Maktabgacha taʼlim vazirligida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida

news-detail

I. 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar va asosiy koʻrsatkichlar.

Uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini boʻlgan maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish maqsadida 2017-yilning 30-sentyabr kuni (PF-5198) Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.

Toʻrt yil ichida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish ikki baravardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 247 nafari (27.7%) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga kelib ularning soni 1 829 328 nafarga (64.9%) yetdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni qariyb toʻrt baravarga oshib 24 922 tani (2017 yilda 5211 ta) tashkil etmoqda.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari 223.5 mlrd. soʻmlik jihozlar, oʻyin va oʻyinchoqlar, oʻquv-didaktik materiallar bilan taʼminlandi.

Maktabgacha taʼlimning muqobil turlari rivojlantirilib mobil bogʻchalar joriy etildi, jumladan “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan 142 ta MFYlarda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslari negizida 387 ta guruhlar shakllantirildi.

BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli Namangan va Xorazm viloyatlarida joriy etildi. Mazkur 8 ta guruhlarga jami 400 nafar bola qamrab olingan.

Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga chiqishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda.

Bugungi kun holatiga respublikada jami 5 188 ta bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari, 11 283 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari va 6 304 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlarini tashkil yetish orqali 569 ming nafar 6 yoshli bolalarni yoki ularning 83,8 % maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.

Pedagog kadrlarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ularning oylik maoshi 43 foizdan 70 foizgacha oshirildi.

Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi eng yaxshi amaliyotlar asosida ilk marotaba maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning erta rivojlanishiga qoʻyilgan davlat talablari va  “Ilk qadam” davlat taʼlim dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari maqbullashtirilib, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari yaratildi. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilitatsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Sanitariya qoidalari va meʼyorlari hamda Idoraviy qurilish normalari zamon talablariga mos ravishda toʻliq qayta koʻrib chiqildi.

“Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotasi ikki baravar oshirildi.

Bakalavr yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish muddati 3 yil etib belgilandi.

Toshkent shahrida Koreyaning “Puchon” universiteti filiali tashkil etildi. Joriy yilda filialning “Maktabgacha taʼlim”, “Arxetektura”, “Koreys tili va menejment” yoʻnalishlarida jami 1 159 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 916 nafar qiz bola talaba, 243 nafar qiz bola talabalarni tashkil etadi.  

Maktabgacha taʼlim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi. 2021/2022 oʻquv yilida filial ilk bor “Pedagogik taʼlim”, “Psixologik-pedagogik taʼlim” (Maktabgacha taʼlim, Psixologiya va ijtimoiy psixologiya), “Maxsus pedagogika” (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika), “Psixologiya” hamda “Lingvistika” yoʻnalishlari boʻyicha jami 297 nafar oʻgʻil-qiz talabalikka qabul qildi. Ulardan 269 nafar qiz bola talaba, 28 nafar qiz bola talabalarni tashkil etadi. 

Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, hozirgi kunda esa 143 794 nafarni tashkil etdi.

Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21.6 % dan 33.8 %gacha yetkazildi.

Maktabgacha taʼlim tizimida xotin-qizlar bilan teng ravishda erkaklarni jalb qilishga doir faoliyatni qoʻllab-quvvatlash borasida maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar va erkaklar ulushi tahlil qilindi. Unga koʻra:

Hozirgi kunga kelib  maktabgacha taʼlim tizimida ayollarning ulushi  82.9% ni, erkak xodimlarning ulushi esa  17.1 % ni tashkil etadi.

Maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning umumiy soni 245 696 tani tashkil etib, shundan 143 794 nafari pedagog kadrlar            (107.655 DMTT, 26.986 NMTT). Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollar 203 599 nafarni (82.9%) erkaklar esa 42 097 nafarni                         (17.1 %) tashkil etadi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida 2 042 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib boradi. Shundan:                1 511 nafari ayollarni tashkil etadi.

Maktabgacha taʼlimga qamrab olingan bolalar 2 041 278 nafarni tashkil etib, ularning 1 030 929 (50.5%) nafari oʻgʻil bolalar boʻlsa, 1 010 929 (49.5%) nafari qiz bolalardir.

Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tizimining tuman, shahar, viloyat miqyosidagi boshqaruv organlarida xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi oshmoqda.

Hozirgi kunda viloyat (viloyat) boshqarmasining 14 nafar rahbaridan teng yarimi yaʼni 8 nafari ayollarni 6 nafari erkaklarni tashkil etadi.

 96 ta pedagogika kollejlarining direktorlarida 22 nafari (22.9%) ayol rahbarlardir. Erkak direktorlarning soni 74 nafarni  (77.1%) tashkil etadi.  

 6.207 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 6.129 tasida (98,8%) ayol direktorlar, qolganida 78 erkak (1.2 %) rahbarlar faoliyatini olib boradi.

Tuman miqyosida 207 nafar boshliqlardan 111 nafari ayollar (53.6%) va 92 nafari erkaklar (44.4%).

Shunday qilib, 19489 oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 38 978 nafar (100%) xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan boʻlib, ularda 360 135 nafar (70.6%) tarbiyalanuvchilar ham imtiyozli asosda qamrab olingan.

1154  ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari DXSHda 10 240 nafar (98%) xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan boʻlib, ularda 28 601  nafar (24. 6%) bola ham imtiyozli asosda qamrab olingan.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida  2021-yilda yaratilgan ish oʻrinlari haqida maʼlumot:

Jami: 9 209 ta shundan 1 737 (18.9 %)  nafar erkak,  7 763 (85.4%)  nafar ayol ish bilan taʼminlangan.  Umumiy ish bilan taʼminlangan pedagoglar soni 6 012 nafar ulardan ayollar 5 531 (60.1% ) qolgan   481 (5.2%)   erkaklarni tashkil etadi. DMTTga 3 588 nafar texnik xodim sifatida ishga qabul qilingan boʻlib ulardan ulardan ayollar 2 332 (25.3 % ) qolgan   1 256 (13.6%)   erkaklarni tashkil etadi.

Prognoz: 2022da yil maktabgacha taʼlim vazirligi 7 951nafar fuqaroni maktabgacha taʼlim tizimida ish bilan taʼminlashi koʻzda tutilgan.  Davlat MTTlarda 3 746,  nodavlat MTTlarda 4 205 nafar xodim ish bilan taʼminlanadi.

 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-son “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar roʻyxatiga (imtiyozli roʻyxat) kiritiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Jajji malikalar bellashishdi

   Kechagina kirib kelgan mart butun borliqqa bahorning bor tarovatini, undan ruh olgan go‘zal bayramlarni birin-sirin tortiq etmoqda. Uning ilk kuni mamlakatimizda adabiyot, she’riyat, nazm va navo bayrami – sadoqat va do‘stlik kuychisi, xassos shoira Zulfiyaxonim yodi bilan boshlandi. Davralar, shoira timsolida adabiyotni, she’riyatni olqishladi. Keyin unga nazokat, nafosat, go‘zallik, sevgi ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni ulanib ketdi. Davralar ayolni, onani, singilni, qizlarni madh etdi. Yana ko‘p davralar doshqozon osdi. Biqirlab qaynayotgan sumalak atrofiga to‘plangan ellar, sharqning uch ming yillik Navro‘z shodiyonalarini boshlab yubordi. Bu azaliy bayramlar maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida ham davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining eng chekka – Nanay qishlog‘ida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir esa, ayollar bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga  bag‘ishlandi. Darvoqe, tashkilotda 5 ta guruh mavjud. Ularga 135 nafar  3 – 7 yoshli bola qamrab olingan. Eng muhimi, jamoaning ahilligi, hamjihatligi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro yelkadoshlik, jipslilik tufayli yechim topmagan masala yo‘q. Hatto, ulardagi bu fazilat mahalla ahli orasida ham alohida e’tirof etiladi. – Jamoaning o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi sifati bu ularning yakdilligi, – deydi “Zarbdor” MFY Xotin-qizlar faoli Malohat Hayitboyeva. – Shu tufayli bo‘lsa ajabmas, bu yerdagi ta’lim-tarbiya jarayonlaridan hamma hursand. Bugungi tadbirda ham yigirma chog‘lik xodimlar bir yoqadan bosh chiqara oldi va e’tiborimizga bayram tadbirini yuqori saviyada havola etdi. Ayniqsa, Gulnora Shukurova,  Dilafro‘z Abdug‘aniyeva, Sevara Abdullayeva, Dildora Jo‘rayeva, Moxira G‘aniyeva singari jonkuyar tarbiyachi va xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning musiqa rahbari Dilrabo Qurbonovalarning halol mehnati  tufayli farzandlarimiz o‘zlarining ilk iqtidorlarini zo‘r kayfiyat va mahorat bilan namoyish etishdi. Darhaqiqat, bo‘lib o‘tgan tadbir tashkilotning Gulnora Shukurova rahbarligidagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilaridan iborat 20 nafarlik JAJJI MALIKALAR ishtirokidagi bellashuv ustiga qurildi. Qaqajon qizlar besh shart – tanishtirish, salat tayyorlash, somsa tugish, erkin mavzu va nihoyat badiiy gimnastika sohasidagi iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi. Qizaloqlarning she’riy tanishtiruvlari, erkin mavzudagi yakkaxon raqs, kuy-qo‘shiqlari, badiiy gimnastikaga oid nafis ijrolari, ayniqsa, mustaqil holda salat va somsa tugishlari barchaga manzur bo‘ldi. – Albatta, iste’dod osonlikcha namoyon bo‘lmaydi. Buning ortida katta mehnat, izlanish, o‘z ustida, ayniqsa, o‘sha iste’dodli bola ustida tizimli ishlashgina ma’lum maqsadga erishtiradi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan 10-sonli DMTT direktori Umida Qoraboyeva. – Bugungi tadbir ham ana shu xulosani yana bir karra isbotladi va men o‘z jamoamning har bir vakilidan minnatdorman. Fursatdan foydalanib barchangizni bugungi egu ayyom bilan chin dildan tabriklayman.    Tadbir so‘ngida jajji malikalarga bayram sovg‘alari ulashildi.       

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati, Angren shahridagi 14-DMTTda «Telefonsiz DMTT» tizimi joriy etildi.

14-DMTT ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ta’lim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.  Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil ”O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.   Ta’lim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.   Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7.00 dan 8.30 gacha va soat 16.30 dan so‘ng ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi. Endi soat 8.50 dan 16.30 gacha Tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi.  Biroq, tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishlari mumkin.  Ota-onalar telegram guruhida mashg’ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi. Ta’lim taskilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

  "Юнусобод тумани, Хасанбой махалласида жойлашган “Bayan Kids“ хусусий болалар боғчасида тарбияланувчи 3 яшар болаларга бўлаётган муносабатни кўринглар" номли видеотасвир остида телеграм ижтимоий тармоғи орқали мурожаат йўлланган эди. Ушбу мурожаат назоратга олинганлиги ва ўрганиш ишларига йўналтирилганлигини маълум қиламиз.  М А Ъ Л У М О Т Н О М А Фуқаро Д.Ашурованинг шикоят хати юзасидан “BAYAN KIDS”  МЧЖ нодавлат мактабгача таълим муассасасида ўтказилган ўрганиш бўйича. Аниқланишича, “Баян-кидс” нодавлат мактабгача таълим ташкилоти маъсулияти чекланган жамияти 24.02.2022 йил давлат рўйхатидан ўтган бўлиб,  2023 йил 22 августдаги умумий йиғилиш қарорига асосан Наргиза Музаффаровна Хуснутдинова жамиятнинг бажарувчи директори лавозимига тайинланган, маълумоти олий маълумотли педагог, иш стажи  умумий 34 йилни ташкил қилиб, мактабгача таълим ташкилотлари мудиралари лавозимида 5 йиллик иш стажига эга. “BAYAN KIDS” МЧЖга қарашли мактабгача таълим ташкилоти 7 та гуруҳдан иборат бўлиб, текшириш кунига 7 та гуруҳ фаолият кўрсатаётганлиги, ташкилотнинг умумий қуввати 140 ўринга мўлжалланиб, ушбу гуруҳларда рўйхат бўйича жами 109 нафар тарбияланувчилар таълим-тарбия олаётганлиги, кундалик қатнов ўртача 92 нафарни, ўрганиш ўтказилган куни 84 нафарни ташкил этганлиги аниқланди.     Шунингдек, ташкилотда умумий ходимлар сони 44 нафарни ташкил қилиб, шундан педагог ходимлар 15  нафарни, техник ходимлар 29  нафарни, тарбиячилар 7 нафарни ташкил қилган.                Текшириш давомида МТТнинг моддий техника базаси ҳолати, болаларни қамраб олиш ҳолати ва давомат, МТТнинг кадрлар билан таъминланганлиги ва уларга оид бўлган ҳужжатларнинг  юритилиши, тиббий хизмат, овқатлантиришнинг ташкил этилиши, ижро интизоми, гуруҳлардаги таълим-тарбия ишларининг олиб борилиши ва педагогларнинг иш ҳужжатлари юритилиши ва билим даражаларига  эътибор қаратилди.   Тарбиячиларнинг 4 нафари олий маълумотли, 3 нафари тугалланмаган олий бўлиб, фаолият юритаётган  педагогларнинг иш ҳужжатлари ЎзР мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Мактабгача таълим агентлигининг 2023 йил 28 августдаги “Мактабгача таълим ташкилоти педагогларининг иш ҳужжатларини тасдиқлаш тўғрисида”ги  99-сон буйруғи асосида юритиб келинган.   Ташкилотда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳамда ободонлаштириш ишлари қониқарли, иситиш тизимлари, гуруҳлардаги сантехника жиҳозлари ишчи ҳолатда сақланган, умумий санитария ҳолати ҳам қониқарли, гуруҳлар бола сонига мос қаттиқ ва юмшоқ жиҳозлар ҳамда зарур идишлар билан тўлиқ таъминланган.                                    Танлов асосида кўрилган ўрта ва тайёрлов гуруҳларда марказларда олиб борилаётган иш фаолияти ва иш ҳужжатлари ўрганилганда, гуруҳ хоналари керакли таълимий, кўргазмали ва тарқатма материаллар билан таъминланганлиги, болаларнинг соғлом муҳитда таълим-тарбия олишлари учун етарли барча шарт-шароитлар яратилганлиги  аниқланди.  Бироқ, ўрганиш давомида айрим камчиликларга ҳам йўл қўйилганлиги маълум бўлди.     Хусусан, тарбиячилар  лавозим йўриқномалари билан таништирилган бўлсада, лекин улар томонидан зиммаларига юклатилган вазифалар лозим даражада бажарилмаган.     Шунингдек,ташкилотдаги таълим-тарбия ишлари ўрганилганда, ташкилотнинг янги 2023-2024 ўқув йили режаси тузилган ва режа асосида педагогларнинг малакасини ошириш истиқбол режаси мавжуд бўлсада, аммо педагог ходимлар амалдаги ҳужжатларга мувофиқ  малака ошириш  курсларига  юборилмаган.   Ўрганиш давомида машғулотлар жадвали кундалик олиб борилаётган машғулотларга мос эмаслиги, яъни нутқ ўстириш машғулоти ўрнига расм машғулоти ўтказилаётганлиги, илк ёш гуруҳи бўлишига қарамай, машғулотлар жадвалида инглиз тили киритилганлиги, гуруҳда болалар учун ривожлантирувчи ўйинлар ва ўйинчоқлар сони ҳамда тури камлиги аниқланиб, тарбиячига тайёрлов гуруҳида тасвирий фаолият учун намуналар  тайёрланиши буйича тавсиялар берилди.    Ҳолат юзасидан батафсил маълумотлар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига хат орқали тегишли ҳуқуқ органлари томонидан баён қилинган.        

Вид сайта
Размер шрифта