Sayt test rejimida ishlamoqda

SIZNING QONUNIY HUQUQLARINGIZ BUZILAYAPTIMI? KORRUPSION HOLATLARGA DUCH KELDINGIZMI?

news-detail

Maktabgacha ta’lim agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘limiga quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin:

Korrupsion xarakterdagi har qanday ta’magirlik holatlari bo‘yicha;

Maktabgacha ta’lim tizimiga ishga qabul qilishda korrupsiya holatlari bo‘yicha;

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotganligi bo‘yicha; 

Maktabgacha ta’lim tizimida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgani xususida; 

Maktabgacha ta’lim tizimida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilayotgani xususida;

Murojaat uchun: 
+998 71 207-04-07 
@antikorr_ado

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта