Sayt test rejimida ishlamoqda

Hisobotlar
Maktabgacha ta'lim agentligi
IV chorak moliyaviy hisoboti

Жамланма МТВ 4 чорак ҳисоботи0.xlsx

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Balans 01.01.2023

2022 йил Баланс ҳисоботи.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xizmat safari xarajatlari xaqida ma'lumot 01.01.2023

Ўзбекистон_Республикаси_Мактабгача_таълим_вазирлиги_раҳбар_ходимларининг.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'tkazilgan tenderlar bo'yicha hisobot 01.01.2023

Жамланма МТВ 4 чорак ҳисоботи2.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tez eskiruvchi vositalar uchun tenderlar 01.01.2023

Жамланма МТВ 4 чорак ҳисоботи3.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
2022-yilning 4 choragi bo'yicha Byudjetdan tashqari mablagʻlar harakati

Бюджетдан ташқари касса харажатлари ҳисоботи.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko'chmas mulklar to'g'risidagi ma'lumot 01.01.2023 y.

Автомашиналар_хақида_маълумот_2023_йил_1_январь_холатига.pdf

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko'chmas mulklar to'g'risidagi ma'lumot 1.10.2022 y.

Автомашиналар_хақида_маълумот_2022_йил_1_октябрь.xls

Maktabgacha ta'lim agentligi
2022-yilning 9 oyi bo'yicha Byudjetdan tashqari mablagʻlar harakati

3_чорак_Бюджетдан_ташқари_молиявий_ҳисобот.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tez eskiruvchi vositalar uchun tenderlar 1.10.2022

Тез эскирувчи воситалар учун тендерлар.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'tkazilgan tenderlar bo'yicha hisobot 1.10.2022

2022 йилнинг III чорагида ўтказилган тендерлар.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xizmat safari xarajatlari xaqida ma'lumot 1.10.2022

Хизмат сафари 2022 йил 3-чорак.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish bo'yicha komissiya tarkibi

ДМТТлар учун жиҳозларни харид қилиш комиссияси таркиби.pdf

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xarajatlar smetasini bajarish bo'yicha hisobot 1.10.2022

3_чорак_Бюджет_молиявий_ҳисоботлари.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
III chorak moliyaviy hisoboti

Жамланма МТВ 3 чорак ҳисоботи.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Balans 1.10.2022

3-чорак молиявий ҳисоботи.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil II yarim yillikka moʻljallangan I Sh R e J A S I

ИШ РЕЖА-2022 (илова).docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlik balansi

Баланс.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Buxgalteriya hisobotlarini tuzish va tasdiqlash

2 шакл.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqida

Дебитор.pdf

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlik avtomashinalari

Автомашиналар_хақида_маълумот_2022_йил_1_июль_холатига.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbar xodimlarining 2022-yil 1-yarim yillik xizmat safari boʻyicha

Ўзбекистон_Республикаси_Мактабгача_таълим_вазирлиги_раҳбар_ходимларининг.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
2-chorak moliyaviy hisobot

Жамланма МТВ 2 чорак ҳисоботи.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etish boshqarmasining 2022-yil I-yarim yillik faoliyati natijalari toʻgʻrisida HISOBOT

Boshqarma tomonidan joriy yil tomonidan 6 oy davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha 2022-yil uchun “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha ishlab chiqilgan «Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar belgilanib, berilgan vazifalar ijrosi oʻz muddatida amalga oshirilib, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga maʼlumot taqdim etib kelinmoqda. 1. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 305-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Iqlim oʻzgarishining Oʻzbekistondagi oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta (2023-2025-yillar) muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil I yarim yillik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 25-mart “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 67-son buyrugʻi qabul qilindi. Buyruq bilan “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovlarini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Nizom tasdiqlandi.      Mazkur Nizomga asosan tanlov va koʻrgazmaning: davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari;          tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari;          hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi. 2022-yilning 27-aprel kuni vazirlik binosida komissiya aʼzolari ishtirokida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining Respublika bosqichiga maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan (14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar) rasmlarni saralash hamda I, II, III oʻrin gʻoliblari aniqlash maqsadida, “Xalqaro Yer kuni munosabati bilan «Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovining respublika bosqichi baholash mezonlari va ballari koʻrib chiqildi. Komissiya xulosasiga koʻra,  I, II va III oʻrin va oʻziga xosligiga koʻra turli xil nominatsiya gʻoliblari aniqlandi (roʻyxat ilova qilinadi). Joriy yilning 29-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan 34-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida rasmlar tanlovining Respublika bosqichi koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmada gʻolib va ishtirokchilar vazirlikning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Oʻtkazilgan koʻrgazma OAV va vazirlikning veb saytida yoritildi. 2. 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan va 1950-yildan beri bayram sifatida nishonlab kelinadi. Respublikamizda bolalarning sanʼat va madaniyatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy sanʼatga, badiiy ijodga boʻlgan qiziqish va eʼtiborini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tashabbusi bilan respublikamizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida   “Zaminda tinchlik - bizning qoʻlimizda” mavzusida bolalar rasmlari koʻrgazmasi tashkil etdi. Mazkur koʻrgazma joriy yilning 30-mayidan 2-iyun kuniga qadar “Yoshlar ijod saroyi”da oʻtkazildi. Koʻzgazmada maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari tomonidan chizilgan 280 dan ortiq jajji rassomlar tomonidan chizilgan rasmlar ishtirok etdi. Tarbiyalanuvchilar oʻzlarining ijod namunalari bilan ona zaminda tinchlik, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlarlar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Koʻrgazmaning ochilish marosimida Yunusobod tumanida joylashgan  304-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi. Koʻrgazma 2022-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan sammiti oldidan hamda Xitoyning Uxan shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro bolalar rasmlari koʻrgazmasida ham ekspozitsiya qilinadi. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagiPQ-5251-son qarori bilan tasdiqlangan Velosport turlarini 2021-2022-yillardarivojlantirish dasturining 6-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 30-sentabrdagi 190/1-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda maktabgacha taʼlim tizimida velosportni ommalashtirish dasturining 3-bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil 28-aprelda “Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafonini tashkil etish toʻgʻrisida” 100-son buyrugʻi qabul qilindi. Mazkur buyruq bilan Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafoni(keyingi oʻrinlarda - velomarafon)ni oʻtkazish boʻyicha Nizom (keying oʻrinlarda - Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlandi.          Nizomga asosan Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bolalar velomarafoni tashkil etildi. 4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda joriy yilning 13-iyun kuni Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Zukko bolajon!” loyihasi doirasida   “Zukko Bolajon” foto-albomi taqdimotiga bagʻishlangan, badiiy-musiqali bayram tadbiri oʻtkazildi. Loyihaning kelgusidagi asosiy maqsadi etib: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Zukko bolajon!” albomi asosida devoriy lavhalar bilan bezatish; “Zukko bolajon!” fotoalbomining taqdimoti va tavsiyaviy targʻibot ishlarini olib borish; “Zukko bolajon!” loyihasi doirasida milliy anʼanalari asosida bezatilmagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini devoriy surʼatlar milliy qadriyatlarimizga mos tarzda bezash boʻyicha mutaxassislar bilan hamkorlikda tavsiya ishlab chiqish belgilangan. 5. “Yangi Oʻzbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2022-yil 6-apreldagi 68 (590)-sonida “Bolalar bogʻchasi — ilk moslashuv davrasi”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qanday bezatilishi kerak?”, “Milliy ertaklar — oʻzlikka yetaklar”, “Nurota tajribasi nega ommalashtirilyapti?”, “Tarbiyachining oʻzi tarbiyalangan boʻlishi kerak” sarlavhali maqola chop etildi. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ning 2-bandiga muvofiq “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Maktabgacha taʼlim vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining «Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida «Shaxmat kunlar”ni oʻtkazib borish toʻgʻrisida» 2021-yil 27-apreldagi 69-son buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» 2022-yil 1-iyundagi 131-son buyrugʻiga hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqichi  joriy yilning 5-8-iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 12-16-iyun kunlari, viloyat bosqichi 19-22-iyun kunlari oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichi, viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida joriy yilning 28-iyun kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan. II. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori bilan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq vazirlik tizimida 2022-yil I-yarim yil rejaga asosan respublikada 1103 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiyaga jalb etilgan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida reja asosida 876 MTTlar jalb etildi, ulardan 55 MTTlar oʻtmadi deb etirof etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan may oyining bayonnomasi taqdim etilmagani sababli yanvar-aprel oylari natijalariga koʻra quyidagi tahlilliy maʼlumotlar aniqlandi. Jami yanvar-aprel oylarida 876 MTTlar jalb etilib, ulardan 773 (88,2%) MTTlar “oʻtdi” deb eʼtirof etildi. Jami “oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan 103 MTTlardan 48 (4,6%) MTTlar turli, oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻtmadi, 55 (6,2%) MTTlarga esa Nizomga muvofiq choralar koʻrildi. III. Oʻquv, metodik va didaktik materiallar bilan taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5144 Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oilaviy, nodavlat, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyojlarini tasdiqlangan manzilli roʻyxat asosida barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazildi. Oʻquv-uslubiy va didaktik materiallarni taʼlim-tarbiya jarayonida samarali qoʻllash boʻyicha hududiy masʼul xodimlar tomonidan kaskad usulida amaliy seminar-treninglar oʻtkazildi. MTTlarga zarur boʻlgan oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyoji aniqlanib, ular asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi qoshidagi axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi MCHJ ga oʻquv-didaktik materiallarni texnik topshiriqlar va maketlarini ishlab chiqish boʻyicha topshirigʻi berilgan. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda sport bilan shugʻullanishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish” oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi vazirlikning internet jahon axborot tarmogʻida rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. «Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk tasavvurlarlarini shakllantirish» nomli maktabgacha taʼlim tashkilot pedagoglari uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi tayyorlanib, nashrga tavsiya etildi.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oila va xotin-qizlarni tizimliqoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlaritoʻgʻrisida» 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoni bilan tasdiqlangan“2022 - 2026-yillarda xotin qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning   93-bandi ijrosi yuzasidan hamkor tashkilotlarning vakillaridan iborat ishchi guruhi shakllantirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarda oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni eʼzozlash kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan “Men va mening oilam” uslubiy qoʻllanmasi tayyorlandi.. 2-3 yosdagi maktabgacha taʼlim tashkilot tarbiyalanuvchilari uchun namunaviy taʼlim-tarbiyaviy dasturi va uni amaliyotda qoʻllash yuzasidan tarbiyachi pedagoglar uchun taqdimot materiallari seminar uchun tayyorlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Gretsiyaning “MM-publication» nashriyoti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 20 ming nusxa darsliklarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tilini oʻrganish uchun «Hi Kids! For Uzbekistan» toʻplami (Hi Kids! Studentʼs book, Hi Kids! Workbook va Hi Kids! Teacherʼs book) taqdim etildi va seminar-treninglar oʻtkazildi. Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tili pedagoglarining oʻquv yili yakuni boʻyicha fikr va hulosalari umumlashtirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ning 10-bandiga muvofiq «Maktabgacha yoshdagi bolalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalari boʻyicha savodxonligini shakllantirishga moʻljallangan turli koʻrgazmali va tarqatma materiallar tayyorlash» vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik mutaxassislari tomonidan “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga mufoviq oy mavzularida duch keladigan, kundalik muloqotda kam ishlatiladigan soʻzlardan tarkib topgan «Mening ilk izohli lugʻatcham» nomli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari uchun izohli lugʻatcha (rasmli-bezakli) ishlab chiqilib hulosa olish uchun mutaxassislarga yuborildi. IV. Xalqaro loyihalarda ishtroki “MELQO” «Maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimini ishlab chiqish va tadbiq etishga koʻmaklashish» loyihasi doirasida «Oʻzbekistonda bolalarni erta yoshdan  rivojlantirishni takomillashtirish loyhasi» orqali erta yoshdagi bilim sifati va natijalarini baholash (MELQO) vositalarini yakuniy koʻrinishga keltirish boʻyicha harakatlar rejasi, mazkur vositalar birlamchi sinovdan oʻtkazilib va milliy darajada joriy etish jarayoni boʻyicha loyihasi ishlab chiqildi. Instansiyaning 2021-yil 9-iyuldagi 2021-yil 27-iyuldagi 11-RA 2-4459-son koʻrsatmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va “Mehribonlik korpusi”ning Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida “Oʻzbekistonda taʼlim va bolalar ovqatlanishi uchun oziq-ovqatlar” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish boʻyicha uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida 2021-2024-yillarda “Mehribonlik korpusi” tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyati davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari shart-sharoitlarini yaxshilash uchun Kitobxonlik burchaklarini yaratish hamda jihozlash yuzasidan rejaga asosan tashkiliy ishlar davom etmoqda. “Bolalik akademiyasi”(www.bolakadem.uz)- raqamli platformasi yetakchi taʼlim sohasining ilgʻor mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, UNICEF va “Bilim makon” Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi hamkorligida yaratilgan qulay va moslashtirilgan raqamli platforma. Raqamli platforma uzluksiz taʼlimni qoʻllab-quvvatlash, anʼanaviy taʼlim tizimlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim sohasidagi pedagoglar va mutaxassislarga, shuningdek ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalarga yordam berish uchun moʻljallangan boʻlib mazmuniy jihatdan takomillashtirilib borilmoqda. 2021-yil 24-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston-Koreya biznes uyushmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan boʻlib, uning asosida Koreyaning EDULINK kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan S-board mobil ilovasi tanlanma asosida 2021-yil sentabr oyidan boshlab Bektemir tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (DTM) eksperimental (pilot) asosida joriy etildi va MTV mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiyalar asosida takomillashtish ishlari olib borilmoqda. V. Amaliy seminar-treninglar va oʻrganishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati , Toshkent viloyati, Namangan viloyatlarida oʻrganishlar olib borilgan boʻlib, kamchiliklari yuzasidan amaliy seminarlar oʻtkazilgan. Iyun oyida Taʼlim sifati jarayonini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hududiy masʼul xodimlari ishtrokida onlayn tarzda Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ZOOM yigʻilishi boʻlib oʻtdi. VI. Ijro intizomi boʻyicha 1. Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasiga http://mf.ijro.uz/ portali orqali 2022-yilning 6 oyi davomida jami 26 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning barchasini ijrosi belgilangan muddatda taʼminlandi. 2. Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasiga http://mf.ijro.uz/ portali orqali 2022-yilning 6 oyi davomida jami 479 ta hujjatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlarning 394 tasining ijrosi taʼminlandi. 85 ta hujjatlar ish jarayonida. Belgilangan muddatlarda ijrosi taʼminlanadi. 3. “app.ijro.uz” tizimi orqali jami 157 ta hujjatlar loyihalari kelishildi yoki ishlab chiqildi. Shundan 117 ta hujjatlar boshqarma boshligʻiga boshqarma xodimlari yoki boshqarma boshliqlari tomonidan kelishishga kiritilgan. Shu bilan birga boshqarma boshligʻi tomonidan 40 ta hujjat loyihasi ishlab chiqilgan (loyihalar raqamlari ilova qilinadi). 4. Ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga (project.gov.uz, app.ijro.uz va boshqalar) mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda 12 ta xulosalar tayyorlandi. VII. Muammolar 1. Boshqarmada ish hajmini koʻpligi, xususan jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha mutaxassis yoʻqligi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha 1 nafar mutaxassis shugʻullanayotganligi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Yechimi: Boshqarmada kamida 2 ta qoʻshimcha shtat ajratish va unga jismoniy tarbiya va sport boʻyicha hamda maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha  qoʻshimcha mutaxassislarni ishga qabul qilish. VIII. 2022-yilning ikkinchi yarmida rejalashtirilgan asosiy vazifalar. 1. Maktabgacha taʼlim tizimida “Anʼanaviy avgust kengashini” oʻtkazishda tegishli boshqarmalar bilan hamkorlik qilish. 2. 2022/2023 oʻquv yilida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun ishlab chiqilayotgan oʻquv-metodik va didaktik materiallarni ishlab chiqilishida Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan hamkorlik qilish. 3. Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini samarali tashkil etish boʻyicha tizimli seminar-treninglarni tashkil etish. 4. Maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʻyicha seminar oʻtkazish.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar

I. Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish yoʻnalishida. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan Nizomning 12-bobiga asosan xususiy sherik mulki negizida 4820 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida imtiyozli kredit mablagʻi talab etmaydigan 41 ta loyihalar bilan davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil10-iyundagi PQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hokimliklarning tavsiya xatlariga asosan, qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda umumiy quvvati 965 oʻringa moʻljallangan 9 ta DXSH asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan bitimlar imzolandi. Qarorga asosan respublikada umumiy quvvati 11 275 oʻringa moʻljallangan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilangan. Bugungi kunda 97 ta bitimlar imzolandi. Mazkur 95 ta loyihadan 25 foiz va undan yuqori qurilish ishlarini bajargan 75 ta loyihalar moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi va hududlarga biriktirilgan banklarga tavsiya qilingan. Qolgan 20 ta loyihadan 6 tasi kredit mablagʻlarini jalb qilmagan holda amalga oshirilmoqda. Moliyalashtirish uchun tavsiya qilingan loyihalarga biriktirilgan tijorat banklari tomonidan 17 ta loyihalarda bosqichma bochqich moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda (Surxondaryo viloyatida 7 ta, Qashqadaryo viloyatida 4 ta, Andijon viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida 1 ta, Jizzax viloyatida 1 ta va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 ta). Ushbu moliyalashtirilgan loyihalarning 5 nafari oʻz faoliyatini boshladi, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 ta, Buxoro viloyatida 1 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta, Jizzax viloyatida 1 ta va Fargʻona viloyatida 1 ta. Shuningdek, moliyalashtirishga tavsiya qilingan 55 ta loyihalardan 6 ta loyiha 3-chorak yakuniga faoliyatini boshlashi (Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Toshkent viloyatida 2 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta), qolgan 49 ta loyihalarida qurilish ishlari yil yakuniga qadar tugatilishi kutilmoqda. Shuningdek, oilaviy shakldagi bogʻchalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida 48 494 quvvatga ega 1 236 ta bitimlar imzolandi. 2022-yil 6 oy yakuniga koʻra 5060  quvvatga ega 46 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda 26600 quvvatga ega 760 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada, 31 660 ta qoʻshimcha quvvat (46 ta DXSH asosidagi NMTT va 760 ta oilaviy MTTlar) hamda 2924 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Bugungi kunda 115 ta loyihadan faqatgina 65 tasiga tijorat banklari banklar tomonidan kredit liniyalari ochilganligi maʼlum boʻlmoqda, yaʼni: Jizzax viloyatida Qishloqqurilishbank tomonidan 9 ta, Navoiy viloyatida Turon bank tomonidan 5 ta, Buxoro viloyatida Ipoteka bank tomonidan 9 ta, Qashqadaryo viloyatida Agro bank tomonidan 3 ta, Samarqand viloyatida Mikrokredit bank tomonidan 8 ta, Andijon viloyatida Xalq bank tomonidan 6 ta, Fargona viloyatida Agrobank tomonidan 5 ta, Toshkent viloyatida Aloqa bank tomonidan 2 ta, Qoraqalpogiston Respublikasida Sanoatqurilish bank tomonidan 2 ta, Xorazm viloyatida Milliy bank tomonidan 12 ta, Surxondaryo viloyatida Milliy bank tomonidan 3 ta, Sirdayo viloyatida Asaka bank tomonidan 1 ta. Shuningdek, Monitoring natijasida joriy yil uchun tarmoq jadvalida belgilangan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha Saudiya Taraqqiyot jamgarmasi (STJ) masʼul vakillari bilan bir necha bor muzokaralar olib borildi. Joriy yilning 13-iyun kuni birinchi 6 ta yuborilgan invoiclar uchun hech kanday eʼtiroz yoʻqligi va ushbu invoiclarga pul mablagʻlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi ijobiy xat qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 24-maydagi 07-1362-son xatiga asosan joriy yilning 27-may kuni Toshken shahar Uzekspomarkazi bonosida Yunusobod, Yashnobod, Shayxontoxur va M.Ulugʻbek tumanlari aholisi bilan Ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda Maktabgacha taʼlim vaziriligi qoshidagi injirining davlat korxonasi rahbari B.Qayumov, vazirlikning masʼul xodimlari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi va masʼul xodimlari, Yunusobod, Yashnobod, Shayxontoxur va M.Ulugʻbek tumanlari maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari va masʼul xodimlari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda11 nafar jismoniy va yuridik shaxslar murojaat etishdi, shulardan2 nafarining masalasi joyida xal etildi va amaliy yordam berildi, 2 nafar fuqaroning murojaati boʻyicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi, 7 nafarining murojaati nazoratga olindi. Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalari tarmogʻini kengaytirish yoʻnalishida quyidagi muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda: Respublikaning xar bir tumanida kamida 50 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlib, ularni nazorat qiluvchi xodimlar soni 1 nafarni tashkil etadi. Buning natijasida mavjud nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini faoliyatini oʻrganish uchun jismonan ulgurilmay qolmoqda. oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida xaqiqatda qatnayotgan bolalar nazoratini olib borishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda. qurilishi yakunlanmay qolayotgan MTTlarni oʻz vaqtida monitoringini yuritish orqada qolmoqda. Shuningdek, ushbu xodimlarning lavozim darajasi mutaxassis boʻlganligi sababli, xodimlarning oylik maoshiga kamligi xududlardagi xodimlar oʻrni vakantga aylanishiga sabab boʻlmoqda. 2020-yilda toʻliq moliyalashtirilgan 28 ta muammoli loyihalar boʻyicha talabnomalar yuborilgan. Ushbu loyixalar oʻz muddatida ochilmayotganligi sababli sudga daʼvo arizalari tayyorlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorida imzolangan bitimlarning 9 tasida 25 foizdan kam hajmda ish bajarilgan boʻlsa, 5 ta loyihada umuman qurilish ishlari boshlanmagan (Xorazm viloyatida 3 ta, Sirdaryo viloyatida 1 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta).   III. Yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar 1. Xududlarda umuman MTM boʻlmagan mahallalarda oʻrganish natijalariga asosan bitimlarini imzolash choralarini koʻrish. 2. Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarni tegishli davlat-xususiy sheriklik loyihalariga ajratilishini taʼminlash. 3. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyatini boshlamagan loyihalarni monitoringini olib borish va yil yakuniga qadar faoliyatini boshlashga koʻmaklashish.

Вид сайта
Размер шрифта