Ochiq yig’ilishlarni o’tkazish rejalari
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan   Jamoatchilik kengashi vakillari hamda OAV vakillari bilan birgalikda tizimda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.  Jamoatchilik kengashining kun tartibidagi masalalardan biri - 2030 yilgacha bolalarni 100 foizgacha qamrab olish vazifasi qo‘yilganligi, ushbu ko‘rsatkichlar ta’lim sifati, yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishi, yangi DXSH va oilaviy bog‘chalar barpo etish bilan bog‘liqligi, 2023-yilning o‘zida 1600 ta DXSH asosidagi oilaviy bog‘chalar yaratilishi hamda  Davlat dasturining maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq, 2023-yil oxiriga qadar 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 74,5 foizga yetkazish rejalashtirilganligi haqida aytib o‘tildi. “Mamlakatdagi 2,9 million maktabgacha yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning 647 ming 655 nafari (90 foizi) 6 yoshli bolalar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bo‘lsa, 2023-yil yakuniga qadar  92 foiz 6 yoshli bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2025 yilga kelib 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 100 foizi boshlang‘ich maktabga majburiy bir yillik bepul tayyorgarlov guruhlariga qamrab olinadi” –deydi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin.  “Barchaga ma’lum 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qilindi, albatta ta’lim sohasida barcha sharoitlarning muhayyo bo‘lganligi juda yaxshi, lekin pedagog kadrlar salohiyati bu alohida mavzu” - deydi, ochiq muloqot davomida Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi – Sherzodxon Qudratxo‘ja.  Shuningdek, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 152 897 nafar rahbar va pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqda, ulardan 34,1 foizi (52 085 nafar) oliy ma’lumotli kadrlarni tashkil etayotganligi ma’lum qilindi.  Jamoatchilik kengashining vakillari tomonidan o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi va oshirilayotganligi ta’kidlandi.  Ochiq muloqotda agentlikning boshqarma va bo‘linma rahbarlari ishtirok etishib, OAV vakillarining sohaga oid barcha savollariga javob berishdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani

2022-yil 22-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. I. Maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlarning tahliliy maʼlumoti 2017-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ajratilgan mablagʻlarning (jami 2,0 trln.soʻm) YAIMdagi ulushi 0,7 foizni tashkil etgan boʻlsa,2021-yilda 7,3 trln.soʻm ajratilgan boʻlib bu koʻrsatkich 1,06 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi ulushi2017-yilda 4,46 foizni, 2021-yilda kelib 4,86 foizni tashkil etdi. 2017-2021-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 ming nafari, 2020-yilda 1 mln 700 ming nafari,(60,9 foiz) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga qadar qoʻshimcha 257 ming nafar (+ 8,5 foiz) bola qamrab olinishi hisobiga ularning soni 1 mln 957 ming nafarga (69,4 foiz) yetdi. Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga kirishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda. Joriy yil yakuniga kelib qamrab olingan 6 yoshli bolalar soni 589 ming nafarga (83,8 foiz) yetdi. 2017-yildagi 5 211 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari soniga nisbatan besh barobarga oshib, hozirda 28 012tani (2020-yilda 18 254 ta) tashkil etmoqda. Tizimga xususiy sektorning jalb qilinishi natijasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 250 tadan 21 600 taga yetdi. Jumladan, davlat-xususiy sherikchilik sohasidagi oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 19 672 taga yetdi. Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 56 foiz tarbiyalanuvchilari imtiyozli shartlarda ota-ona toʻlovini amalga oshiradi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishga 2,2 trln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi. Natijada maktabgacha taʼlimga jalb etilgan bolalarning 32 foizi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olmoqda. 2018-2021-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturlari doirasida1 424 ta (2021-yilda 199 ta) obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi natijada bolalar uchun qoʻshimcha 73 mingdan ortiq (2021-yilda 12 395) oʻrinlar yaratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan: “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi. BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida Namangan va Xorazm viloyatlarida8 ta maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etilib, jami 400 nafar bola qamrab olindi. Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 71 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi. Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha 141 mln (2021-yilda 43,6 mln) AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda sifatli taʼlim xizmatini koʻrsatish boʻyicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida jami 54 551 nafar talaba oʻqimoqda. Shundan, kunduzgi taʼlim shakli bilan bir qatorda 11 300 dan ziyod talabalarni qamrab olgan holda ilk bor sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari ham joriy etildi. 2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahrida Puchon universitetining (Janubiy Koreya) “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishida 1 198 nafar talaba, “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filialining Maktabgacha taʼlim sohasiga oid 298 nafar talaba tahsil olmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, 2021-yil yakunida esa 134 641 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21,6 foizdan 33,8 foizgacha (2021-yilda +2,1 foiz) yetkazildi. 2017-2021-yillarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 18 469 nafar rahbar, mutaxassis va pedagoglar malakasini oshirgan, 1 443 nafar nomutaxassis kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtgan. 50 mingdan ortiq rahbar, mutaxassis va pedagoglar uchun kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilingan. 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 55 ming dona “Ilk qadam” dasturi va davlat talablari, 122 ming komplekt didaktik plakat va kartochkalar, 2 mln 768 ming dona ish daftarlari, 12,5 ming komplekt mavzuli rejalashtirish toʻplami, 153 ming komplekt didaktik oʻyinlar, 475 ming dona bolalarni rivojlantiruvchi oʻyinchoqlar, 80 ming komplekt badiiy adabiyotlar, pedagoglar uchun 255 ming dona oʻquv va metodik qoʻllanmalar yetkazib berildi. Inklyuziv taʼlim tamoyillari va imkoniyati cheklangan bolalarga yordam koʻrsatishning yangi shakllari joriy etilmoqda. Jumladan, Nukus, Qarshi shaharlari va Qibray tumanida “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari joriy etildi. 2021-yilda barcha koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilititsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasini koʻrib chiqilib, ushbu tamoyillarni amaliyotga tatbiq etish va bolalarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar retsepti kitobi ishlab chiqildi. II. Maktabgacha taʼlim sohasida hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari. Birinchidan, respublikada 1,1 mingga yaqin MFYda maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud emas. Buning uchun: - har yilgi Investitsiya va boshqa dasturlar doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va boʻsh turgan obyektlarni rekonstruksiya qilish; - maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy qilish; - qurilishning muqobil shakllaridan foydalanish; - yangi qurilish uchun xorijiy grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish; - nodavlat sektorning sohadagi ulushini oshirish; - turar-joy binolarining birinchi qavatlaridan foydalangan holda yangi quvvatlarni yaratish ishlarini rivojlantirish. Ikkinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari pastligi kadrlar qoʻnimsizligini keltirib chiqarmoqda, shuningdek tajribali kadrlarni jalb etish imkoniyatlarini pasaytirmoqda. Maʼlumot uchun, oliy toifadagi tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,8 mln soʻmni; birinchi toifadagi 1,7 mln soʻmni; ikkinchi toifadagi 1,57 mln soʻmni va oliy maʼlumotli tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,45 mln soʻmni hamda oshxona oshpazining ish haqi miqdori 909 ming soʻmni tashkil etadi. Buning uchun: - maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari ish haqi miqdorini boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ish haqiga tenglashtirish; - maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish. Uchinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar ulushi atigi 33,8 foizni tashkil etadi. Oliy maʼlumotli kadrlar ulushini oshirish uchun: A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali va Toshkentdagi Puchon universitetida maktabgacha taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shaklini kengaytirish; A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Komanda pedagogov pod klyuch” loyihasini amalga oshirish; maktabgacha taʼlim sohasida kadrlarni fanlararo integrativ tayyorlash, bunda maktabgacha taʼlim yoʻnalishida universal kadr tayyorlashni, yaʼni har bir bitiruvchi ham tarbiyachi, ham musiqa rahbari, ham jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ham xorijiy til oʻqituvchisi kompetensiyasi bilan tayyorlanishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish; - Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlari zahirasini maqsadli oʻqitish kurslarini yoʻlga qoʻyish; - bakalavriatning nopedagogik taʼlim yoʻnalishlari bitirgan oliy maʼlumotli kadrlar uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslarini, musiqa, jismoniy tarbiya, xorijiy til yoʻnalishlarini bitiruvchilari uchun pedagogik qayta tayyorlash kurslari tarmogʻini kengaytirish. Toʻrtinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining salohiyati past, rahbar va pedagog kadrlarning professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning samarali tizimi mavjud emas. Buning uchun: - KOICA ning “Oʻzbekistonda kadrlarni tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish boʻyicha Kompleks markazni tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish; nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog kadrlarni malakasini oshirish, shu jumladan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish; - pedagog kadrlarni malakasini oshirishning koʻp ballik tizimga asoslangan uzluksiz, muqobil shakllarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish; - pedagogika kollejlari bazasida oliy taʼlim muassasalari ishtirokida tajriba-sinov tariqasida “Maktabgacha taʼlim klasteri” faoliyatini yoʻlga qoʻyish; pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish monitoringini olib borishning elektron axborot tizimini joriy etish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ochiq maʼlumotlar boʻyicha qoʻllanma

Soʻnggi yillarda davlat va jamiyat hayotini raqamlashtirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, Maktabgacha taʼlim vazirligi ham fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida rasmiy veb-sayt hamda data.egov.uz portaliga ochiq maʼlumotlarni doimiy joylashtirib bormoqda. Ochiq maʼlumotlar vazirlik saytining bir nechta ruknlaridan oʻrin olgan.  Bulardan eng asosiylari: Sayt menyusidan joy egallagan “Ochiq maʼlumotlar” ruknidir. Oʻz navbatida mazkur rukn ham 2 ichki, kichik ruknlarga boʻlinadi. Yaʼni, ochiq yigʻilishlarni oʻtkazish rejalari, byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlarda barcha uchun zarur boʻlgan hisobotlar, eʼlonlar eʼlon qilinadi. Shu bilan birga mazkur ruknning birinchisida Kengash yigʻilishlari haqida ham xabarlar berib boriladi.  Keyingi oʻrinda esa saytdagi “Faoliyat” ruknini ham aytib oʻtish kerak.  Unda vazirlikning ochiq hayʼat majlislari, gender tengligi, xalqaro hamkorlik, korrupsiyaga qarshi kurash, tanlovlar, tenderlar, hisobotlar, eʼlonlar, boʻsh ish oʻrinlari, tashqi qarz ruknlari mavjud. Oʻz oʻrnida bularning deyarli barchasi ochiq maʼlumotlarni oʻzida jamlagan.  Xususan, tanlovlar, tenderlar, hisobotlar, eʼlonlar, boʻsh ish oʻrinlari, tashqi qarz ruknlari orqali barcha uchun qiziqarli boʻlgan muhim yangiliklar eʼlon qilib boriladi. Shu bilan birga vazirlik ochiq maʼlumotlar portaliga ham doimiy maʼlumotlarni joylab boradi.  Portaldan vazirlik maʼlumotlarini topish uchun, avvalo, data.egov.uz ga kirib, asosiy menyuning yuqori chap tomonidan joy olgan tashkilotlar boʻlimiga kirish talab etiladi. Tashkilotlar roʻyxatidan vazirliklarni tanlash lozim. Shundan soʻng, navbatdagi roʻyxatdan “Maktabgacha taʼlim vazirligi”ni tanlaysiz. Undan 25 ta maʼlumotlar toʻplami joy olgan. Istalgan maʼlumotni qidirib topishingiz mumkin. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Veb-saytdan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi veb-saytiga tashrif buyurganda foydalanuvchilar hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun yetarlicha qulaylik yaratilgan. Xususan sayt barcha foydalanuvchilarga moslashtirilgan, dizaynda tanlangan ranglar sayt tuzish standartlariga mos. Saytning bosh menyusi 7 ta qismdan iborat: Vazirlik – vazirlik haqida, rahbariyat, markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, jamoatchilik kengashi haqida maʼlumot berilgan. Meʼyoriy hujjatlar - unda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident va VM qarorlari, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar kiritilgan. Faoliyat - vazirlikning ochiq hayʼat majlislari, gender tengligi, xalqaro hamkorlik, korrupsiyaga qarshi kurash, tanlovlar, tenderlar, hisobotlar, eʼlonlar, boʻsh ish oʻrinlari, tashqi qarz haqida maʼlumotlar berilgan. Taʼlim-tarbiya - davlat tilida ish yuritish haqida tavsiyalar, didaktik materiallar, elektron kutubxona, ota-onalar, pedagoglar, yoshlar siyosati MTVda, imkoniyati cheklangan bolalar uchun taʼlim joylashtirilgan.  Matbuot xizmati - press-relizlar, yangiliklar, OAV biz haqimizda, fotogalereya, video galereya rukni keltirilgan. Xizmatlari - bolani DMTTga joylash, Navbatni tekshirish, murojaatlar, koʻp beriladigan savollar, “Mening fikrim”, MTTlar xaritasi mavjud. Ochiq maʼlumotlar ruknida esa ochiq yigʻilishlarni oʻtkazish rejalari, byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlar joylashtirilgan.  Shuningdek, alohida “Hududiy boʻlinmalar” ruknida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytiga oʻtish havolasi qayd etilgan.  Bogʻlanish - vazirlik manzili, aloqa uchun telefon raqamlari, ish vaqti, joylashgan manzili berilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Videokonferensiya boʻlib oʻtdi

2022-yil 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarida yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlash masalalariga oid videokonferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati va markaziy apparat vakillari, respublikaning barcha viloyat boshqarmalari, shahar va tumanlar boʻlimlari rahbarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash uchun masʼul xodimlar ishtirok etdilar.    Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimlari S.Xodjayev va J.Mavlonov tomonidan murojaatlar bilan ishlashga oid meʼyoriy-huquqiy asoslar hamda maktabgacha taʼlim tizimida murojaatlar bilan ishlashni oʻrganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar toʻgʻrisida axborot berildi. Maʼlumot uchun, 2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 5764 tani tashkil etadi. 2021-yilda 2020-yilning shu davriga nisbatan murojaatlar soni 1874 taga oshgan. 2020-yilda kelib tushgan murojaatlarning 51,2 foizi qanoatlantirilgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 52,3 foizni tashkil etdi.   2021-yilda eng koʻp murojaatlar Toshkent shahridan 868 ta, Samarqand viloyatidan 554 ta, Toshkent viloyatidan 490 ta, Buxoro viloyatidan 479 ta, Namangan viloyatidan 457 ta, Qashqadaryo viloyatidan 457 ta va Jizzax viloyatidan 404 tadan kelib tushgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil uchun 7-Hay’at yig’ilishi

7-sonli-hayat-majlisi-bayoni

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil uchun 6-Hay’at yig’ilishi

6-sonli-hayat-majlisi-bayoni

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil uchun 5-Hay’at yig’ilishi

5-sonli-hayat-majlisi-bayoni

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil uchun 4-Hay’at yig’ilishi

hay’at

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil uchun 3-Hay’at yig’ilishi

hay’at-qarori-3

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil uchun 2-Hay’at yig’ilishi

hay’at-qarori-2

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil uchun 1-Hay’at yig’ilishi

hay’at-qarori-1-1

Вид сайта
Размер шрифта