O’zbekiston Respublikasining qonunlari
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun imzolandi

901.ppt

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

903.ppt Yangi bino qurishdan avval tuproqning unumdor qatlami sidirib olinishi kerak “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy prinsiplar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi. Qishloq xo'jaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan o'ziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash to'g'risida axborot olish huquqiga ega. Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart. Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi. Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlanganda, yetkazilgan zararning o'rni mahalliy byudjetga qoplanadi. Mazkur pul mablag'laridan qishloq xo'jaligida foydalanilmayotgan sug'oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun foydalaniladi. Tuproqni o'rganish Qishloq xo'jaligi, Suv xo'jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida

886.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekistonning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston—2030” strategiyasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston—2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston—2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari joriy yilning 31-iyulidan boshlab regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda. Fuqarolardan loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishlarini so‘raymiz. Jamoatchilik muhokamasi 2023-yil 9-avgustga qadar davom etadi.   Unutmang, Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega: kam ta’minlangan shaxslar, agar ular: ·        fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar; ·        ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar; ·        ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar; ·        jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa; ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda; o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar; Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi. Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno). Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi. Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida ro‘yxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi. Advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda to‘lov amalga oshiriladi. Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning huquq va majburiyatlariga quyidagilar kiradi: Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar:        ushbu Qonunda belgilangan tartibda va hollarda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olishga;         davlat hisobidan yuridik yordam olishni rad etishga;         o‘zlariga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi chog‘ida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etilishini talab qilishga;         maxsus vakolatli davlat organi xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.         Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar:         davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun murojaat qilganda haqqoniy va to‘liq axborot taqdim etishi;         davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishiga ta’sir etuvchi holatlar to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organini o‘z vaqtida xabardor qilishi;    davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun o‘zlari yolg‘on yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar taqdim etganligi faktlari tasdiqlangan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashi shart. Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. Slayd - Тарғибот материали.pptx

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi ”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra: ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas; Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi; Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 1 oy ichida oʻtkaziladi. 838.pptx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi

”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:  ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas; Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi; Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 1 oy ichida oʻtkaziladi. Тарғибот материали.pptx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ta'lim sohasida reklamani joylashtirishga oid talablar

  ЗАКОН.cdr.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Inson aʼzolarini transplantatsiya qilishga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi Bu qilmish ogʻirlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi bilan shugʻullanganlik, shuningdek ularni Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi. Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Mazkur jinoyatlar bilan bogʻliq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI

Qonun matni.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolariga ayrim xarajatlar uchun kompensatsiya toʻlanadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–779-son, 16.06.2022-y.) bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritildi. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, referendumga tayyorgarlik koʼrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilandi. Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug komissiyalariga referendum oʻtkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida maʼlum qiladi (ilgari 15 kun edi). Shuningdek, kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasini kamida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak. Siyosiy partiyalarning aʼzolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas. Referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning aʼzolariga referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasida koʻrsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida kompensatsiya toʻlanadi. Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi belgilandi. Qonun bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov okrugining hududi boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi. Shuningdek, Saylov kodeksiga “Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi” hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunga “Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini oʻzgartirish” moddalari kiritildi. Manba: OʻRQ–779-son, 16.06.2022-y.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida shaffoflikni ta'minlash kuchaytiriladi

"Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–6247-son, 16.06.2021 y.) mazmun-mohiyatiBarcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro'yxati (33 ta) tasdiqlandi.Davlat organlari va tashkilotlari o'z faoliyatiga oid hisobotni har yili:1 martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10 martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;1 aprelgacha hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish uchun matbuot anjumanlarini o'tkazadi. 2021 yil 1 iyuldan quyidagilar to'g'risidagi ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar portaliga va davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:• amalga oshirilgan davlat xaridlari;• mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;• Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalar;• o'zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.Quyidagi imtihonlarni o'tkazish jarayonini Internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:• OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari;• o'qishni ko'chirish bilan bog'liq imtihonlar;• nostrifikasiya test sinovlari.2021/2022 o'quv yili qabuligacha imtihonlarni Internetda jonli efirga uzatishni ta'minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lgan "imtihon.uz" veb-platformasi ishga tushiriladi.2021 yil 1 sentyabrgacha ochiq ma'lumotlar portali davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portali bilan integrasiya qilinadi 2021 yil 1 avgustgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rasmiy veb-saytida va portalda ov qilish va ovchilik xo'jaliklari to'g'risidagi axborot bazasi ishga tushiriladi.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo'shimcha vazifalar yuklatildi. Agentlik, jumladan:• davlat organlari va tashkilotlarining ma'lumotlarni Internetga joylashtirish majburiyatlari hisobini yuritadi;• murojaatlardan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni "Mening fikrim" veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqaradi."Davlat sirlarini saqlash to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.2021 yil 1 dekabrdan:• yil yakunlari bo'yicha davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi aniqlanadi;• quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:• Qonunchilik palata va Senat majlislari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari;• taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud ishlari.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda.Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar — nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilot; inklyuziv ta’lim va tarbiya — bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon; maktabgacha bo‘lgan yosh — bolalarning tug‘ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar bo‘lgan yoshi; maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi; maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti — ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui; maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi — bola tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan asosiy bilimlarning, mahorat va ko‘nikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek ta’lim va tarbiya mazmunining o‘ziga xosligini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat; maktabgacha ta’lim tashkiloti — maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkiloti; nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya asosida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; pedagogning kasbiy standarti — maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining shaxsiy kasbiy sifatlariga, bilimlariga, mahorati va ko‘nikmalariga doir asosiy talablar majmui; ta’lim va tarbiyaning muqobil shakli — maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimidagi innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli. 4-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi; har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi; maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi; maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi; bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv; maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi; ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi; ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi; maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi. 5-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash; bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatish; bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish; ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish; maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish; maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 6-modda.Maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega. Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi. Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi. 2-bob.Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish 7-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi); O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; o‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan organlar hamda tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi; o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlaydi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berilish tartibini belgilaydi; maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari Davlat inspeksiyasi: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi; nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida litsenziyalar beradi. Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi: maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi; maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiradigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlanishini, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini hamda tahlil qilinishini ta’minlaydi; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi; bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatadi; maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini ko‘radi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi; o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda bolaning yoshiga va fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan, ratsional hamda mutanosib ovqatlanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tabiiy mahsulotlar to‘plamini belgilaydi; alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi; maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 12-modda. O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlari O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari: maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra o‘z tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etadi va tugatadi. O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari: maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi; o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat-xususiy sheriklik borasidagi faoliyatni amalga oshiradi; ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti, sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, shuningdek huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashadi; maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra tegishli hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi, tugatadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 14-modda. Fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari: maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi. Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. 3-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari 15-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim tashkilotlari; ta’lim berishning muqobil shakllari; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim tashkilotlari; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar. 16-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqomi Maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ham tashkil etilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotida siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga hamda faoliyat yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 17-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha tashkil etiladi: umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti; ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti; qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi. Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turlarda ham tashkil etilishi mumkin. 4-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish 18-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislaridir: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari. Boshqa davlat organlari va tashkilotlar ham qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin. 19-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav hamda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya asosida amalga oshiradi. Yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin. 20-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga haqli. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yiladi. 21-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi. Litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 22-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi besh yilda bir marta amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 23-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning majburiyligi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari: shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda; turar joy majmualari qurilganda; tegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi. Bir nechta ko‘p kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat bo‘lgan yangi turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta o‘rindan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bo‘lishi shartligi nazarda tutiladi. 24-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining huquq va majburiyatlari Maktabgacha ta’lim tashkiloti: maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishla

Вид сайта
Размер шрифта