Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan Maktabgacha ta’lim agentligida tadbir bo‘lib o‘tdi

news-detail

Bugun agentlik binosida davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin so‘zga chiqib, “Mamlakatimizning o‘ttiz ikki yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qisqa davr ichida, ayniqsa uning oxirgi olti yilligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotida tub islohotlar va burilishlar davri bo‘layotganligini sezmoqdamiz. Xususan ta’lim-tarbiya sohasida samarali ishlar amalga oshirilmoqdaki, kelajak avlodni yetuk barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish maqsad qilingan.

Mana shu qisqa davr mobaynida mamlakatimizning bosib o‘tgan murakkab yo‘lini, uning erishgan muvaffaqiyatlariyu, rivojlanishning sekinlashish davrini eslashimiz va bunda taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlarga, erishilgan natijalarga xolisona baho berishimiz, ushbu natijalar mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishimiz  va kelajak avlodlarga xaqqoniy qilib yetkazishimiz kerak” – deya ta’kidladi.

 Shuningdek, A.Shin “Yurtimizga halqimizga barchamizga mustaqillik muborak bo‘lsin” – deya o‘z so‘zini yakunladi.

Shundan so‘ng Maktabgacha ta’lim agentligi direktori maslahatchisi X.Buriyev so‘zga chiqdi va quyidagilarni ma’lum qildi:

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq bugun mamlakatimizda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik sanasi «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» degan g‘oya negizida baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda.

Aynan 1991 yil 31 avgust kuni xalqimiz o‘z Vatani, taqdiri va kelajagiga o‘zi egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Dunyo xaritasida “O‘zbekiston Respublikasi” degan yangi suveren va mustaqil davlat paydo bo‘ldi.

O‘tgan tarixan qisqa vaqt davomida elimizning fidokorona mehnati va qat’iyati bilan milliy o‘zligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari o‘zgarib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi.

Qarorda keng ko‘lamli islohotlarimizni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bugungi kunda yurtimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilayotganligi alohida qayd qilingan.

Chindan ham bugungi kunda mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xususan, yangilangan Konstitusiyamizning qabul qilinishi el-yurtimiz Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.

Tadbir yakunida yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo‘lib qolmog‘i lozimligi ta’kidlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта