
Fazildjanova Nilufar Xikmatdjanovna – Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi.
Fazildjanova Nilufar Xikmatdjanovna 1975-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 2002-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994-yilda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi bolalar bogʻchasida musiqa rahbari sifatida boshlagan.
1994-1999-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 270-sonli bolalar bogʻchasida musiqa rahbari;
1999-2004-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 383-sonli bolalar yasli-bogʻchasida tarbiyachi-metodist;
2004-2005-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 422-sonli maxsus bogʻcha-maktab direktor oʻrinbosari;
2005-2014-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 556-sonli bolalar bogʻchasi mudirasi;
2014-2018-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 426-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi;
2018-2021-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri lavozimida ishlagan.
U tayinlangunga qadar Mirzo Ulugʻbek tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan