Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro hamkorlik
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasi “QARLYGASH-2023” – “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi

Joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib “QARLYGASH-2023” – “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim: sifatni oshirish tajribasi va istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusidagi taqdimot  bilan ishtirok etdi.  Konferensiya doirasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tasarrufidagi “QARLYGASH” bolalar bog‘chasiga ish tajribasi bilan tanishish maqsadida tashrif uyushtirilib, ushbu muassasa direktori bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida bolalar markazi hamda yosh bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini boshqarish va joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon universitetida “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirish bo'yicha muzokara olib borildi

O‘zbekistan Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash va O‘zbekiston Respublikasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosida ko‘maklashish maqsadida Koreya Respublikasining Seul shahrida Puchon Universiteti va “Toshkent shahridagi Puchon Universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti qo‘shma korxonasi bilan “O‘zaro anglashuv Memorandumi” imzolangan bo‘lib, mazkur Memorandumdagi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlari bitiruvchilarini Toshkent shahridagi Puchon universitetining 2-bosqichida o‘qishini davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirishdir.      Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator amaliy ishlar davomi sifatida agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarda joriy etilgan dual ta’lim tizimi o‘zining ijobiy samarasi berayotganligi sababali, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilarni Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Natijaga ko‘ra, pedagogika kollejlarida ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birgalikda olib borish imkoniyatini beruvchi hamda ta’limning uzviyligini ta’minlaydigan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etadigan ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va oliy ma’lumotli yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat. Shu bilan birga, pedagogika kollejlarida faoliyat olib borayotgan maxsus fan o‘qituvchilari xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xanti-Mansiysk avtonom okrugi delegatsiyasining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

  Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (Rossiya Federatsiyasi) viloyat rahbariyati va ishbilarmon doiralar vakillaridan (zaxiradagi kadrlar) iborat delegatsiya uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, Maktabgacha ta’lim agentligi erishayotgan yutuqlarni o‘rganish va ular bilan yaqindan tanishish edi. Tadbir davomida Rossiya tomoni 2017-2023 yillarga mo‘ljallangan sohadagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng maktabgacha ta’lim sifatini, pedagog kadrlar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlar hamda xalqaro hamkorlik to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi, unda mehmonlar yangi “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi bilan tanishdilar. Tadbirning yakuniy qismida Rossiya tomoni o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berib, ularga javob olishga muvaffaq bo‘ldi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Приглашение к участию в торгах (Закупка строительных работ)

Представительство Корейского агентства международного сотрудничества (KOICA) в Узбекистане приглашает иностранных и местных участников на тендер для участия в проекте «Наращивание потенциала учителей дошкольного образования» (ECT) посредством создания Комплекса преподавания, обучения и развития (TLD) в Узбекистане Приглашение к участию в торгах.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qoraqalpog'istonda mahsulotlar ombori ko'zdan kechirildi

         Bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin Qoraqalpog'iston Respublikasidagi “Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning  “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini ko‘zdan kechirdi.          Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur dasturga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan boyitilgan kungaboqar yog‘i bilan ta’minlandi. Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta MTTga 3836,9 kg (1037 kanistr) kungaboqar yog‘i yetkazib berildi. Shuningdek, Nukus shahri, Beruniy va Ellikqal’a tumanlaridagi qo‘shimcha 128 ta DMTTga 6219,7 kg (1681 ta kanistr) kungaboqar yog‘i berildi.               Shuningdek, A.Shin omborga yog‘dan tashqari yetib kelgan oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy vositalarning sifati, hajmi, saqlanayotgan sharoitlari bilan ham tanishdi.          Bundan tashqari, bugungi kunga qadar 30 ta DMTTda oshxona jihozlari va mebel jihozlari holati baholandi. Ovqatlanish bloklarida mavjud asbob-uskunalar va mebellar ro‘yxati tuzildi, oshxona gaz plitalari uchun mavjud yoqilg‘i turlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, import gaz) to‘g‘risida ma’lumotlar to’plandi. Ular asosida esa  oshxona jihozlari va mebellarini sotib olish, qayta jihozlash uchun uskunalar, texnik shartlar tasniflandi. Mazkur tasnifga asosan jihozlarning bir qismi omborga yetib kelgan bo‘lib, DMTTlariga tarqatilmoqda.          Ayni paytda Maktabgacha ta’lim agentligi va Mehribonlik korpusi mutaxassislari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshpazlarining malakasini oshirish kursini tashkil etganlar. 2023-yil oxirigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta manzilli davlat ta’lim muassasalarining oshpazlari uchun malaka oshirish kursi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.          Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamkorligida 27-iyul 2021-yilda imzolangan memorandum asosida ish yuritib kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA TRENING KURSLARI O'TKAZILMOQDA

2023-yilning 16-21 oktabr kunlari Nukus shahrida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekistonda “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida “Mehribonlik korpusi” (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlaridagi maqsadli DMMTidan jamlangan 75 nafar pedagoglar uchun “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida besh kunlik trening kursini o‘tkazdi.    Ushbu o‘quv kursining asosiy maqsadi maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish bo‘yicha pedagogik metodikalarni, bola shaxsiga yo‘naltirilgan differensial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish, bolalarda ratsional, xilma-xil ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha DMTT pedagoglarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hisoblanadi.  O‘zbekistonda “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 100 ta maqsatli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu dastur maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasini yaxshilash, bolalarning ilk yoshidan savodxonligini, sog‘lom turmush tarzi va gigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha DMTT pedagoglari, tibbiyot hamshiralari, oshpazlarni malakasini oshirish va pedagoglar uchun murabbiylik yoki mentorlikni amalga oshirish singari qator maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik #MELQO

Ilk bor O‘zbekistonning barcha hududlarida 2023-yil 9-oktabr kunidan boshlab “MELQO” xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlandi.  Tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi, baholash va ma’lumotlarni to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich 2024-yilda boshlanadi, bunda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinadi. MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.  Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.    

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

5-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushes xonim o‘rtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.  Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Fransiya tomoni bilan avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish masalalarini muhokama qilishdan iborat edi. Xususan, Frantsiya tajribasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, innovatsion oʻyin texnikasiga oʻrgatish, raqamli texnologiyalar va boshqa oʻqitish usullaridan foydalanishni nazarda tutuvchi yoʻnalishlar haqida soʻz yuritildi. Uchrashuvda fransuz tomonining maktabgacha yoshdagi bolalarni rus, ingliz, koreys va xitoy kabi mavjud chet tillari bilan bir qatorda fransuz tili o‘quv dasturini ishlab chiqishda ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, kun tartibida inklyuziv ta’lim uchun kadrlar tayyorlash sohasida Fransiyaning muvaffaqiyatli tajribasini birgalikda joriy etish masalasi ko‘tarildi. Tomonlar bu yo‘nalishda o‘zaro ishni boshlashga kelishib oldilar. Tomonlar tegishli fransuz tashkilotlarini jalb qilgan holda uch tomonlama formatda keyingi uchrashuvlarni tashkil etishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha "Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning  “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining birinchi o'rinbosari F.Boboyev ko‘zdan kechirdi. Tashrif jarayonida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi hamda Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda  amalga oshirilayotgan “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik Korpusining Surxondaryo viloyatidagi filliali direktori D.Yangiboyev hamda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasining oziq-ovqat bo'limi boshlig’i A.Ashurovlar bilan birgalikda davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini ko'zdan kechirishdi.  Birinchi o'rinbosar tomonidan omborxonada saqlanayotgan 3 turdagi (o'simlik yog'i, guruch, un) mahsulotlarini ko'zdan kechirish jarayonida, mazkur mahsulotlarning tegishli tashkilotlar tomonidan sertifikatlanganligi va  ularning saqlanishi to'liq davlat standartlari asosida ekanligini ta'kidlab o'tdi. Ma'lumot o'rnida, Xalqaro Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamkorligida 27-iyul 2021-yilda imzolangan memorandum asosida ish yuritib kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.  Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. 19-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shinning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasi direktori janob Shin Myong Sop bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning jarayonlarini muhokama qildilar. Koreya tomoni “Toshkent shahrida Pedagogik kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish integratsiyalashgan markazi va Koreya modeli bo‘yicha innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi doirasida binolarni loyihalash yakunlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish yo‘lida qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni loyihaning har ikki davlat uchun muhimligini qayd etib, KOICA vakolatxonasiga o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Ayni kunlarda maktabgacha ta’lim agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birgalikda “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish” (2023-2025 yillar) dasturi bo‘yicha maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha hududlaridan jami 18 nafar maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslarida o‘qimoqda.  Mazkur o‘quv tadbirlari davomida mahalliy mutaxassislar maktabgacha ta’lim sohasida Koreya modelining zamonaviy tendensiyalari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek, mamlakatimizdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  tarbiyalanuvchilarga yo‘naltirilgan muhitni yaratish bo‘yicha bilimlarini oshiradilar. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ushbu dastur so‘nggi 3 yil davomida Koreya tomonidan amalga oshirilib, buning natijasida respublikamizning 90 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim xodimlari qamrab olindi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

