Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʻlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti - tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusidagi matbuot anjumani

Joriy yilning 4-mart kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti — tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼul xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 2021-yilda Maktabgacha taʼlim tizimiga respublika byudjetidan jami 6,7 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, hisobot davrida 6,6 trln. soʻm (98%) mablagʻ xarajat qilingan. Jumladan: Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparatini saqlash xarajatlari uchun 10,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 10,5 mlrd. soʻmga (98%); Maktabgacha taʼlim vazirligining markazlashgan mablagʻlari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash, mantiqiy oʻyin, oʻyinchoqlar, oʻquv-didaktik materiallar bilan taʼminlashga 181 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 177,1 mlrd. soʻmga (97,8%); Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiga 103,6 mlrd. soʻm (100%); Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlariga 4,0 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 4,0 trln. soʻmga (100%); Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiya uchun 1,2 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 1,2 trln. soʻmga (100%); Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlashga 39,2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 34,9 mlrd. soʻmga (89,2%); Aqlvoy dasturi doirasida mobil avtobuslar xarid qilishga 2,6 mlrd. soʻm (100%); Kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash xarajatlariga 50,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 49,4 mlrd. soʻmga (97,4%); "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotini saqlash xarajatlariga 1,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 511,8 mln. soʻmga (36%); Investitsiya dasturi doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlariga 1,1 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 991 mlrd. soʻmga (88,4%) bajarilgan. 2021-yilda respublikada 8 849 ta (190 ta davlat, 8 539 ta oilaviy va DXSH asosidagi 120 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi natijasida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi 6.1 foizga oshirildi. Maktabgacha taʼlimning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga boʻlgan haqiqiy ehtiyoj 6 196 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 980 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali oʻrganib chiqildi. Soʻrovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida — 25 ta, Buxoro viloyatida —10 ta, Jizzax viloyatida —4 ta, Navoiy viloyatida —4 ta, Xorazm viloyatida —5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunda respublikada jami 27 103 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning 6 387 tasi davlat va 20 716 tasi nodavlat (774 ta xususiy, 18 797 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 145 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir. Maktabgacha yoshdagi 2,9 mln. nafar bolalardan 1,9 mln. nafari yoki 67% bolalar maktabgacha taʼlimga qamrab olingan boʻlsa, ularning 566 996 nafarini (82%) 6 yoshli bolalar tashkil etmoqda. 2022-yilda bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrovini 70,7% ga yetkazish rejalashtirilgan. 2021-yilda 13 098 quvvatga ega 120 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda 239 484 quvvatga ega 8 553 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada, 252 582 ta qoʻshimcha quvvat (120 ta DXSH asosidagi NMTT va 8 553ta oilaviy MTTlar) hamda 22 720 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.  “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xavfsiz va oqilona ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar” Sanitariya qoida va meʼyorlari (SanPiN) qayta koʻrib chiQilib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim tizimidagi davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma hamda “Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun mavsumiy taomnoma”lar ishlab chiqildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar “Aqlvoy-oshpaz” nomli retseptlari kitobi ishlab chiqildi. Retseptlar kitobiga kiritilgan taomlar uchun texnologik kartalar asosida taomlarni tayyorlash jarayoni tajribadan oʻtkazildi. Ikki yuz ellikdan ortiq taomlarni tayyorlash texnologiyalari, sifat xarakteristikalari yangitdan yozib chiqildi. Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq 222 ta obyektdan: - 41 ta obyekt oldingi yildan oʻtuvchi; - 181 ta yangidan boshlanuvchi obyektlar hisoblanadi. Bugungi kun holatiga 2021-yil Investitsiya dasturi doirasidagi 222 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti obyektlaridan 199 tasida qurilish – taʼmirlash ishlari yakunlandi. 2021-yilda barcha manbalar hisobidan 3 ta loyiha doirasida 50,6 mln.AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar oʻzlashtirildi shundan: xalqaro moliya institutlari mablagʻlari – 35,8 mln. AQSH dollari; begʻaraz koʻmak (grant) xorijiy investitsiyalar – 14,8 mln. AQSH dollari Hisobot davrida Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida 43,6 mln AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Shu bilan birga, Prezidentning “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida Maktabgacha taʼlim vazirligining zimmasiga 3 ta vazifa yuklatilgan. Xususan, 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025 oʻquv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkaziladi. Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi. 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshiriladi. Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratiladi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Kichik bolalarni taʼlim va tarbiyalash boʻyicha II-Jahon konferensiyasi”ga bagʻishlangan rasmiy ziyofat tashkil etildi

Maktabgacha taʼlim vaziri boshchiligidagi delegatsiya taʼlimni oʻzgartirish boʻyicha boʻlib oʻtayotgan dastlabki Sammit doirasida YUNESKO tomonidan “14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan «Kichik bolalarni taʼlim va tarbiyalash boʻyicha II-Jahon konferensiyasi”ga bagʻishlangan rasmiy ziyofat tashkil etildi. Unda YUNESKO bosh direktori oʻrinbosari Stefani Janinni, “Lego foundation” jamgʻarmasi direktori Ann-Birgitte Albreksen, xalqaro tashkilotlar vakillari, 35 nafardan ortiq YUNESKOga aʼzo davlatlarning taʼlim vazirlari ishtirok etdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, shuningdek, bosh boshqarma boshligʻi Shahnoza Mirziyoyeva ishtirokchilarga xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida maʼlumot berib, barchani Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan anjumanda bevosita ishtirok etishga taklif qildi. YUNESKOga aʼzo davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yuqori baholadi va boʻlajak konferensiyada oʻz delegatsiyalarining ishtirok etishiga qiziqish bildirdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vaziri pedagogika kollejlari va MTTlarda boʻldi

Vazir Agrippina Shin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani va Xoʻjayli pedagogika kollejlarida boʻldi. U yerda oʻquvchilarga yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Vazirlik xodimlari Chimboy tumani pedagogika kollejning “Oʻquvchilar yotoqxonasi”ning birinchi navbatda bolalar bogʻchasini tashkil etish taklifini berdi. Shundan soʻng vazir Taxtakoʻpir va Qaraoʻzak tumanlarida boʻldi. Taxtakoʻpir tumani “Taxtakoʻpir” OFY hududida joylashgan 120 oʻringa moʻljallangan, 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va “Qaraoy” OFY hududida joylashgan 90 oʻrinlik, 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, shu bilan birga, Qaraoʻzak tumani “Qutlы makan” OFY hududida joylashgan 75 oʻringa moʻljallangan “Bukvaryonok” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va “Gʻәrezsizlik gүzәri” MFY hududida joylashgan 140 oʻrinlik, 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ish faoliyati bilan tanishdi. MTTlarda asosan taʼlim sifati va bolalarga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, taomnomalarining toʻgʻri tashkil qilingani, zaxira mahsulotlarining saqlanish holatlari oʻrganildi. Vazir A.Shin tomonidan Taxtakoʻpir tumani “Qaraoy” OFY hududida joylashgan 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, barcha jihatdan boshqa tashkilotlarga oʻrnak boʻladigan tumandagi “Eng namunali maktabgacha taʼlim tashkiloti” deya eʼtirof etildi. Shuningdek, vazir A.Shin Amudaryo tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi, “Zebo Qilishboy” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va 6-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻldi. Soʻngra esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani Beruniy pedagogika kollejiga tashrifi davomida kollej oʻqituvchilari bilan yaqindan suhbat olib borishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni oshmoqda

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Jobu” mahallasidagi 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Buning uchun “Obod qishloq va obod mahalla” dasturi asosida 2 mlrd 751 mln soʻm mablagʻ sarflandi. Tashkilot 150 nafar bolani oʻz bagʻriga qamrab oldi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti kuni uzaytirilgan va majburiy tayyorlov guruhlarini tashkil etish natijasida 210 nafar bolaga taʼlim-tarbiya berish imkoniyatiga ega boʻladi Shuningdek, Buxoro viloyati Romitan tumanining “Alisher Navoiy” mahallasida yangi zamonaviy qad rostlagan 60 oʻringa moʻljallangan 2-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi. Qo'shimcha bino topshirilishi natijasida 60 nafar bolalar maktabgacha ta'lim bilan qamrab olindi. Zamonaviy loyiha asosida taʼmirlangan yangi MTTning qoʻshimcha binosi 600 million soʻm mablagʻga qayta taʼmirlanib, 81 million soʻmga jihozlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xo‘jayli tumani “Sarishungul” mahallasida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi

Kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida «Sarishungul» OFY hududida joylashgan, 30 oʻringa moʻljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bitim imzolanib, foydalanishga topshirildi. Mazkur bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3651-sonli va 5144-sonli qarorlariga asosan imzolangan bo‘lib, avvallari mazkur mahallada maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo‘lmagan. Maʼlumot uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy yilning fevral oyida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish istagini bildirgan 95 ta tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sherikchilik bitimlari imzolandi. Har bir maktabgacha ta’lim tashkilotiga vazirlik tomonidan ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha pedagoglar uchun seminar-treninglar o‘tkaziladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vaziri Qoraqalpogʻistondagi MTT faoliyati bilan tanishmoqda

Taʼlimning poydevori hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimiga davlat tomonidan tizimli eʼtibor hamda amaliy yordam berilmoqda. Xususan, qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham qamrov darajasi past boʻlgan chekka tumanlarda bir nechta yangi MTT lar ochildi. Yana ayrimlari bolajonlar uchun eshigini ochish arafasida. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Qoʻngʻirot tumani “Navoiy” mahallasi, Shumanay tumanidagi “Begjap” OFY, shuningdek xuddi shu tumandagi “Begjap” OFY hududlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻldi. Qayd etish joizki, yurtimizda nodavlat va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni ham kun sayin ortib bormoqda. Shundan soʻng, Agrippina Shin boshchiligidagi guruh Xoʻjayli tumani “Taskoʻpir” MFY va “Sarichungul” OFY hududida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Mazkur tumanning Sarichungul OFY hududida ham yangi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini boshlash arafasida. Vazir ushbu NMTT koʻzdan kechirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi

Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida autsorsing tizimi haqda soʻz bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori bilan kelishilgan holda Navoiy viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasiga muvofiq oʻtkazilgan mazkur matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarga sohadagi yangiliklar va tizimdagi islohotlar xususida maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, autsorsing korxonalari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazilib, har jihatdan sifatli va ishonchli xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzildi. Natijada joriy yilning 1-yanvaridan Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi jami 210ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 60tasi autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkazildi.Anjuman davomida shuningdek, 24 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlarining koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Oʻzaro savol-javob, ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan matbuot anjumanida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha maʼlumotlarga javob olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi

Qashqadaryo viloyatida "NMT tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. Unga odavlat,oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlar a'zo bo'lishlari mumkin. Uyushma ushbu MTTlarga huquqiy yordam berish, shuningdek pedagog kadrlarining malakasini oshirishda ko'mak berish maqsadida tashkil etilgan. U ilk ishini Qarshi Davlat universiteti maktabgacha taʼlim kafedrasi bilan uyushma aʼzolari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli oʻquv treninglar tashkil etish masalasida kelishish bilan boshladi. NMTT uyushmasi viloyat Adliya boshqarmasi bilan uyushma aʼzolari boʻlgan nodavlat,oilaviy xamda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan NMTT larini huquqiy himoya qilish masalalarini kelishib oldi. Shuningdek, “NMT tashkilotlari uyushmasi” Respublikamizda faoliyat olib borayotgan chet ellik pedagog xodimlar bilan NMTT va OMTT larning pedagog xodimlari oʻrtasida tajriba almashish uchun seminar treninglarini oʻtkazish boʻyicha muzokara olib borildi. Ma'lumot uchun, "NMT tashkilotlari uyushmasi" 2021-yilning so'nggi oyida yuridik shaxslarning birlashmasi sifatida ro'yxatdan o'tgan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Trenerlar tayyorlash kurslariga start berildi

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirish” loyihasi doirasida Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi yuzasidan trenerlarni oʻqitish boʻyicha joriy yilning 15-fevral kuni Namangan pedagogika kolleji bazasida tashkil etilgan trenerlik kurslari boshlandi. Mazkur trenerlik kurslarida Namangan davlat universiteti oʻqituvchilaridan va Namangan viloyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglaridan 28 nafar tinglovchilar ishtirok etdi. Tinglovchilar oʻquv moduli boʻyicha juftlarga boʻlindi: 1-juftlik: “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha; 2-juftlik: “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy oʻquv faoliyatini uslubiy taʼminlash” oʻquv moduli boʻyicha onlayn tarzida; 3-juftlik: “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha; 4-juftlik: «Rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatini tashkil qilish (5 ta markaz faoliyati)” moduli boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oflayn tarzida oʻtkazildi. Shuningdek, oʻquv kurslarida vazirlikning hamda viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi masʼullari ishtirok etib, yangi malaka oshirish tizimini joriy etishdan koʻzlangan asosiy maqsad va uni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berishdi. Tashkil etilgan oʻquv kurslari davom etmoqda. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 11-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirishning yangi tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazishga tayyorgarlik toʻgʻrisida”gi 17-sonli buyrugʻiga asosan trenerlik kurslari tashkil etildi. Bunda oʻquv mashgʻulotlarni Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti yetakchi professor-oʻqituvchilari, xorijiy mutaxassislar tomonidan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” va “Ilm yoʻli” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish», “Rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatni tashkil qilish (5 ta markaz faoliyati)”, “Tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi va kreativligini rivojlantirish”, “Yozgi sogʻlomlashtirish oylarida tarbiyachining taʼlimiy faoliyati”, “Bolalarni savodxonlikka oʻrgatishning ilgʻor metodlari”, “Maktabgacha taʼlimda ilgʻor xorijiy tajribalar (Koreya tajribasi)”, «Bolalarni maktabga tayyorlashda ilgʻor tajribalar”, “Maktabgacha taʼlim pedagogik jarayonini innovatsion loyihalash” mavzularida seminar treninglar rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro trenerlar Namanganda oʻz ishini boshladi

Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirish” loyihasi doirasida Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi boʻyicha trenerlarni oʻqitish boʻyicha joriy yilning 15-fevral kuni Namangan pedagogika kolleji bazasida tashkil etilgan trenerlik kursi boshlandi. Mazkur trenerlik kursida Namangan davlat universiteti oʻqituvchilaridan 20 nafar, Namangan viloyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari va boshqarma mutaxassislaridan iborat 8 nafar jami 28 nafar tinglovchilar ishtirok etdi. Tinglovchilarga 1-juftlikda “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha; 2-juftlikda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy oʻquv faoliyatini uslubiy taʼminlash” oʻquv moduli boʻyicha onlayn tarzida; 3-juftlikda “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha; 4-juftlikda «Rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatini tashkil qilish (5 ta markaz faoliyati)” moduli boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oflayn tarzida oʻtkazildi. Shuningdek, unda Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼullari, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi vakillari ishtirok etib, yangi malaka oshirish tizimini joriy etishdan koʻzlangan asosiy maqsad va uni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berishdi. Tashkil etilgan oʻquv kurslari davom etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalar qaysi yoshdan tayyorlov guruhlariga qabul qilinadi?

2022-yil 9-fevralda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 66-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatda qayd etilishcha, oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilardan iborat: Birinchidan, 3-bandning ikkinchi xatboshisi yangi tahrirda bayon etildi va unga koʻra, tayyorlov guruhlarida oʻquv yili joriy yil 2-sentyabrdan keyingi yil 31-maygacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yil 1-iyundan 31-avgustgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Avvalgi tahririda yozgi sogʻlomlashtirish davri nazarda tutilmagan; Ikkinchidan, qarorning 2-ilovasi 4-bandining birinchi xatboshisiga oʻzgartirish kiritildi, unga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti tegishli organlar tomonidan may va iyun oylarida oʻrganiladi. Ilgari bu iyun va iyul oylarida amalga oshirilardi; Uchinchidan, qarorning 2-ilovasining 6-bandi ham yangi tahrirda bayon etildi. Unga koʻra, endi tayyorlov guruhlariga kelgusi yilda 7 yoshga toʻladigan bolalar qabul qilinadi. Oldingi tahririda bu yosh tegishli yilning 1-sentyabrida 5 yoshu 6 oyni tashkil qilardi. Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 10.02.2022-yildan kuchga kirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namanganda 2 ta bogʻcha foydalanishga topshirildi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanining ikki manzili – “Nurafshon” (sobiq “Qozoqovul”) hamda “Zamondosh” (sobiq “Chindovul”) mahallalarida biri 120, ikkinchisi 180 oʻrindan iborat zamonaviy, eng muhimi barcha qulayliklarga ega Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi bunyod etilgan inshootlari foydalanishga topshirildi. Dastlab “Nurafshon”da qad rostlagan 3-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boshlangan tantana mahalla ahlining uzoq yillar mobaynidagi orzu-istaklarini roʻyobga chiqardi. Chunki, qariyb 24 yildan buyon ishlamay turgan eski bogʻcha buzildi, uning oʻrnida “Kushon binokor Qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan yangisi barpo etildi. Inshootga 2021-yilgi Davlat investitsiya Dasturi doirasida 3 milliard 371 million soʻm mablagʻ sarflandi. Natijada mazkur mahalladagi 120 nafar 3 – 7 yoshli bolani qamrab olish imkoni yaratildi. Shuningdek, hududdagi 30 nafar kishi kafolatlangan ish oʻrni bilan taʼminlandi. Kunning ikkinchi yarmida tumanning “Zamondosh” mahallasida qad rostlagan 39-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ham yangi binosi ochildi. Mazkur inshoot qariyb 6 milliard 46 million soʻm mablagʻ evaziga qurib bitkazilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda 6 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 9-fevral kuni Surxondaryo viloyatida 6 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Denov tumanidagi 4 ta 17-18-20-34-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochildi. Oltinsoy tumanida 2 ta 9-16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qayta taʼmirlanib foydalanishga topshirildi. Respublika byudjet mablagʻlari hisobidan 16 mlrd ajratilib, 630 oʻrinlik boʻlib qayta rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. “Ayollar daftari"da 13 nafar, “Temir daftar"da 13 nafar oilalarning farzandi tashkilotda bepul tarbiyalanmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Temuriylar” NTM loyihasi boʻyicha vazirlik sarsongarchilikni istamaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri «Qarliqbogʻot» MFY, Zardoʻzlik koʻchasi 64-uyda yashovchi fuqaro Dilmuratov Ikram Rustamovich tomonidan “Temuriylar” NTMga imtiyozli 1% ustama asosida kredit ajratilishi kerakligi xususida yoʻllangan murojaatga quyidagicha munosabat bildiriladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “Temuriylar” NTM oʻrtasida davlat xususiy sheriklik asosida 75 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotini Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri “Paxtazor” MFY hududida tashkil etish uchun 2019-yil 26-iyulda 0449-944/05-sonli ikki tomonlama bitim imzolangan. Loyiha jami qiymati 2 096,0 mln. soʻm boʻlib, shundan 1 200,0 mln. soʻm qismi imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan va 896,0 mln. soʻm qismi tashabbuskor mablagʻi hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 5-893-21-sonli kassatsiya ishi boʻyicha 2021-yil 26-avgustdagi qaroriga koʻra Maktabgacha taʼlim vazirligiga “Temuriylar” NTM uchun 1 foizli stavka boʻyicha kredit ajratish choralarini koʻrish majburiyati yuklatilgan. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorining 5-bandida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida ochiladigan hisobvaragʻida jamlanishini inobatga olib, 2021-yilning 13-oktyabr kuni Moliya vazirligiga 02-02/3-2476-sonli xat orqali sud qarorining ijrosi taʼminlanishi xususida xat yuborilgan. Bu haqida “Temuriylar” NTMga 2021-yil 14-oktyabrda 02-02/2-2481-sonli, 23-dekabrda 02-02/-3257-sonli, 2022-yil 11-yanvarda 02-02/2-65-sonli xatlar orqali maʼlum qilingan. Ammo, qarorni ijrosini taʼminlash boʻyicha birgina Maktabgacha taʼlim vazirligiga yuklatilmagan, shu bilan birga, stavkalarni belgilash va ularni oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish qismi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-son qarorida nazarda tutilgan tabaqalashtirilgan foiz stavkalariga asosan Moliya vazirligi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligiga yuborilgan javob xatida 12 foiz stavkada berilishi maʼlum qilingan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Joriy yil fevral oyining birinchi kunida ijtimoiy tarmoqda Namangan shahrida joylashgan Davlatobod tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 42-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida videoyozuv tarqaldi. Mazkur voqelik  viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi huzurida tuzilgan tezkor guruh tomonidan joyida, xolisona oʻrganildi. Oʻrganishda tashkilot ish beruvchisi va boshqa xodimlar bilan tashkilotning OSHPAZ XODIMI oʻrtasida uzoq vaqtdan buyon nizoli munosabat davom etib kelganligi, shu tufayli yuqorida qayd etilgan videoyozuv noxolis, qasddan uyushtirilgan holda tasvirga tushirilib, ijtimoiy tarmoqda tarqatilganligi aniqlandi. Yaʼni, tashkilotda ishlovchi OSHPAZ XODIMAning Davlatobod tuman hokimiga yoʻllagan eʼtirozli (bir guruh xodimlar unga bosim oʻtkazayotganligi ustidan shikoyat qilgan) murojaati tuman hokimligi tomonidan joriy yilning 18-yanvar kuni oʻrganib chiqilgan. Qayd etilgan xulosalar tegishliligi boʻyicha tashkilotning Kuzatuv Kengashiga taqdim etilgan. Joriy yilning 21-yanvar kuni Kuzatuv Kengashi tuman hokimligi taqdim etgan xulosalarga asoslanib, OSHPAZ XODIMAni ishdan boʻshatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Ushbu qaror tashkilotning Kasaba uyushmasi yigʻilishida ham koʻrib chiqilgan. Unga koʻra, uyushmaning 8 nafar aʼzosi betarafligini, 3 nafar aʼzosi OSHPAZ XODIMAning ishlash, 19 nafar aʼzo esa, ishdan ketkazish toʻgʻrisida munosabat bildirgan. Taʼkidlash joizki, videoyozuv aynan shu kuni, yaʼni, joriy yilning 24-yanvar sanasida OSHPAZ XODIMAning tarafdorlari tomonidan tashkilotdagi “Qoʻngʻiroqcha” guruhini oʻsha kun uchun tayyorlangan birinchi (suyuq) taom bilan ovqatlantirish paytida belgilangan taomil (ratsion) asosida tayyorlangan taomni sifatsiz koʻrsatish maqsadida uning tarkibidagi goʻsht va yogʻ mahsulotlarini terib olgan holda tasvirga olingan. Holbuki, oʻsha kungi tayyorlangan taomlardan tanovul qilgan boshqa guruhlarda bunday eʼtirozlar boʻlmaganligi, taqdim etilgan ovqatlar meʼyorida boʻlganligi aytildi. Achinarlisi, tashkilot faoliyatiga nisbatan ota-onalarning salbiy munosabatini shakllantirishga uringan tarafkashlar ushbu tasvirni 24-yanvardan 25-yanvarga oʻtar kechasi davomida har bir ota-onaga tarqatib chiqishgan. Yuborilgan videoyozuv ostida tashkilotni obroʻsizlantirishga, odamlarda maktabgacha taʼlim tizimiga ishonchsizsizlik kayfiyati hosil qilishga qaratilgan  soʻzlar qoldirilgan. Eslatib oʻtamiz: kasbiy-axloqiy jihatlari 2 ta vakolatli Kengashda koʻrib chiqilgan OSHPAZ XODIMA joriy yilning 24-yanvar kunidan 28-yanvar kuniga qadar ishga kelmagan. OSHPAZ XODIMA tashkilot direktorining joriy yil 31-yanvardagi Kuzatuv Kengashi hamda Kasaba uyushmasi qarorlariga va boshqa hujjatlarga asoslanib chiqargan buyrugʻi bilan vazifasidan ozod etilgan. Oʻrganish davomida ushbu videoyozuvni maʼlum tarafkashlar tomonidan “Telegram” kanali orqali qabul qilib olib, oqibatda yomon kayfiyat taʼsiriga tushib qolgan va buning natijasida mazkur videoyozuvni “Namanganliklar” ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirishga sababchi boʻlgan “O.A” ism-sharifli ayol bilan suhbatlashildi. Suhbat jarayonida “O.A” jamiyatdagi salbiy holatlarga tabiatan