![news-detail](https://www.mpe.uz/storage/post/NhUzTZJYgFcLWb8W7v6aFBGF6CroromBLmczHmN7.jpg)
Maktabgacha ta’lim tashkiloti – bolalarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, milliy va umumbashariy bayramlarni tashkil etish orqali ular ongida milliy-an’anaviy qadriyatlarni shakllantirish imkonini ham beradi.
Shu kabi tadbirlardan biri - mustaqillik bayramidir.
Bugun Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va “Salom bogʻcha” tadbirlarida Maktabgacha ta’lim agentligi rahbarlari bilan bir qatorda xodimlar ham ishtirok etdi.
Mustaqillik saboqlari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga mufoviq, sentabr oyida belgilangan “Oʻzbekiston – mening vatanim” mavzusidan kelib chiqqan holda tashkil etildi.