Tender oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

news-detail

Tender nomi: Mobil guruhlari sifatida faoliyat koʻrsatadigan avtobuslarni va oʻyin maydonchalarini jihozlash ishlari boʻyicha elektron shaklda xarid savdolarini oʻtkazish.

Tender predmeti (tovar) – 2022-yilda Mobil guruhlari sifatida faoliyat koʻrsatadigan avtobuslarni va oʻyin maydonchalarini jihozlash ishlari tashkil etish.

Tender tashkilotchisi: Maktabgacha taʼlim vazirligi.

Tenderda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, mebel jihozlarni ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda lot boʻyicha koʻrsatilgan miqdorlarda ishlarni bajarish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tender savdolari ishtirokchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, ishlarni bajaruvchi obekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi hamda eng yaxshi taklifni tashlash hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni bajarishi kerak.

Tender ishtirokchilari maxsus axborot portaliga (https://etender.uzex.uz/home) joylashtirilgan elektron shakldagi tender hujjatlarini yuklab olishlari va unda koʻrsatilgan talablar bilan tanishib chiqqan holda oʻz takliflarini topshirishlari lozim. Tenderda takliflarning shakli va topshirish shartlari tender hujjatida koʻrsatilgan.

Tender takliflari elektron shaklda taqdim etiladi, tender hujjatlarida koʻrsatilgan
1–shaklga muvofiq tenderda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi.

Avans toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 90 (toʻqson) kalendar kun muddatda jihozlarni oʻrnatish, montaj qilish va boshqa xizmatlarni amalga oshirgan holda xavfsizlik choralariga muvofiq foydalanish uchun tayyor holatga keltirish tender gʻoliblaridan talab etiladi.

Tender jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tender ishtirokchilari, eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligining quyidagi manzili boʻyicha murojaat qilishlari mumkin.

Tender ishtirokchisi mahsulot katalogini e’lon muddati tugagunga qadar (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) taqdim etishi lozim.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani,

Amir Temur shoh koʻchasi 17-uy, tel: (998 71) 207-04-08 (808), (+99891 010-71-77).

e-mail : equip@mpe.uz

Masʼul: J.Mamanazarov, B.Nabixoʻjayev

Tender takliflari zakalat koʻrinishida: mahalliy va xorijiy korxonalar boʻlgan tender ishtirokchilari tomonidan tender taklifi bermoqchi boʻlgan lotning cheklangan qiymatidan 1,0 foiz miqdoridagi pul mablagʻlarini naqdsiz shaklda Davlat xaridlari elektron tizimining maxsus hisob raqamiga oʻtkazishi shart.

Tender takliflari maxsus axborot portalida koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan holda elektron shaklda taqdim etilishi lozim.

Mobil guruhlari sifatida faoliyat koʻrsatadigan avtobuslarni va oʻyin maydonchalarini jihozlash ishlarining (jihozlar xarid qilish, oʻrnatish, montaj qilish va boshqa

xizmatlari bilan birga) eng yuqori summasi

 

 

Lot nomi

Jihozlash ishlari

Eng yuqori summasi

Boʻnak summasi
( 1 % )

 

Mobil guruhlari sifatida faoliyat koʻrsatadigan avtobuslarni jihozlash ishlari

Roʻyxat boʻyicha

1 897 000 000

18 970 000

 

Mobil guruhlari uchun oʻyin maydonchalarini jihozlash ishlari

Roʻyxat boʻyicha

2 079 613 648

20 796 137

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi ishchi guruhi Namanganda

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim Agentligining ishchi guruhi Namangan viloyatida faoliyat olib bormoqda.  Kuni kecha ushbu guruh Namangan shahrida joylashgan 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.     Ta’kidlash joizki, mazkur tashkilot 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-154m-sonli maxsus qarori asosida, 6 mlrd. 448 mln. so‘m mablag‘ evaziga ta’mirdan chiqarilgan edi. Buning hisobiga 300 ta o‘rin yaratilgan. Ayni vaqtda esa, bu yerda 10 ta to‘liq kunlik va 8 ta qisqa muddatli, jami 18 ta guruh kesimida 489 nafar 3 – 7 yoshli bola tarbiyalanmoqda.           O‘rganuv davomida tashkilotning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. Jarayonlar davomida soha rivojiga doir ko‘rsatma va taklif-tavsiyalar berildi.   Ishchi guruhning Namangan viloyatiga doir faoliyati davom etmoqda. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jajji malikalar bellashishdi

   Kechagina kirib kelgan mart butun borliqqa bahorning bor tarovatini, undan ruh olgan go‘zal bayramlarni birin-sirin tortiq etmoqda. Uning ilk kuni mamlakatimizda adabiyot, she’riyat, nazm va navo bayrami – sadoqat va do‘stlik kuychisi, xassos shoira Zulfiyaxonim yodi bilan boshlandi. Davralar, shoira timsolida adabiyotni, she’riyatni olqishladi. Keyin unga nazokat, nafosat, go‘zallik, sevgi ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni ulanib ketdi. Davralar ayolni, onani, singilni, qizlarni madh etdi. Yana ko‘p davralar doshqozon osdi. Biqirlab qaynayotgan sumalak atrofiga to‘plangan ellar, sharqning uch ming yillik Navro‘z shodiyonalarini boshlab yubordi. Bu azaliy bayramlar maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida ham davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining eng chekka – Nanay qishlog‘ida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir esa, ayollar bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga  bag‘ishlandi. Darvoqe, tashkilotda 5 ta guruh mavjud. Ularga 135 nafar  3 – 7 yoshli bola qamrab olingan. Eng muhimi, jamoaning ahilligi, hamjihatligi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro yelkadoshlik, jipslilik tufayli yechim topmagan masala yo‘q. Hatto, ulardagi bu fazilat mahalla ahli orasida ham alohida e’tirof etiladi. – Jamoaning o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi sifati bu ularning yakdilligi, – deydi “Zarbdor” MFY Xotin-qizlar faoli Malohat Hayitboyeva. – Shu tufayli bo‘lsa ajabmas, bu yerdagi ta’lim-tarbiya jarayonlaridan hamma hursand. Bugungi tadbirda ham yigirma chog‘lik xodimlar bir yoqadan bosh chiqara oldi va e’tiborimizga bayram tadbirini yuqori saviyada havola etdi. Ayniqsa, Gulnora Shukurova,  Dilafro‘z Abdug‘aniyeva, Sevara Abdullayeva, Dildora Jo‘rayeva, Moxira G‘aniyeva singari jonkuyar tarbiyachi va xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning musiqa rahbari Dilrabo Qurbonovalarning halol mehnati  tufayli farzandlarimiz o‘zlarining ilk iqtidorlarini zo‘r kayfiyat va mahorat bilan namoyish etishdi. Darhaqiqat, bo‘lib o‘tgan tadbir tashkilotning Gulnora Shukurova rahbarligidagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilaridan iborat 20 nafarlik JAJJI MALIKALAR ishtirokidagi bellashuv ustiga qurildi. Qaqajon qizlar besh shart – tanishtirish, salat tayyorlash, somsa tugish, erkin mavzu va nihoyat badiiy gimnastika sohasidagi iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi. Qizaloqlarning she’riy tanishtiruvlari, erkin mavzudagi yakkaxon raqs, kuy-qo‘shiqlari, badiiy gimnastikaga oid nafis ijrolari, ayniqsa, mustaqil holda salat va somsa tugishlari barchaga manzur bo‘ldi. – Albatta, iste’dod osonlikcha namoyon bo‘lmaydi. Buning ortida katta mehnat, izlanish, o‘z ustida, ayniqsa, o‘sha iste’dodli bola ustida tizimli ishlashgina ma’lum maqsadga erishtiradi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan 10-sonli DMTT direktori Umida Qoraboyeva. – Bugungi tadbir ham ana shu xulosani yana bir karra isbotladi va men o‘z jamoamning har bir vakilidan minnatdorman. Fursatdan foydalanib barchangizni bugungi egu ayyom bilan chin dildan tabriklayman.    Tadbir so‘ngida jajji malikalarga bayram sovg‘alari ulashildi.       

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati, Angren shahridagi 14-DMTTda «Telefonsiz DMTT» tizimi joriy etildi.

14-DMTT ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ta’lim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.  Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil ”O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.   Ta’lim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.   Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7.00 dan 8.30 gacha va soat 16.30 dan so‘ng ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi. Endi soat 8.50 dan 16.30 gacha Tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi.  Biroq, tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishlari mumkin.  Ota-onalar telegram guruhida mashg’ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi. Ta’lim taskilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.

Вид сайта
Размер шрифта