniy tender tanlovi oʻtkazilib, byudjet pullari talon-toroj qilingani haqida OAVda eʼlon qilingan maqola oʻrganildi.

2022-yilning 15-iyun kuni Buxoro viloyatiga xizmat safarida boʻlinib, Buxoro shahridagi 70-sonli DMTT hududida olib borilgan noqonuniy qurilish ishlari oʻrganildi.

2022-yilning 16-iyun kuni Buxoro viloyatiga xizmat safarida boʻlinib, fuqaro Z.Hafizova bilan murojaati yuzasidan uchrashilib tegishli tavsiya va tushunchalar berildi.

2022-yil 16-iyun kuni Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi va tuman (shahar) Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari ishtirokida
seminar-trening oʻtkazildi.

2022-yilning 20-iyun kuni Bosh prokuratura akademiyasida 10 kunlik seminar teraningda ishtirok boshlandi.

2022-yilning 21-iyun kuni AOKAda tashkil etilgan brifingda boshqarma tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisoboti berildi.

2022-yil 15-iyun kuni fuqaro N.Xamdamovaning Maktabgacha taʼlim vazirligiga qilgan murojaati (08.06.2020-y. X-674) koʻrib chiqildi.

2022-yil 23-iyun kuni fuqaro Samatova Xurshida Djalolovnaning murojaatini oʻrganish (PV-566 31.05.2022-yil) koʻrib chiqildi.

2022-yil 23-iyun kuni fuqaro Dadaxonova Shugrinisonaning murojaatini oʻrganish (D-688 13.06.2022-yil), (D-710 14.06.2022-yil).

2022-yil 23-iyun kuni fuqaro Toʻxtashova Gulasalnaning murojaatini oʻrganish (PV-329 08.04.2022-yil).

Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 16-iyundagi 191-x-sonli buyrugʻiga asosan, fuqaro Xamdamova Nargizaning murojaatini oʻrganish maqsadida 2022-yil 20-iyun kuni Toshkent viloyati Oxangaron tumanida joylashgan 19-DMTTga borilganda, tashkilot direktori v.v.b. Kobulova N.
2021-yil 18-oktyabrida oʻzining nomiga rasmiylashtirilgan kredit shartnmosaiga asosan 4 oy mobaynida tashkilot xodimlaridan 9 mln soʻm atrofidagi pullarni kredit uchun toʻlatgani aniqlandi.

Xamdamova N.ning murojaatini oʻrganish yakuni boʻyicha toʻplangan hujjatlar 2022-yil 22-iyundagi 02-01/9-1476 chiqish raqamli xat bilan qonuniy chora koʻrishlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Shuningdek, Xamdamova N. bilan tuzilgan mexnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan Toshkent viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasiga topshiriq berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil
21-iyundagi 195-X-sonli buyrugʻiga asosan boshqarma xodimi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti DUKning 2019-2022-yillardagi faoliyati natijalari hamda moliyaviy harakatlari va qilingan xarajatlarining maqsadli sarflanganligini oʻrganish uchun joriy yilning 23-iyunidan 22-iyuliga qadar xizmat safariga yuborildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish boʻyicha komissiya tarkibi

Markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish boʻyicha komissiya tarkibi to'g'risida buyruq.pdf  Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish boʻyicha komissiya tarkibi   1. Muslitdinov Nodir Xojiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi direktor oʻrinbosari, komissiya raisi 2. Karimov Anvar Rasulovich — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari 3. Basitxanova Elmira Irkinovna — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari   4. Igamberdiyev Zoxid Kadirovich — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq qoʻmitasi, Umumbelgilangan soliqlar boʻlimi boshligʻi 5. Raxbarov Nodirbek Alisherovich — “Ipoteka bank” boshqaruvi kengashi raisining oʻrinbosari 6. Shukurov Jasur Nigmatovich — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktor oʻrinbosari 7. Pardayev Sherzod Choʻlliyevich — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi, Moliya-iqtisod va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davriy moliyaviy hisobotlar 2023-yil I chorak

Молиявий ҳисобот 2023 й 1-чорак.pdf Дебитор маълумотлари.pdf Кредитор маълумотлари.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida HISOBOT