befarq emasligini bildirdi va: “Mazkur tashkilotda bir nafar farzandim tarbiyalanadi. Videoyeyozuvni koʻrganim zahoti mendagi tuygʻular qattiq gʻalayon qildi: “nahotki, mening farzandim, qolaversa, boshqa farzandlar tarbiyasi, ularning sogʻlom rivojlanishi ishonib topshirilgan tashkilotdagi ahvol shu boʻlsa” degan ishtibohga berildim. Shundan soʻng, videoyozuvni “Namanganliklar” kanaliga taqdim etdim. Keyinchalik bildimki, mazkur holatda men tashkilotda ishlovchi ayrim xodimlarning oʻzaro kelishmovchiligi tufayli vujudga kelgan oqibatsizlikning “qurol”i boʻlib xizmat qilibman. Toʻgʻrirogʻi, mening taʼsirchanligimdan ular “oqilona” foydalanishib, meni “qurol”ga aylantirishibdi. Masalaning asl mohiyatini bilmaganim bois, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqda yoritilishiga sababchi boʻlib qolibman», – dedi u. Namangan viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqda berilgan videoyozuvda bildirilgan iddaoni mutlaqo rad etadi. Ayni paytda barcha ijtimoiy tarmoq adminlarini, xususan, “Namanganliklar” kanalining muhtaram jonkuyarlarini har qanday axborotni talqin va tahlil etishda xolislik va haqqoniylik prinsiplariga qatʼiy amal qilishlikka, shuning bilan birga, har qanday masalani yoritishdan avval, uning mazmun-mohiyatini, maqsadini chuqur oʻrganishlikka chaqiradi. Zotan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XV bob, 67-moddasida “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning toʻgʻriligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar”, deyiladi. Ayni paytda Maktabgacha taʼlim boshqarmasi yuqorida bayon etilganlarni huquqiy jihatdan toʻliq oʻrganish va bu holatga qonuniy baho berilishini koʻzlab, oʻzining tegishli tashkilotlari orqali huquq-tartibot organlariga murojaat yoʻllaganligini bildiradi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Kuni kecha, 1-fevral kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tuman (shahar)larda tashkil etilgan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan hamkorlikdagi ishlarini hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing xizmatlarini toʻgʻri tashkil etish masalalariga oid onlayn tarzda videokonferens aloqa orqali seminar oʻtkazildi. Unda autsorsing xizmatlari boʻyicha tuzilayotgan shartnomalarni Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va boshqa masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi. Shu bilan birga, seminarda Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullari ishtirokchilarga Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov natijalari, tanlov komissiyasining xulosalari bilan tanishish, shartnoma loyihasi, shartnoma tuzilishidagi talablar haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi, ular tomonidan koʻtarilgan muammolarga yechim topildi. Qayd etish lozimki, onlayn seminarda Adliya vazirligining respublika hududidagi barcha tuman (shahar) Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari va Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan jami 750 nafardan ortiq masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 31-yanvari Maktabgacha taʼlim vazirligida Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha Operatsion rahbari janob Muhammad Almasoud boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha taʼlim vazirligi va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Maktabgacha taʼlim tizimida nodavlat sektorini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyiha va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Muhammad Almasoud Oʻzbekiston Respublikasi bilan turli yoʻnalishlarda, jumladan, maktabgacha taʼlim sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori ekanligini taʼkidladi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining strategik rivojlanishining ajralmas qismi boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish muhimligi ham qayd etib oʻtildi. Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim vazirligining 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish va maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʻpaytirish borasidagi muvaffaqiyatli faoliyati alohida eʼtibor qaratildi. Muzokaralar natijasida tomonlar joriy loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida birgalikdagi ishlarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil OS va TMZ harakati

OS-va-TMZ-harakati-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil Byudjetdan tashqari mablagʻlar harakati

Byudzhetdan_tashқari_mablaғlar_harakati-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil Byujet kassa ijrosi

Byudzhet-kassa-izhrosi-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil Kreditor qarzdorlik

Kreditor-қarzdorlik-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil Debitor qarzdorlik

Debitor-қarzdorlik-2-1

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil 4-chorak Balansi

Balans-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiya holatlarini oldini olish toʻgʻrisida” seminar tashkil etildi

Farғona-viloyati-seminar-1Скачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Request for Quotation No. ECD-RFQNC/1/1 Providing logistical and technical support for conducting trainings On Child-centered Approach to Teaching (Module 2)

Republic of Uzbekistan Promoting Early Childhood Development Project Request for Quotation No. ECD-RFQNC/1/1 Providing logistical and technical support for conducting trainings On Child-centered Approach to Teaching (Module 2) Date: January 21, 2022 To:      Interested companies Dear Sir/Madam, RE:     Providing of logistical and technical support for conducting trainings Government of the Republic of Uzbekistan has received financing from the World Bank toward the cost of the Promoting Early Childhood Development Project, and it is intended that part of the proceeds of this financing will be applied to eligible payments under the contract for which this Request for quotation is issued. Ministry of Preschool Education of the Republic of Uzbekistan which is responsible for management and coordination of the Promoting Early Childhood Development Project implementation invites you to submit your price quotation for Providing of logistical and technical support for conducting trainings in accordance with the Terms of Reference provided in the Annex 1. (can be found at the following link: https://drive.google.com/drive/folders/1I4huXB8iv5WH1OiQ7P1rkueNT5xp8yLH?usp=sharing). Quotations will be evaluated and contract awarded to the firm offering the lowest evaluated quote that meets all requirements of the Terms of Reference provided in Annex 1.Draft contract is provided for information purposes in Annex 2. (can be found at the following link: https://drive.google.com/drive/folders/1I4huXB8iv5WH1OiQ7P1rkueNT5xp8yLH?usp=sharing ).Your quotation should be addressed and submitted to: Ministry for Preschool Education of the Republic of Uzbekistan 17, Amir Temur Street, Tashkent 100070, Uzbekistan Attention: Mr. Dilshod Gafarov – Coordinator of the Promoting Early Childhood Development Project The Price quotation should be accompanied by the detailed description of proposed services and cost breakdown. The deadline for receipt of your quotation at the address specified in para 4 above is February 4, 2022, not later than 16:00 by Tashkent time. Quotations received by email before or on the deadline are acceptable. All documents have to be provided in Russian or English. Validity of the offer: Your quotation should be valid for a period of 30 days from the date of receipt for quotation(s) as indicated in Paragraph 6 of this Invitation to Quote. Further information can be obtained from: Attention: Mr. Dilshod Gafarov – Coordinator of the Promoting Early Childhood     Development Project Ministry of Preschool Education of the Republic of Uzbekistan Address: 17, Amir Temur Street, Tashkent 100070, Uzbekistan Phone: +99871 2070408 (ext.730) Email: procurement.ecdp@gmail.com Please confirm by fax/e-mail the receipt of this invitation and whether or not you will submit the price quotation. Sincerely, Dilshod Gafarov Project Coordinator Promoting Early Childhood Development Project

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun oʻquv kurslari tashkil etildi

2022-yil 14-22-yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirish, ularga metodik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish maqsadida “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari pedagoglari uchun «Ilm yoʻli” variativ dasturi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv kurslar Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahar filiali, Toshkentdagi Puchon universiteti, respublika oliy taʼlim muassasalari hamda pedagogika kollejlarining tajribali professor-oʻqituvchilari tomonidan masofaviy va anʼanaviy tarzda olib borildi . Qisqa muddatli oʻquv kurslarida respublikamizning barcha hududlaridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda pedagogika kollejlarida tashkil etilgan majburiy tayyorlov guruhlarining 3300 dan ziyod pedagoglari faol ishtirok etdilar. Oʻquv kursi davomida tinglovchilar “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablarining mazmun va mohiyati”, “Ilm yoʻli” variativ dasturining maqsadi, vazifalari va tamoyillari», “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarida umumiy guruhli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish”, “Ilm yoʻli” variativ dasturi asosida oʻqitishga yondashuvlar» kabi mavzular doirasida oʻz bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.

Вид сайта
Размер шрифта