Xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha “davriy” yoʻriqnoma

news-detail

1. Kirish

1. Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli qonun va boshqa meʻyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taʻminlashga qaratilgan ijtimoiy-iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.

1.1. Har bir xodim, shu jumladan rahbarlar ishga qoʻyilishidan oldin mehnatni muhofaza qilish va ishni bexatar olib borish boʻyicha yoʻriqlardan oʻtkazilishi         va ushbu haqida maxsus jurnalga qayd etilishi lozim.

1.2. Xodimlar oʻzlarining malakasi va ish stajidan qatʻiy nazar, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha ish joyida “Dastlabki” va har 6 oydan oshib ketmagan muddatda “Davriy” yoʻriq oladilar.

2. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar.

2.1. Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma talablariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishi shart.

2.2. Shaxsiy gigiyena qoidalarini bilishi va unga amal qilishi lozim. Ish joyida chekish, spirtli ichimliklar isteʻmol qilish maʻn etiladi.

2.3. Kompyuter va boshqa texnik jihozlarni ishga tayyorlash tartibi, ularni sozligini va butligini tekshirish usullarini bilishi lozim.

2.4. Zaxira chiqish yoʻllarini hamda ish vaqtida va favqulodda vaziyat sodir boʻlganda hududda harakatlanish yoʻnalishlarini bilishi lozim.

2.5. Har bir xodim ish joyini mehnat muhofazasi, elektr xavfsizligi meʻyoriy talablari asosida tashkil qilishi, oʻziga topshirilgan texnika qurilmalarini saranjom va ozoda saqlashi shart. Kompyuterlar, printerlar va boshqa orgtexnik vositalar murakkab elektron qurilma va mikroprosessorlardan tuzilganligini inobatga olgan holda, ulardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish talab etiladi. Kompyuterlarni yaxshi oʻrganmay ishlatish, biriktiruvchi kabellarni notoʻgʻri ulash elektr toki bilan ogʻir jarohatlanishga olib kelishi, apparatlarning kuyishiga sabab boʻlishi mumkin.

2.6. Ish stollari, shaxsiy kompyuter toza boʻlishi, ish joyida ortiqcha qogʻoz, ishga taʻluqli boʻlmagan buyumlar, ovqat qoldiqlari boʻlmasligi lozim.

3. Ish boshlashadan oldin amal qiladigan xavfsizlik talablari.

3.1. Ish boshlashdan oldin xodim oʻz ish joyini tekshirib, uni yetarli darajada yoritilganligiga va narsalar bilan toʻsib qoʻyilmaganligiga ishonch hosil qilish zarur.

3.2. Elektr tarmogʻiga ulangan rozetka, vklyuchatellar sozligini, kompyuterni elektr taʻminoti tarmogʻiga himoyalangan elektr uzaytirgich orqali ulanganligini tekshirish lozim.

3.3. Yongʻinga qarshi vositalarning mavjudligini va sozligini tekshirish kerak.

4. Ish vaqtida amal qiladigan xavfsizlik talablari.

4.1. Ish jarayonida xodim barcha xavfsizlik talablariga rioya qilishi shart.

4.2. Ishchi oʻrinlarini toza va ozoda saqlashi lozim.

4.3. Kompyuter va nusha koʻpaytirish uskunalari oʻrnatilgan xonalardagi pol, stollar har kuni xoʻl latta bilan artib turilishiga eʻtibor berishi kerak.

4.4. Jihozlarning soz, ish holatida boʻlishi ustidan nazorat olib borishi, harakatdagi mexanizm va texnikalarning harakatlanuvchi joylariga, kuchlanishdagi elektr simlarga tegmasligi lozim.

4.5. Ish jarayonida ehtiyotkor boʻlishi, notanish boʻlgan uskuna va texnik vositalarni texnik yoʻriqnomasi bilan tanishib chiqmasdan, ularni ishlatmaslik kerak.

4.6. Oʻzini yomon his qilganda ishni toʻxtatishi, ish oʻrnini xavfsiz holatga keltirishi, rahbariyatni ogoh qilishi va yordam uchun shifokorga murojaat qilishi kerak.

4.7. Xonalarda kompyuterlar shunday joylashtirilishi kerakki, monitorning orqa                va yon taraflariga xodimlar 0,5 metrdan yaqin masofaga kelishiga yoʻl qoʻyilmaslik lozim.

4.8. Kompyuter  texnikasida  ishlashda  quydagi  xavfsizlik  texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak:

- stulning balandligi unda oʻtirib ishlovchiga shunday moslashtirilishi kerakki, uning koʻzlari monitor ekranining yuqori qismiga toʻgʻri kelsin;

-  monitor bilan operator koʻzlari orasidagi masofa 60-70 sm boʻlishi kerak;

- kompyuterda uzoq muddat ishlash natijasida bosh aylanishi, koʻngil ozishini oldini olish maqsadida har soatda 10-15 daqiqa dam olish kerak, bunda monitor qarshisida oʻtirmaslik tavsiya etiladi;

- kompyuterda ishlayotganda bukchaymasdan, oldinga salgina engashgan holda toʻgʻri oʻtirish hamda tirsak va tizzalarning bukilish burchaklari kattaligi                               90 gradusdan kam boʻlmasligi kerak;

- kompyuterdan odatdagidan tashqari ovoz chiqsa, quygan hid sezilsa yoki oʻz- oʻzidan  oʻchib  qolsa,  elektr  rozetkadan  uzib,  “Texnik  xizmat  koʻrsatish” muhandislariga zudlik bilan murojaat qilish lozim;

- kuchlanish oʻzgarib tursa yoki elektr toki oʻchib qolsa, kompyuterni tarmoqdan uzib qoʻyish lozim.

4.9. Kompyuterlarda ishlash vaqtida quydagilar qatʻiyan man etiladi:

- kompyuterda ishlash qoidalari bilan tanishmasdan ishlash;

- kompyuterni birikturuvchi kabellarning oʻrnini oʻzgartirish;

- monitor, prosessor va klaviaturaning ichini ochish;

- prosessorni oʻchirgandan keyin darhol uni qayta yoqish (qayta yoqish uchun kamida 3 daqiqa kutish lozim);

- nam kiyim yoki kir va xoʻl qoʻllar bilan ishlash;

- kompyuter yoqilmagan boʻlsa, klaviatura tugmalarini bosish;

- kompyuter texnikasi joylashgan xonalarda ovqatlanish.

5. Avariya holatida xavfsizlik talablari.

5.1. Ish jihozlarning nosozligini aniqlanganda va ish jarayonida avariya holatlari sodir boʻlganda xodim quydagilarni bajarishi zarur:

- ishni toʻxtatishi;

- zudlik bilan rahbariyatni ogohlantirishi hamda avariya holatini bartaraf qilishga kirishishi;

- xodimlar bilan baxtsiz hodisa sodir boʻlganda zudlik bilan tibbiy punktga xabar berishi hamda ular kelguncha qadar birinchi tibbiy yordam koʻrsatishi, rahbariyatni ogohlantirishi.

6. Elektr jihozlar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari.

6.1. Elektrjihozlarni ishlatish paytida maʻn etiladi:

- nosoz elektr toki bilan ishlovchi jihozlarni va izolyasiyasi ketgan elektr sim va kabellarni ishlatish;

- buzuq rozetka, rubilnik va boshqa elektr anjomlardan foydalanish;

- elektr choynak va boshqa qiziydigan anjomlarni tagiga qoʻyiladigan issiqni izolyasiya qiladigan jihozsiz ishlatish;

- elektr щit oldiga yonuvchi modda va materiallarni qoʻyish;

- arxivlarda elektr isituvchi anjomlarni ishlatish va shtepsel rozetkalarni oʻrnatish.

6.2. Elektr jihozlar bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralarini koʻrish.

6.3. Elektr toklarini boʻlib beradigan shkaflar (elektroщit) eshigini ochish, yuqori quvvatli tok bor joylarda ish olib borish faqat maxsus vakolatli bor shaxsgagiga ruxsat etiladi.

6.4. Elektr jihozlar faqat maxsus vakolatga ega shaxs tomonidan taʻmirlanishi kerak.

6.5. Elektr jihozlardagi barcha aniqlangan kamchiliklar boʻyicha darhol maxsus vakolatga ega masʻul shaxsga xabar berish kerak.

6.6. Bitta elekt uyaga (rozetka) faqt bitta jihozni ulash kerak.

6.7. Ish tamom boʻlganidan soʻng, barcha elektr jihozlarni oʻchiring.

7. Yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha.

7.1. Har bir shaxs yongʻin chiqqanda yoki uning alomatlari paydo boʻlganda (harorat koʻtarilishi, tutun chiqishi va x.k.) quydagi ishlarni bajarish zarur:

- darhol muassasa rahbariga va keyin zaruriyat boʻlsa telefon orqali yongʻin oʻchirish hizmatiga (shunda obʻyekt manzili, yongʻin chiqqan joy va familiyani aytish zarur) xabar berish.

- imkoniyat boricha odamlarni evakuasiya qilish, yongʻinni oʻchirish va moddiy qimmatliklarni saqlash boʻyicha choralar koʻrish.

7.2. Yongʻin chiqqan joyga yetib kelgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha javobgar shaxslar quydagi ishlarni bajarish zarur:

- rahbariyatni, javobgar navbatchini xabardor qilish;

- odamlar hayotiga xavf tugʻilgan holatda darhol ularni qutqarishni tashkil qilish;

- yongʻinga qarshi oʻchirish sistemalarni ishga tushishini tekshirish;

- zaruriyat boʻlganda elektrenergiyani oʻchirish (yongʻin xavfsizligi boʻyicha sistemalardan tashqari) gaz, suv kommunikasiyalarni yopish, shu va qoʻshni xonalardagi ventillyasiya qilish sistemalarni ishini toʻxtatish;

- binodagi, yongʻin oʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan ishlardan tashqari, barcha ishlarni toʻxtatish;

- yongʻin chiqqan joydan oʻt oʻchirishda qatnashmayotgan xizmatchilarni chiqarib qoʻyish;

- oʻt oʻchirish xizmati kelguncha yongʻin oʻchirish boʻyicha barcha ishlarni boshqarib borish;

- yongʻin oʻchirishda qatnashayotgan odamlarni texnika xavfsizligi talablariga rioya qilishlarini taʻminlash;

- yongʻin oʻchirish bilan birga moddiy qimmatliklarni evakuasiya va himoya qilish ishlarini tashkil qilish;

- oʻt oʻchirish komandasini kutib olish va yongʻin chiqqan joyiga boradigan eng yaqin yoʻlni koʻrsatishda yordam berish.

7.3. Yongʻin oʻchirishda yonib turgan joyga yongʻin oʻchiradigan moddalarni sepish yoʻli bilan amalga oshirish kerak.

7.4. Muassasada yongʻin oʻchirish uchun kukunli (poroshokli) oʻt oʻchirgichlar mavjud.

Ular bilan qattiq narsalar, suyuqliklar, gaz, kuchlanishi 1000 voltgacha boʻlgan elektruskunalarini oʻchirish mumkin. Yongʻin oʻchirish uchun oʻt oʻchirgichni xalqasi uziladi va dastag bosiladi, bunda oʻt oʻchirgichning kukun chiqaruvchi teshigidan kukun 0,5-1,0 m masofadan yongʻinga sepiladi. Yongʻin oʻchirish paytida oynalarni ochish, ventillyasiyani yoqish man etiladi, chunki bu yongʻinni tez rivojlanishiga olib keladi.

7.5. Elektr toki kuchlanishida boʻlgan anjomlarda chiqqan yongʻinni suv va koʻpikli oʻt oʻchirgichlar bilan oʻchirish katʻiyan man etiladi.

7.6. Ishlatilgan va nosoz oʻt oʻchirgichlarni yongʻinga tashash mumkin emas, chunki bu oʻt oʻchirgichlarning portlashiga olib kelishi mumkin.

7.7. Yongʻin oʻchirish paytida yongʻin bilan binodan chiqish joylari toʻsib qoʻyilmaganligiga karab turish zarur.

7.8. Yongʻin oʻchirilgandan keyin xonalarni tutundan tozalash maqsadida havosini almashtirish kerak.

8. Yoʻl xarakati qoidalari boʻyicha.

8.1. Katta yoʻlning chekkasidagi maxsus yoʻlakchadan yurish, yoʻlakcha boʻlmagan joyda qarama-qarshi yoʻnalish boʻyicha yoʻlning chetidan yuring.

8.2. Yoʻlni faqat maxsus ajratilgan joydan kesib oʻting. Yoʻlning bir chetidan ikkinchi chetiga oʻtishda yer osti yoʻllaridan (tonnel) va temir yoʻllarni kesib oʻtishda koʻpriklardan yoki maxsus joylardan foydalaning.

8.3. Yoʻlni kesib oʻtishgda albatta xavfsizlikka ishonch xosil qilingandan soʻng xarakat qiling (birinchi chap tomonga, transport yoʻqligiga ishonch hosil qilganingizdan soʻng xarakat qiling va yoʻlning oʻrtasiga borganingizdan keyin oʻng tomonga qarang va transport yoʻqligiga ishonch hosil qilganingizdan soʻng xarakat qiling).

8.4. Yaqinlashayotgan transportni oldidan yugurib oʻtish man etiladi.

8.5. Relsda  xarakat  qiladigan  transportni  oldi  tomonidan,  boshqa transportlarni esa orqa tomonidan aylanib oʻting.

8.6. Yoʻlni kesib oʻtayotganda yoʻlovchilar uchun moʻljallangan svetoforni faqat yashil chirogʻi yonganda xarakat qiling.

8.7. Avtobus, tramvay, trolleybusni faqat maxsus toʻxtash joylarida (bekatda) ular boʻlmasa yoʻl chetidagi yoʻlakchada (yoʻl chetidagi) kuting.

8.8. Transport vositalariga chiqishda va tushishda faqatgina transport vositalari toʻxtaganidan soʻng amalga oshiring.

8.9. Xizmat safarlariga borganda yoʻl xarakati xavfsizligi qoidalariga rioya qatʻiy rioya eting.

9. Ish joylarida quyidagilar maʻn etiladi.

9.1. Koʻngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:

- ish joyida spirtli ichimliklar isteʻmol qilish va ishga mast holatda kelish;

- binoning qavatlari orasidagi zinapoyalardan yugurib chiqish va yugurib tushish;

- har qanday elektr ishlarini amalga oshirish;

- xonalarda qoʻlbola elektr jihozlardan foydalanish;

- ish joylarida tamaki maxsulotlarini (elektron sigaret) chekish.

10. Ish tamomlangandan soʻng amal qiladigan xavfsizlik talablari.

10.1. Ish yakunida xodim quyidagi ishlarni bajarishi lozim:

- barcha texnik jihozlarning oʻchirilganligiga ishonch hosil qiling;

- ish oʻrnini, jihozlarni tozalang va joy-joyiga qoʻyib, tartibga keltiring;

- xonadagi elektr yoritqichlarni oʻchiring;

- ish jarayoni davomida aniqlangan kamchiliklarni rahbariyatga maʻlum qiling.

11. Yoʻriqnomani bajarmaganlik uchun javobgarlik.

11.1. Xodimlar xavfsiz mehnatni tashkil qilish uchun ushbu yoʻriknomada koʻrsatilgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalarni bajarishlari shart.

11.2. Ushbu yoʻriqnomani bajarmagan aybdor shaxslar ichki mexnat tartibi qoidalariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Jajji malikalar bellashishdi

   Kechagina kirib kelgan mart butun borliqqa bahorning bor tarovatini, undan ruh olgan go‘zal bayramlarni birin-sirin tortiq etmoqda. Uning ilk kuni mamlakatimizda adabiyot, she’riyat, nazm va navo bayrami – sadoqat va do‘stlik kuychisi, xassos shoira Zulfiyaxonim yodi bilan boshlandi. Davralar, shoira timsolida adabiyotni, she’riyatni olqishladi. Keyin unga nazokat, nafosat, go‘zallik, sevgi ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni ulanib ketdi. Davralar ayolni, onani, singilni, qizlarni madh etdi. Yana ko‘p davralar doshqozon osdi. Biqirlab qaynayotgan sumalak atrofiga to‘plangan ellar, sharqning uch ming yillik Navro‘z shodiyonalarini boshlab yubordi. Bu azaliy bayramlar maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida ham davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining eng chekka – Nanay qishlog‘ida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir esa, ayollar bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga  bag‘ishlandi. Darvoqe, tashkilotda 5 ta guruh mavjud. Ularga 135 nafar  3 – 7 yoshli bola qamrab olingan. Eng muhimi, jamoaning ahilligi, hamjihatligi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro yelkadoshlik, jipslilik tufayli yechim topmagan masala yo‘q. Hatto, ulardagi bu fazilat mahalla ahli orasida ham alohida e’tirof etiladi. – Jamoaning o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi sifati bu ularning yakdilligi, – deydi “Zarbdor” MFY Xotin-qizlar faoli Malohat Hayitboyeva. – Shu tufayli bo‘lsa ajabmas, bu yerdagi ta’lim-tarbiya jarayonlaridan hamma hursand. Bugungi tadbirda ham yigirma chog‘lik xodimlar bir yoqadan bosh chiqara oldi va e’tiborimizga bayram tadbirini yuqori saviyada havola etdi. Ayniqsa, Gulnora Shukurova,  Dilafro‘z Abdug‘aniyeva, Sevara Abdullayeva, Dildora Jo‘rayeva, Moxira G‘aniyeva singari jonkuyar tarbiyachi va xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning musiqa rahbari Dilrabo Qurbonovalarning halol mehnati  tufayli farzandlarimiz o‘zlarining ilk iqtidorlarini zo‘r kayfiyat va mahorat bilan namoyish etishdi. Darhaqiqat, bo‘lib o‘tgan tadbir tashkilotning Gulnora Shukurova rahbarligidagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilaridan iborat 20 nafarlik JAJJI MALIKALAR ishtirokidagi bellashuv ustiga qurildi. Qaqajon qizlar besh shart – tanishtirish, salat tayyorlash, somsa tugish, erkin mavzu va nihoyat badiiy gimnastika sohasidagi iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi. Qizaloqlarning she’riy tanishtiruvlari, erkin mavzudagi yakkaxon raqs, kuy-qo‘shiqlari, badiiy gimnastikaga oid nafis ijrolari, ayniqsa, mustaqil holda salat va somsa tugishlari barchaga manzur bo‘ldi. – Albatta, iste’dod osonlikcha namoyon bo‘lmaydi. Buning ortida katta mehnat, izlanish, o‘z ustida, ayniqsa, o‘sha iste’dodli bola ustida tizimli ishlashgina ma’lum maqsadga erishtiradi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan 10-sonli DMTT direktori Umida Qoraboyeva. – Bugungi tadbir ham ana shu xulosani yana bir karra isbotladi va men o‘z jamoamning har bir vakilidan minnatdorman. Fursatdan foydalanib barchangizni bugungi egu ayyom bilan chin dildan tabriklayman.    Tadbir so‘ngida jajji malikalarga bayram sovg‘alari ulashildi.       

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati, Angren shahridagi 14-DMTTda «Telefonsiz DMTT» tizimi joriy etildi.

14-DMTT ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ta’lim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.  Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil ”O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.   Ta’lim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.   Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7.00 dan 8.30 gacha va soat 16.30 dan so‘ng ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi. Endi soat 8.50 dan 16.30 gacha Tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi.  Biroq, tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishlari mumkin.  Ota-onalar telegram guruhida mashg’ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi. Ta’lim taskilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

  "Юнусобод тумани, Хасанбой махалласида жойлашган “Bayan Kids“ хусусий болалар боғчасида тарбияланувчи 3 яшар болаларга бўлаётган муносабатни кўринглар" номли видеотасвир остида телеграм ижтимоий тармоғи орқали мурожаат йўлланган эди. Ушбу мурожаат назоратга олинганлиги ва ўрганиш ишларига йўналтирилганлигини маълум қиламиз.  М А Ъ Л У М О Т Н О М А Фуқаро Д.Ашурованинг шикоят хати юзасидан “BAYAN KIDS”  МЧЖ нодавлат мактабгача таълим муассасасида ўтказилган ўрганиш бўйича. Аниқланишича, “Баян-кидс” нодавлат мактабгача таълим ташкилоти маъсулияти чекланган жамияти 24.02.2022 йил давлат рўйхатидан ўтган бўлиб,  2023 йил 22 августдаги умумий йиғилиш қарорига асосан Наргиза Музаффаровна Хуснутдинова жамиятнинг бажарувчи директори лавозимига тайинланган, маълумоти олий маълумотли педагог, иш стажи  умумий 34 йилни ташкил қилиб, мактабгача таълим ташкилотлари мудиралари лавозимида 5 йиллик иш стажига эга. “BAYAN KIDS” МЧЖга қарашли мактабгача таълим ташкилоти 7 та гуруҳдан иборат бўлиб, текшириш кунига 7 та гуруҳ фаолият кўрсатаётганлиги, ташкилотнинг умумий қуввати 140 ўринга мўлжалланиб, ушбу гуруҳларда рўйхат бўйича жами 109 нафар тарбияланувчилар таълим-тарбия олаётганлиги, кундалик қатнов ўртача 92 нафарни, ўрганиш ўтказилган куни 84 нафарни ташкил этганлиги аниқланди.     Шунингдек, ташкилотда умумий ходимлар сони 44 нафарни ташкил қилиб, шундан педагог ходимлар 15  нафарни, техник ходимлар 29  нафарни, тарбиячилар 7 нафарни ташкил қилган.                Текшириш давомида МТТнинг моддий техника базаси ҳолати, болаларни қамраб олиш ҳолати ва давомат, МТТнинг кадрлар билан таъминланганлиги ва уларга оид бўлган ҳужжатларнинг  юритилиши, тиббий хизмат, овқатлантиришнинг ташкил этилиши, ижро интизоми, гуруҳлардаги таълим-тарбия ишларининг олиб борилиши ва педагогларнинг иш ҳужжатлари юритилиши ва билим даражаларига  эътибор қаратилди.   Тарбиячиларнинг 4 нафари олий маълумотли, 3 нафари тугалланмаган олий бўлиб, фаолият юритаётган  педагогларнинг иш ҳужжатлари ЎзР мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Мактабгача таълим агентлигининг 2023 йил 28 августдаги “Мактабгача таълим ташкилоти педагогларининг иш ҳужжатларини тасдиқлаш тўғрисида”ги  99-сон буйруғи асосида юритиб келинган.   Ташкилотда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳамда ободонлаштириш ишлари қониқарли, иситиш тизимлари, гуруҳлардаги сантехника жиҳозлари ишчи ҳолатда сақланган, умумий санитария ҳолати ҳам қониқарли, гуруҳлар бола сонига мос қаттиқ ва юмшоқ жиҳозлар ҳамда зарур идишлар билан тўлиқ таъминланган.                                    Танлов асосида кўрилган ўрта ва тайёрлов гуруҳларда марказларда олиб борилаётган иш фаолияти ва иш ҳужжатлари ўрганилганда, гуруҳ хоналари керакли таълимий, кўргазмали ва тарқатма материаллар билан таъминланганлиги, болаларнинг соғлом муҳитда таълим-тарбия олишлари учун етарли барча шарт-шароитлар яратилганлиги  аниқланди.  Бироқ, ўрганиш давомида айрим камчиликларга ҳам йўл қўйилганлиги маълум бўлди.     Хусусан, тарбиячилар  лавозим йўриқномалари билан таништирилган бўлсада, лекин улар томонидан зиммаларига юклатилган вазифалар лозим даражада бажарилмаган.     Шунингдек,ташкилотдаги таълим-тарбия ишлари ўрганилганда, ташкилотнинг янги 2023-2024 ўқув йили режаси тузилган ва режа асосида педагогларнинг малакасини ошириш истиқбол режаси мавжуд бўлсада, аммо педагог ходимлар амалдаги ҳужжатларга мувофиқ  малака ошириш  курсларига  юборилмаган.   Ўрганиш давомида машғулотлар жадвали кундалик олиб борилаётган машғулотларга мос эмаслиги, яъни нутқ ўстириш машғулоти ўрнига расм машғулоти ўтказилаётганлиги, илк ёш гуруҳи бўлишига қарамай, машғулотлар жадвалида инглиз тили киритилганлиги, гуруҳда болалар учун ривожлантирувчи ўйинлар ва ўйинчоқлар сони ҳамда тури камлиги аниқланиб, тарбиячига тайёрлов гуруҳида тасвирий фаолият учун намуналар  тайёрланиши буйича тавсиялар берилди.    Ҳолат юзасидан батафсил маълумотлар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига хат орқали тегишли ҳуқуқ органлари томонидан баён қилинган.        

Вид сайта
Размер шрифта