
Baratova Sayyora Raxmatovna — Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi.
Baratova Sayyora Raxmatovna 1960-yilda Toshkent viloyati Parkent tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 1983-yilda Oʻrta Osiyo tibbiyot pediatriya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1983-yilda Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani bolalar kasalxonasi shifokori vazifasidan boshlagan.
1984-1989-yillarda Toshkent viloyati Parkent tumanidagi markaziy poliklinikada pediatr-shifokori boʻlgan.
1989-2005-yillarda Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Kavardon qishloq vrachlik ambulatoriyasi pediatri, mudiri vazifasida ishlagan.
2005-2008-yillarda Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani markaziy shifoxona bosh shifokori oʻrinbosari lavozimida oʻz faoliyatini olib bordi.
2008-2015-yillarda Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinika mudirasi;
2015-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator;
2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.
2020-yil 3-fevraldan buyon Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda.