Xalqaro bolalar kunida yangi bog‘chaning ochilishi bo‘lib o‘tdi

news-detail

Bugun Toshkent viloyati, Toshkent tumani “Xasanboy” MFY hududida 560 o‘rinli 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti  foydalanishga topshirildi. 

Tashkilotning ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bolalar va mahalla aholisi uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

  Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida innovtasion ta’lim metodlarining faoliyati jarayonga tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, robototexnika, “STEAM” ta’lim, ta’lim laboratoriyasi (o‘qitish metodikasi, bolalar psixologiyasi, ikkinchi til o‘qituvchilarini tayyorlash yo‘nalishlarida), nazariy va amaliy dual ta’lim yo‘nalishlari shular jumlasidandir. Shuningdek tashkilotda shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Tashkilotda rekonstruksiya ishlari boshlangunga qadar 8 ta guruh va  43 nafar xodimlar faoliyat yuritishgan bo‘lsa, bugungi kunda tashkilotning yangi binosida 16 ta guruh hamda 72 nafar xodimlarning faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Toshkent viloyati, Toshkent tumanida jami 97 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shundan, 37 ta davlat, 20 ta xususiy,  40 ta oilaviy-nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта