Sayt test rejimida ishlamoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "poraxo'rlarga qarshi chora bormi?" sarlavhasi ostida tarqalgan hamda keng muhokamalarga sabab bo'lgan maqola yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining birlamchi munosabati

news-detail

Joriy yilning 13-14 mart kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i pora evaziga lavozimga MTT mudiraligini ta'minlanishiga qaratilgan ma'lumotlar tarqaldi.Ushbu maqolada keltirilgan vajlar ya'ni, nomalum shaxs (anonim) tomonidan Buxoro viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i Farxod Latipov uni Buxoro shahridagi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori lavozimiga qo'yish evaziga 450 AQSh dollari pora so'raganiligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan, Maktabgacha ta'lim vazirligi ichki audit va moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati tomonidan dastlabki o'rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, Buxoro viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i Farxod Latipov tomonidan noma'lum shaxs bilan MTT rahbarligini olib berish bo'yicha hech qanday yozishmalar olib borilmagan va u MTT mudiraligiga nomzodlar bo'yicha hali ro'yxat shakllantirilmagan. Shuningdek, anonim tarzda ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan ma'lumotlarni xaqqoniyligini o'rganish maqsadida MTV tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda xolat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib boradi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта