
Dustov Davron Zulxaydarovich — Sirdaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi
Dustov Davron Zulxaydarovich 1987-yil 25-noyabrda Jizzax viloyati Zomin tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, 2010-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2010-yilda Oʻzbekistondagi Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi(UNDP) Zomin internet resurs markazida koordinator-administrator lavozimidan boshlagan. 2012-2013-yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar Xalq taʼlimi muassasalarini faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimida oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruh rahbari lavozimida ishlagan.
2013-2017-yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar XTMFMTTEB tasarrufidagi 1-umumtaʼlim maktabida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari;
2017-2019-yillarda Sirdaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2019-yildan hozirga qadar Sirdaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.