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 9 ta, xususan, 1 ta Prezident qarori, 5 ta Hukumat qarori, 1 ta farmoyishi hamda 2 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 1 ta Qonun, 2 ta Prezident qarori hamda 3 ta Hukumat qarori hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Moliyaviy iqtisodiy ko‘rsatgichlarning bajarilishi bo‘yicha - 2022-yilda maktabgacha ta’lim sohasiga davlat byudjetidan 10,1 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, hisobot davrida ijrosi 10,0 trln. so‘mga (99,4%) bajarildi. Xususan, respublika byudjetidan 7,7 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, ijrosi 7,6 trln. so‘mga (99,7%), mahalliy byudjetlardan 2,4 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, ijrosi 2,3 trln. so‘mga (98,6%) bajarildi. Qamrov darajasini oshirish bo‘yicha 2022-yilning o‘tgan davrida respublikada 1 811 ta shundan, 219 ta davlat, 1 346 ta oilaviy, 169 ta DXSH asosidagi nodavlat, 77 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 4,6 foizga oshirildi.  Bugungi kunda respublikada jami 29 420 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 6 589 tasi davlat va 22 822 tasi nodavlat (833 ta xususiy, 20 676 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 313 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.  Maktabgacha yoshdagi 2,9 mln. nafar bolalardan 2,1 mln. nafari yoki 71,8% bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lsa, ularning 647 655 nafarini (90%) 6 yoshli bolalarni tashkil etmoqda. Ushbu bolalarning: 186 881 nafari - majburiy bepul bir yillik boshlang‘ich ta’limga tayyorlov guruhlariga; 256 131 nafari - to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga; 80 230 nafari - qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi. 123 998 nafari - turli yoshdagi guruhlarga; 415 nafari - mobil guruhlarga qamrab olindi Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha. 2022-yil yakunlariga ko‘ra jami 22 366 quvvatga ega 169 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda hamda 2 350 ta imzolangan bitimlardan 96 391 quvvatga ega 1 346 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada, 118 557 ta qo‘shimcha quvvat (169 ta DXSH asosidagi NMTT va 1 346 ta oilaviy MTTlar) hamda 10 116 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ta’lim xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha Bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan jami rahbar va pedagoglar soni 151 746 nafarni tashkil etib, oliy ma’lumotli pedagoglar soni 51 554 nafarni (33,8%) tashkil etdi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami pedagoglar 114 634 nafar, shundan oliy ma’lumotli pedagoglar 41 851 nafarni, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami pedagoglar 37 112 nafar, shundan oliy ma’lumotli pedagoglar 9 703 nafarni  tashkil etdi. 2022 yilning o‘tgan davrida jami 17 414 nafar (rejaga nisbatan 101%) maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarining malakasi oshirildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyoji aniqlanib,   22 nomdagi o‘quv-metodik va didaktik materiallar 6 412 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi. Shuningdek, Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTda tarbiyalanayotgan ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bor tarbiyalanuvchilarning ta’lim olish jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan gumanitar yuk shaklida taqdim etilgan 130 ta Brayl alifbosi to‘plamlari Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarga yetkazib berildi. YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi ko‘magida "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha” o‘quv uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib, 10 000 nusxada (31 790 AQSH doll) chop etildi.  Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelyotgan hamshiralarni malakasini oshirish maqsadida maxsus elektron platforma ishlab chiqilib, ularni onlayn platforma orqali o‘qitish uchun videomateriallar yaratildi. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agenligi va “Zamin” xalqaro Fondi hamkorligida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maqsadli yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 224 nafar tarbiyalanuvchilari chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 188 nafariga 340 dana zamonaviy eshitish apparatlari bepul tarqatildi. Joriy yilda 1 113 235 nafar tarbiyalanuvchi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar va yo‘llanmalar berildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash bo‘yicha tender savdolari o‘tkazildi. Tender savdolari natijasida 19 ta g‘olib bo‘lgan korxonalar bilan jami 124,1 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi. Ushbu mablag‘lar doirasida yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan 152 ta DMTTlari hamda qo‘shimcha ravishda 144 ta DMTTlar, shuningdek,  Boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlov guruhlarining 1 142 ta xonalari jihozlandi. Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kelishilgan rejaga muvofiq respublikadagi 6 408 ta (99%) DMTT internet bilan ta’minlandi. Shuningdek, MTTlarga 6 294 ta printer qurilmalari hamda 4 940 ta kompyuter texnikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi. Maktabgacha ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini ta’minlash maqsadida Biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatini yuritish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqildi va 2022 yil 1 apreldan tajriba-sinov tariqasida hududlarda joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 martdagi 129-son qaroriga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash va moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi ishlab chiqildi.  Mazkur tizim joriy qilinishi natijasida davlat bdjetidan subsidiya uchun ajratilayotgan mablag‘lardan 100 mlrd. so‘m ortiqcha xarajatlar oldi olindi. Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha 2022-yil yanvar-iyun davrida xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 42 ta uchrashuv o‘tkazildi va 14 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi. Joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha ikkinchi  Butunjahon konferensiyasi (Konferensiya) yuqori saviyada o‘tkazildi. Konferensiya yakunlariga ko‘ra keyingi 10 yilda maktabgacha ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab beruvchi Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi. Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan umumiy qiymati 70 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun loyihaoldi hujjatlar ishlab chiqildi va investorlar tomonidan ma’qullandi. Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomnidan 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tadiqlash uchun kiritildi. Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat sheriklikni qo‘llab-quvatlash” loyihalari doirasida 2022-yilda 21,9 mln AQSH dollari (rejaning 100%) o‘zlashtirildi.

Вид сайта
Размер шрифта