19-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shin Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat yurituvchi, Jahon bankining ta'lim sohasidagi global amaliyoti rahbari Rita Almeyda xonim boshchiligidagi Jahon banki missiyasi bilan uchrashdi. Missiyaning asosiy maqsadi - O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasidagi joriy va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish. Rita Almeyda xonim "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi Jahon bankining O'zbekistondagi loyihalari portfelida amalga oshirilishini baholash bo'yicha birinchi o'rinni egallashini ta'kidladi. Uchrashuv davomida tomonlar mablag'larni o'zlashtirish bo'yicha hisobotlarni, bajarilgan ishlarni, shuningdek joriy vazifalarni amalga oshirish holatini muhokama qildilar. Ma'lumot uchun: "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi 2019-yildan 2024-yilgacha davr uchun mo'ljallangan bo'lib, asosan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 59,5 mln. AQSh doll. kredit mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan beshta komponentga bo'lingan. Taklif etilayotgan loyihani birgalikda moliyalashtirish maqsadida quyidagi ikkita grant tasdiqlandi: (I) Ta'lim sohasida Global hamkorlik granti (TGH) Moliyalashtirishni to'ldirish jamg'armasi mablag'laridan 9,5 mln. AQSh doll.; va (II) Moliyalashtirishga asoslangan yondashuvlar bo'yicha Global hamkorlik granti (MAYBGH) 4,85 mln. AQSh doll. miqdorida, natijada jami mablag 73,85 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihaning maqsadlari quyidagilardan iborat: erta yoshda ta'lim olishga bo'lgan imkoniyatni yaxshilash, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim muhiti sifatini oshirish va asosli qarorlar qabul qilish uchun ta'lim sifatini tizimli ravishda nazorat qilish imkoniyatlarini yaratish. O'zbekiston tomoni maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha kompleks rivojlantirish bo'yicha takliflar to'plamini taqdim etdi, uning asosi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida" gi PF-158-sonli farmonida aks etgan tashabbuslari qabul qilindi. Xususan, yuqoridagi vazifalarga samarali erishish uchun hamkorligimizni oshirish maqsadida quyidagi istiqbolli yo'nalishlar taklif etildi: 1) maktabgacha ta'limning muqobil shakllari sonini ko'paytirish orqali maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyatini oshirishda hamkorlik qilish; 2) MTTlarda kompyuter sinflarini tashkil etish, xususan, zarur uskunalar bilan jihozlash bo'yicha hamkorlik; 3) zamonaviy sanitariya-gigiyena tizimini tashkil etishda, shuningdek, MTTlar o'rtasida suv ta'minoti tizimini takomillashtirishda hamkorlik. Tomonlar, shuningdek, o'qituvchilarning malakasini oshirish (shu jumladan nodavlat sektorda ham), o'quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, didaktik materiallar ishlab chiqarish hajmini oshirish (shu jumladan didaktik materiallar to'plamini raqamli mahsulotlar bilan to'ldirish), MTTlarni boshqarish bo'yicha bo'yicha "EMIS" (hozirgi "Bolalar Bog'chasi") axborot tizimini takomillashtirish kabi tarkibiy qismlarni amalga oshirish masalalariga ham e'tibor qaratdilar. Uchrashuv yakunida Rita Almeyda xonim tomonidan maktabgacha ta'limni rivojlantirishga qaratilgan barcha takliflarning ahamiyati qayd etildi. Bundan tashqari, missiya rahbari qo'shma loyihalarni yanada rivojlantirishga to'liq tayyorligini bildirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkentda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish mavzusidagi trening o'z ishini boshladi

Bugun Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish mavzusidagi trening o'z ishini boshladi. Unga ko'ra, trening kursining kun tartibi quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi: 1-kun mavzusi: Katta yoshdagi auditoriyani o‘qitish, treningni samarali o‘tkazish va maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun mentorlik (murabbiylik) qilish; 2-kun mavzusi: Pedagoglarga "Ilk Qadam" davlat o‘quv dasturi asoslarini o‘qitish; 3-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk yoshidansavodxonlikni rivojlantirish metodlarini o'rgatish; 4-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarning sog’lom jismoniyrivojlanishi va sog’lom turmush tarzi uchun ratsional ovqatlanish tamoyillarini o‘rgatish; 5-kun mavzusi: Maktabgacha yoshdagi bolalar sog’lom turmush tarzi amaliyoti vagigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish tamoyillarini pedagoglarga o‘rgatish; 6-kun mavzusi: Birinchi yordam ko‘rsatish. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozishmalakalarini rivojlantirish pedagogik metodikalarni, bolalarning ratsionalovqatlanish,va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish yondashuvlarni, bolashaxsiga yo‘naltirilgan differentsial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish bo‘yichatrenerlarning nazariy va amaliy kompetensiyalarni oshirish va ularni mustaqil samaralitrening va murabbiylik o‘tkazishga tayyorlashdan iboratdir. Eslatib o'tamiz: Loyiha  AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi,  Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistondagi Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda "Ko'p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi o'quv-treningga start berildi

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamkorligida Yevropa ittifoqining moliyaviy ko‘magi asosida "Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasini amalga oshirish yuzasidan 10-14-sentyabr kunlari Termiz shahrida "Ko'p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi o'quv-amaliy treningga start berildi.  Ushbu treninglar UNICEF hamda Yevropa ittifoqi hamkorligida viloyatdagi afg'on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta'lim uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlarda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.  5 kun davom etadigan trening jarayonlarida viloyatdagi inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlar mavjud bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagoglari ishtirok etib, malakali xorijlik trenerdan yangi bilimlarni o'rganish barobarida qizg'in va noodatiy tarzda kechgan mashg'ulotlar orqali o'zaro tajriba almashishmoqda. Eslatib o'tamiz: Ushbu loyiha 2022-yilning sentyabr oyida o'z faoliyatini boshlagan edi.  Loyiha haqida batafsil ma'lumotlar - bu yerda: https://t.me/mdokanal/9178 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro hamkorlik doirasida tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan keng foydalanishni ta’minlash loyihasi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Loyihani amalga oshirishda tashkil etiladigan 10 ta innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlarning faoliyati uchun hududiy hokimiyat organlari tomonidan joylar bilan taʼminlash va xodimlarga mahalliy byudjet hisobidan ish haqini toʻlash hamda Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ushbu guruhlarni tashkil etish uchun ajratilgan boʻsh xonalarni taʼmirlash, ularni kerakli boʻlgan jihozlar, oʻquv-didaktik material va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash hamda ushbu guruhlarda faoliyat yuritadigan pedagog xodimlarini oʻqitish koʻzda tutilgan. Shuningdek, loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida Surxondaryo viloyatidagi afg‘on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta’lim uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan muqobil guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, loyihada belgilangan mezonlar asosida Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlari tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2023-yilning 10 -14-sentyabr kunlari Termiz shahrida “Ko‘p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar” mavzusida o‘quv-amaliy trening o'tkazilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oyi davomida UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi  ta’lim bo‘limi xodimlari, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuv davomida viloyatda loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar kelishib olinib, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashklilotlariga tashrif buyurilib ko‘zdan kechirildi. Tashrif  doirasida loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va metodistlari, hamda tarbiyachilari bilan suhbat o'tkazilib,  ota-onalar va mahalla vakillari, jumladan afg‘on jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tgan edi. Shiningdek, uchrashuvda yig’ilganlarga viloyatda Afg‘onistonlik maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot berilib, ustuvor vazifalar belgilangan.  Ma’lumot uchun, loyiha 2022-yil 8-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida loyihaning boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi,  Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Unga ko‘ra loyiha 2023-yilning yakuniga qadar davom etadi. Loyiha doirasida mahallalardagi bolalar, yoshlar, oilalar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish maqsad qilingan. Ijtimoiy xizmat xodimlarining salohiyatini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. YUNISEF  (https://t.me/unicefuzbekistan) faoliyatida dunyo bolalarining huquq va farovonligi ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish uchun jahonning 190 mamlakati va hududlarida faoliyat olib boradi. Bu bilan ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan, alohida etibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlarini ilgari suradi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Osiyo-Tinch okeani xalqaro hamjihatlik ta'lim markazi (ingl. APCEIU) direktori bilan uchrashuv

Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifning so'nggi kunida A.Shin Osiyo-Tinch okeani xalqaro hamjihatlik ta'lim markazi (ingl. APCEIU) direktori janob Lim Xyon Muk bilan uchrashdi. Kun tartibidagi asosiy masala Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali mintaqaviy markaz tashkil etishda  APCEIUning konsultativ ko'magi haqida bo'ldi. Uchrashuv davomida janob Lim 2000-yilda  APCEIU tashkil etilish tarixi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, tashkiliy tuzilma, moliyaviy siyosat, loyihalar, xalqaro hamkorlik va global miqyosda ilgari surilgan tashabbuslar haqida to‘liq ma’lumot berdi. APCEIU direktori O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U, ayniqsa, Toshkent deklaratsiyasining muhimligini va u kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’limni isloh qilish yo‘lida ko‘rsatma va strategiyalar to‘plami ekanligini, Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi esa O'zbekiston Respublikasining kuchli siyosiy irodasiga dalil ekanini alohida ta’kidladi.  APCEIU YUNESKOning dunyodagi yetakchi mintaqaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Osiyo-Tinch okeani tashabbuslari va boshqa mintaqaviy, xalqaro va global ta'lim sa'y-harakatlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini targ'ib qilish va mustahkamlash,  xalqaro hamjihatlik va global fuqarolik sohasida falsafa, o'qitish usullari va o'quv dasturlari bilan bog'liq tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshirish bo'yicha 23 yildan ortiq tajribaga ega. Uchrashuv so‘ngida janob Lim Xyon Muk markaz bo‘limlari va xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mehmonlarni markaz bo‘ylab ekskursiyaga taklif qildi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan, taʼlimni rivojlantirish va BRM-4ga erishishga hissa qoʻshish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro forumda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktori nutq so'zladi

Joriy yilning 24 avgust kuni Puchon shahrida "Puchon universiteti - O'zbekiston bilan o'zaro hamkorlikni kengaytirish hamda birgalikda yuksalish uchun salohiyatni mustahkamlash boʻyicha Global forum” o'tkazildi. Tadbirda 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, gubernatorlar hamda mahalliy hokimlar ishtirok etdi. Forumda Puchon universiteti prezidenti Xan Chon Sok, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin , Kyongido provinsiyasining 1-vitse-gubernatori – O Byon Gvon, Puchon shahri meri - Song Je Xvan, Chaseng tibbiyot fondi raisi -Shin Min Sik  tabrik so'zlari bilan chiqish qildilar. A.Shin o‘z nutqida so‘nggi 6 yil davomida maktabgacha ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar haqida so'zladi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining bu boradagi muvaffaqiyatli hamkorligiga aniq misollar keltirdi. Shu bilan birga, Agentlik direktori forum ishtirokchilariga Toshkent shahridagi Puchon universiteti innovatsion tipdagi universitetga aylangani va kadrlar, ilmiy-uslubiy va axborot-texnologiya vositalari orqali pedagoglar ta’limi milliy tizimini rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumot berdi.  A.Shin o‘z nutqida, shuningdek, 2022-yil 14-16-noyabrda Toshkent shahrida “Kichik yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish bo‘yicha ikkinchi jahon konferensiyasi” bo‘lib o‘tganligi, uning maqsadi barcha bolalarning ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini tasdiqlash, kichik yoshdagi bolalarga sifatli ta'lim va tarbiya berish, shuningdek, uni uzluksiz ta'lim va rivojlanishning muhim asosi sifatida e'tirof etish, kichik bolalar bilan bog'liq Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda a'zo mamlakatlarning yutuqlarini baholash, ilg'or tajriba va innovatsiyalar almashinuvi, ustuvor vazifalar va strategiyalarni aniqlash,  erta bolalik ta'limiga investitsiyalarni ko'paytirishdan iborat ekanligini ta’kidladi. O‘z so‘zini yakunlar ekan, A.Shin ikki davlatning muvaffaqiyatli kelajagi faqat strategik sheriklik va ittifoq ruhidagi  yaqin hamkorlik asosida bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
JANUBIY KOREYANING PUCHON UNIVERSITETIGA TASHRIF

       A.Shin boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Janubiy Koreyaga tashrifining 3-kunida Puchon universitetida bo'ldilar.         Puchon universitetiga 1958-yil Xan Hang Gil tomonidan texnika maktabi sifatida asos solingan. Hozirgi kunda universitet hududida ikkita kampus joylashgan: asosiy bino va Koka kampusi. Universitet prorektorlari delegatsiyani 3 ta - Kosmetologik parvarish va dizayn, Aviatsiya xizmati, Sog'lom ovqatlantirish yo'nalishlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar. Har bir yo'nalish bo'yicha o'quv jihozlari mukammal ta'minlangan bo'lib, talabalar amaliyotda sinab ko'rishlari uchun mo'ljallangan.         Tomonlar bilan muloqot davomida kelgusida Toshkent shahridagi Puchon universitetining filialida  Kosmetologiya va Sog'lom ovqatlantirish fakultetlarini ochish rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi.       Ma'lumot uchun, Toshkent shahridagi Puchon universitetida talabalar Maktabgacha ta’lim, Arxitektura, Koreys tili va menejment, Dietologiya va nutritsiologiya, Axborot texnologiyalari, Elektron biznes, Multimedia va o’yin kontenti yo'nalishlari bo'yicha tahsil olmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv

Maktabgacha ta’lim agentligida AQSH qishloq xo‘jaligi agentligining “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.   Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.V. Shin “Mercy Corps”ning O'zbekistondagi vakillari bilan mazkur dasturni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.   Suhbat davomida vakillar bugungi kunga qadar loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sanitariya-gigiyena obyektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi,  suv filtrlash uskunalari o‘rnatildi. Kelgusida, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yana 234 ta DMTTda ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani ma’lum qilindi.    AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligining 160 ta DMTTni oziq-ovqat bilan ta'minlash komponenti doirasida mamlakatga 20 tonna kungaboqar yog'i, 80 tonna bug'doy uni, 40 tonna no'xatdan iborat gumanitar yuk keladi.   Shunigdek, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oshpazlar tayyorlash markazini ochish va belgilangan muddatlarda zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi. Eslatib o‘tamiz, “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” ni amalga oshirish bo‘yicha memorandum 2021-yil 27-iyulda imzolangan. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
PROFESSIONAL FAOLIYATGA ILK QADAMLAR

Kuni kecha Toshkent shahridagi Puchon universitetida bakalavriat yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil talabalar universitetni "Maktabgacha ta’lim" (141 nafar), "Menejment va koreys tili" (85 nafar), "Arxitektura" (86 nafar) yo'nalishlari bo'yicha muvaffaqiyatli tamomladilar. Bitiruvchilarni tabriklash uchun tadbirga ko‘plab oliy martabali mehmonlar - Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Xi Sang,  elchixonaning ta'lim bo'yicha birinchi kotibi Pek Seung Xi, Toshkentdagi Sejong instituti direktori Xo Song Xyun, Maktabgacha taʼlim agentligi direktori  Agrippina Shin, direktorning birinchi o'rinbosari Farruh Boboyev hamda o'rinbosar Oyatillo Rahmatillayev,  Koreya madaniyat markazlari uyushmasi raisi, Oliy Majlis deputati Viktor Pak, A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori Sergey Barchenko tashrif buyurishdi. Tantanavor va ko'tarinki ruhda o'tgan marosimda mehmonlar o'zlarining hayotiy va kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, O‘zbekiston Respublikasining jahon miqyosida rivojlanish istiqbollari haqida so'z yuritdilar.   Iqtidorli talabalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagoglar uchun seminar-trening o'tkazildi

O'zbekistonda o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish orqali erta ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlash   Expert va Master trenerlarni tayyorlash Dasturi   Aralash ta'lim yondashuvidan foydalangan holda O’yinga asoslangan ta’lim Modul  Ushbu 5 kunlik (40 soat) maqsadli yo’naltirilgan amaliy mashgulotlarda ishtirok etish orqali ishtirokchilar o'yinga asoslangan ta’lim modulini joriy qilish boyicha aralash ta'lim yondashuvidan foydalanishni o’rganishga muvaffaq bo’ladilar (Erta ta'lim sifatini oshirishda o'qituvchilarni kasbiy malakasini oshirish dasturining 1-moduli).  Besh kunlik trening yakunida ishtirokchilar qodir buladi     :  ·         Erta ta'lim tizimlarida sifatning asosiy xususiyatlarini va maktabgacha tarbiyachilarning ushbu sifat maqsadlariga erishishdagi rolini tavsiflash. ·         Sifatli erta ta'lim xizmatlarining negizida aynan bolaga yo’naltirilgan ta’lim tajribalari muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish. ·         O'yinga asoslangan pedagogika bolalarga yo'naltirilgan amaliyotlarda juda muhimligini tushuntirish. ·         O'yinga asoslangan pedagogika nima ekanligini va u bolalarning o'qishi va rivojlanishini qanday qo'llab-quvvatlashini aniqlash. ·         O'yin orqali o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun rag'batlantiruvchi tadbirlarni tavsiflash va namoyish etishga muvaffaq boladilar.   Quyidagi ko'nikmalarni rivojlantirgan holda ular:   ·         Hududiy darajadagi murabbiylarni tayyorlash maqsadida tumanlarda o'qituvchilarini o'qitish va qo’llab quvvatlagan holda aralash ta’lim, jumladan yuzma-yuz va onlayn o'qitish yondashuvi (Moodle yordamida) va qo’shimcha vositalar (telegram, zoom, google hujjatlar) yordamida 1-Modul bo’yicha o'yinga asoslangan ta’lim treningni fasilitatsiya[1] qilish ya’ni maqsadli yo’naltirilgan holda amalga oshiradilar. ·         Dasturning samarasi va sifatli natijalarga ega bo’lishda trening ishtirokchilariga samarali usullardan foydalangan holda murabbiylik va mentorlik yordamini taqdim etish (yuzma-yuz yoki onlayn) hamda O'qituvchilarni ta’lim doiralarini tashkil etishga (tuman darajasida) rahbarlik qiladilar va kasbiy (tengdosh) ta'limni rag'batlantirib qo'llab-quvvatlaydilar. ·         O'qituvchilarning doimiy o'sishi va rivojlanishi uchun o'z ustida ishlash amaliyotini rag'batlantirish.   Birinchi kun: o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish fasilitatsiya ko'nikmalarini rivojlantirish yuli bilan.  Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: ·         Kattalar ta'limining yondashuvlari va tamoyillari. ·         Ta’lim tsiklini haqida tushuncha hosil qilish (tajriba va reflekslar) ·         O'yinga asoslangan ta'lim va o'quvchiga yo’naltirilgan amaliyotni modellashtirish. ·         Yoshi katta tinglovchilar uchun samarali o'rganishga yo'naltirilgan muhit yaratish. ·         O'qituvchilarning amaliy ko’nikmalarini kuchaytirish maqsadida murabbiylik, mentorlik va o'qituvchilar to'garaklaridan foydalanish. ·         Texnik vositalarni o'rganish va ulardan foydalanish.  Ikkinchi kun: Erta ta'lim sifati va o'yinga asoslangan pedagogikaga kirish (nazariy asos)  Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: ·         Erta ta’limda sifatning ahamiyati qanday? ·         Erta ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlashda o'qituvchining ro’li ·         O'yinga asoslangan ta'lim nima va nima uchun sifatni o'rganish muhim? (Uning asosiy tamoyillari nima?) ·         O'yinga asoslangan fikrlashni joriy qilish (qanday qilib o'rganish va o'qitishni qayta ko'rib chiqishimiz mumkin) ·         O'yin doirasi va u o'qituvchi amaliyoda nimani anglatishini o'rganish. ·         O’yinga asoslangan ko'rsatkichlarni o’rganish va Ilk Qadam  Uchinchi kun: O'yinga asoslangan pedagogika va uning amaliyoti haqidagi bilimlarini concepciya:   o'yinga asoslangan pedagogikadan bilimlarni chuqurlashtirish va amalltiyotda bajarish  Bu erda yoritilishi kerak bo'lgan asosiy mavzular: • O'yinning asosiy tushunchalarini o'rganish va tajriba qilish. • O'yin spektrini va bu o'qituvchi amaliyoti uchun nimani anglatishini o'rganish. • O'yinga asoslangan ko'rsatkichlarni va Ilk Qadamni o'rganish. • Maktabgacha ta'lim muassasasida o'yin o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun darslarni loyihalash. • Sohada amaliyotga tatbiq etish va o'qitishga tayyorgarlik ko'rish uchun Play Boxes va ularning mazmuni orqali ishlang. To'rtinchi kun: Modulni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun turli ko'nikmalar  Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: ·          Bolalarning o'rganishi uchun  scaffolding mahoratini mustahkamlash. ·         Bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash: o‘yinga asoslangan ta’lim nazariyasini Ilk Qadam dasturga qo‘llash. ·          O'sish va o'rganishni rag'batlantirish uchun murabbiylik siklini qo'llash. ·         O'yinga asoslangan ta'lim uchun guruhlarda va tashqi muhitdan foydalanishni rag'batlantirish. ·         O'yinni rag'batlantirish uchun kundalik buyumlar va materiallardan foydalanish. ·         Bolalarning ta'lim yutuqlarini o'lchash va baholash. ·         Sohada amaliyotga tatbiq etish va o'qitishga tayyorgarlik ko'rish uchun Play Boxes va ularning mazmuni orqali ishlang.   Beshinchi kun: bilimlarni va kunikmalarni birlashtirish – amalga oshirishga tayyorgarlik.   Bu kun mashqlarga qaratilgan.  Ishtirokchilar so'nggi to'rt kun ichida o'rganganlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.  Topshiriqlar qisqa taqdimotlar qilish, shuningdek, simulyatsiya qilingan muhitda o'yin jarayoni orqali o'rganishni o'z ichiga oladi.  Ushbu tadbirlar baholanadi va ularni mutaxassis va katta murabbiy sifatida umumiy tayyorgarliklarining ajralmas qismi hisoblanadi.                                  Amaliyotga kirishga tayyorlanish. Ishtirokchilar amaliyotga kirganda, rivojlantirilgan ko’nikmalarni qanday qilib tadbiq qilish va barcha vositalarini tayyorlashni aniq bilishlari uchun ro'yxatlar va manbalarni tayyorlaydilar.   Qo'shimcha ta'limni qo'llab-quvvatlash:   ·         Murabbiylik va mentorlik: yuzma-yuz mashg'ulotlardan tashqari, ishtirokchiga yakkama-yakka murabbiylik va mentorlik qilish imkoniyati taqdim etiladi. Bu ularga ta'limni chuqurlashtirish va amaliyotini mustahkamlash imkoniyatini beradi.  ·         Onlayn platformaga kirish va undan foydalanish: o'quv natijalarini qo'llab-quvvatlash va ishtirokchilarni aralash ta'lim yondashuvining barcha vositalari va mazmuni va o'yin orqali o'rganish moduli bilan tanishtirish uchun ular o'quv dasturi davomida Moodle platformasiga jalb qilinadilar.  Har kuni platforma orqali ishlash uchun bir soat ajratiladi.  Bu jarayon ularning bilimlarini kuchaytirgan holda, ularni platformaning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtiradi.  [1]Ishtirokchilarning Murabbiy nazorati ostida har bir modul boyicha o’quv dastur vazifalarini mustaqil ravishda bajarib, belgilab berilgan ta’lim resurslaridan foydalanishlari mumkin bolgan ish jarayoni. Bunda Murabbiylar o’quvchilarni belgilangan ko’nikmalarni rivojlantirib vazifalarni samarali bajarishlarida savollarga javob berib ularni to’gri yo’naltirib turadilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi    

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Uchrashuv

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasining yangi direktori janob Shin Myong Sok oʻrtasida tanishuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  Uchrashuvda vakolatxonaning sobiq direktori Pak Sunjin xonim ham ishtirok etib, samarali hamkorlik uchun Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, yangi tayinlangan direktorni tanishtirdi. Janob Shin Myong Sok, o‘z navbatida, O‘zbekistonda o‘z missiyasini boshlashga tayyorligini bildirdi va maktabgacha ta’lim sohasidagi loyihalar muhimligini ta’kidladi. Uchrashuvda qoʻshma loyihalarning butun majmuasi, shuningdek, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish yoʻlida hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni “Pedagog kadrlarni  tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi bo‘yicha Koreya tomonidan ishlab chiqilgan loyiha dizaynini ma’qullab, o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilgani uchun KOICA vakolatxonasi vakiliga minnatdorlik bildirdi.  Ma’lumot uchun: “Pedagog kadrlarni  tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasining maqsadlari quyidagilardan iborat: -maktabgacha ta'lim tizimining pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; - Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish markazi bilan birgalikda Kompleks markaz va Koreya modelidagi 500 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va foydalanishga topshirish; - mamlakat aholisining bolalar rivojlanishida maktabgacha ta'limning ahamiyatini keng e'tirof etishiga erishish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
OAV biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 12- va 21-iyul kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Вид сайта
Размер шрифта