Sayt test rejimida ishlamoqda

Qashqadaryoda mustaqillik tantanalari arafasida yangi bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

news-detail

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi "Mevazor", “Tepar”, "Bog‘ishamol" MFYlarda mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurib bitkazildi va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

"Mevazor" MFYdagi tashkilot 120 o‘rindan iborat bo‘lib, 3 milliard 357 million so‘m evaziga barpo etilgan.

 “Tepar” MFY hududidagi bolalar bog‘chasida olib borilgan kapital ta’mirlash ishlari natijasida MTT binosi zamonaviy ko‘rinish kasb etdi. Qurilish-ta’mirlash ishlariga 3 milliard 756 million so‘m mablag‘ sarflandi. 

Shuningdek, "Bog‘ishamol" MFYda qurilgan 90 o‘rinli bog‘cha ham foydalanishga topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта