Sayt test rejimida ishlamoqda

Oʻzbekistonda oilaviy bogʻcha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanadi

news-detail

Oʻzbekistonda oilaviy bogʻcha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanishi maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq 2022-yil 1-sentyabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bogʻchalarda, oilaviy bogʻchalarda:

byudjetdan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida avtomatik hisoblab chiqiladi;

xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;

hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning oylik davomati roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilarga nisbatan 40 foizdan kam boʻlganda, ushbu oy uchun byudjetdan ish haqi toʻlanmaydi.

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi nizomlar tasdiqlandi:

davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarni tashkil etish uchun banklarga pul joylashtirish tartibi;

nodavlat bogʻchalarga byudjetdan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi;

oilaviy bogʻchalar toʻgʻrisida;

kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlardagi bogʻchalar tarbiyachilarining ish haqini qoplash uchun byudjetdan kompensatsiya ajratish tartibi;

nodavlat bogʻchalarni boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida oʻzaro almashiladigan maʼlumotlar roʻyxati.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта