
Xollieva Shohida Boymatovna - Surxondaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Xollieva Shohida Boymatovna tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Termiz shahar 13-maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Termiz tumani 10-maktabi direktori, Termiz tumani xalq taʻlimi boʻlimi mudiri, “Amudaryo bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi” direktori lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.
Maʻlumot oʻrnida, Xollieva Shohida Boymatovna 1971-yilning 11-fevralda Termiz tumanida tugʻilgan. 2006-yilda Termiz davlat universiteti boshlangʻich taʻlim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1988-1989 yy. - Termiz tumani 26-maktab ish yurituvchi kotibasi;
1989-1992 yy. - Angor pedagogika bilim yurti talabasi;
1992-1993 yy. - Qiziriq tumani 36-maktab o‘qituvchisi;
1993-1998 yy. - Angor tumani 5-maktab o‘qituvchisi;
1988-1989 yy. - Termiz tumani 26-maktab ish yurituvchi kotibasi;
1989-1992 yy. - Angor pedagogika bilim yurti talabasi;
1992-1993 yy. - Qiziriq tumani 36-maktab o‘qituvchisi;
1993-1998 yy. - Angor tumani 5-maktab o‘qituvchisi;
1998-2002 yy. - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 256-maktab o‘qituvchisi;
2002-2003 yy. - Termiz shahar 9-bolalar bog‘chasi uslubchisi;
2003-2005 yy. - Termiz shahar 13-maktab o‘qituvchisi;
2005-2005 yy. - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 256-maktab o‘qituvchisi
2005-2006 yy. - Termiz shahar 13-maktab o‘qituvchisi
2006-2010 yy. - Termiz shahar 13-maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
2010-2011 yy. - Termiz tumani 10-maktabi direktori;
2011-2017 yy. - Termiz tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri;
2017-2018 yy. - Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalar tashkilotlari birlashmasiga qarashli “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi direktori;
2018-2020 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining xalqaro yoshlar oromgohi direktori;
2020-2021 yy. - “Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi” direktori;
2021 yildan hozirgacha Surxondaryo viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i.