Mentorlik - maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyati va rivojlanishidagi qadam

news-detail

Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi.
 Odatda pedagoglarning kasbiy rivojlanishi va ularning salohiyatini oshirish deganda ularni kasbiy faoliyatdan uzilmagan holda oʻqib-o’rganish nazarda tutiladi va bunday tadbirlar koʻpincha qisqa muddatli trening kurslari yoki seminar mashgʻulotlari shaklida oʻtkaziladi. Pedagoglarning kasbiy rivojlanish va ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan bunday tadbirlardan koʻzlangan maqsad – bu kasbiy faoliyatiga oid muayyan yangi maʼlumotlarni taqdim etish va pedagoglar tomonidan taʼlim-tarbiya berish metodikalari bilan tanishtirishdan iborat.

IMG_9343.jpg 

 Hozirgi kunda pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun uzluksiz, uzoq muddatli takomillashish jarayoni bo‘lishi hamda ular to‘liq kasbiy faoliyati davomida shug‘ullana olishi ilgʻor, xilma-xil va o‘zaro bog‘liq oʻquv amaliyotlarini uzluksiz oʻrganishi lozim. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi ularning ta’lim-tarbiya berish kontekstiga muvofiq kelishi kerak.

Pedagog qachon oʻzgaradi? Koʻplab olimlarning qayd etishicha, pedagoglarning xulqi va amaliyotidagi oʻzgarishlar asosan quyidagi sharoitlarda yuz beradi:

  • Rekleksiya, ya’ni oʻzlari va faoliyatlarini kuzatish va tahlil qilish orqali, qachon va qanday qilib takomillashishni oʻrganishsa; 
  • Kasbiy salohiyatini oshirishga doir biror kursdan so’ng oʻqitish bilan bogʻliq yangi gʻoyalarni tadqiq etish va sinab koʻrishni istashsa; 
  • Har xil kasbiy malakani oshirish tadbirlarida (treninglar, seminarlar, anjumanlar, kurslar, kasbdoshlar bilan suhbatlar va h.k.z.) olingan yangi gʻoyalarni moslashtirishsa; 
  • Oʻz kasbdoshlari oʻtkazayotgan darslarni muntazam kuzatib borib, bildirilgan fikrlarni tahlil qilishsa; 
  • Agar ular oʻz faoliyatlari davomidagi oʻqitishga oid eng yaxshi va eng yomon tajribalar, oʻz muammolarini (oʻqitish yoki kontekstga aloqador) har xil bilim almashish vositalari (taqdimot, muhokama, darslarni yozib olish va ulashish, kuzatishlar, doʻstlarning tanqidiy izohlari va boshqalar) oʻrtoqlashsa.
  • Kasbiy rivojlanish boʻyicha yangi maqsadlarni oʻzlari (pedagog avtonomiyasi) belgilashsa.

Gaskining yozishicha, “pedagoglarning qarashlari va maslaklaridagi oʻzgarishlar asosan ular oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yaxshilanishini isbotlovchi dalillar bilan tanishganda yuz beradi. Boshqa soʻz bilan aytganda, ushbu olim oʻqituvchilar yangi ʻtexnologiyalar” (usullar, oʻqitishga yondashuvlar, materiallar va boshqalar) qoʻllangandan keyin oʻquvchilarning oʻzlashtirishi yaxshi tomonga siljigandagina oʻzgarishini taʼkidlamoqchi. Bunda  kuzatuvsiz pedagoglar kasbiy rivojlanishning ijobiy jihatlarini payqamaydilar.

IMG_4597.jpg 

Turli xil taʼrif va tushuntirishlarga asosan, quyidagilar samarali mentorlikning asosiy xususiyatlari hisoblanadi:

Nisbatan kam tajribali va uzoq yillik tajribaga ega pedagoglar oʻrtasida muntazam muloqot boʻlishi kerak.

Mentorlar yuzma-yuz va shaxsiy hamda kasbiy jihatdan muvofiq boʻlgan yordamni (hissiy, professional, oʻquv, psixologik) koʻrsata bilishlari kerak.

Mentorlar oʻz shogirdlari bilan tez-tez uchrashish, norasmiy muhokamalarga vaqt ajratishlari kerak.

Mentorlar oʻqituvchilarni joriy pedagogik amaliyotlar va gʻoyalarni tahlil qilishga undashi hamda zarurat tugʻilganda oʻquv kontekstiga mos boʻlgan muqobil pedagogik amaliyotlarni ishlab chiqishda koʻmaklashishlari kerak.

Mentorlar oʻz shogirdlarining ishlarini, masalan oʻquv rejalar yoki dars mashgʻulotlarini tekshirish uchun faol hamkorlik qilishlari lozim. Shundagina mazkur ishlarning yutuq va kamchiliklari aniqlanib, ularni tuzatish va yaxshilash yoʻllari ayon boʻladi.

Mentorlar zarur paytda namuna boʻlib, oʻqituvchilarni oʻzlarining taʼlim metodlarini kuzatishga va shu orqali malakalarini oshirishga chaqirishlari kerak – aynan mana shu pedagogik rivojlanishga turtki beradi.

Shogirdlar oʻz kasbiy malakasini oshirishga tayyor va professional rivojlanishi uchun masʼuliyatni his qilishi, tinglashi va oʻrganishi, kuzatishi, savol berishi, tavsiyalar yoki maslahatlarni qabul qilishi, tezkor toʻgʻri choralarni koʻrishi va tahlil qilishi zarur.

Mentorlik tizimi samara keltirishi va oʻqituvchilarning malakaviy hamjamiyatini tuzish uchun mentorlarga uzluksiz dastak va barcha zarur sharoitlar yaratilishi lozim.

Mentorlikni “oʻqitish amaliyoti birgalikda oʻrganuvchi uzluksiz jarayon” sifatida mazkur xususiyatlar va mentorlik bilimini uzatish shakllariga asosan oʻrganish amaliyot hamjamiyati doirasida yuz beradigan faol jarayon deb qabul qilinadi.

“Mehribonlik korpusi” ham maxsus mentorlik dasturini ishlab chiqishni koʻzlagan boʻlib, unda asosiy urgʻu amaliyot hamjamiyatida mentorlar va shogirdlar oʻrtasida faol muloqot orqali bilimlarni hosil qilishga beriladi. Mazkur dasturda ijtimoiy muloqot va hamkorlik asosiy vosita boʻlib, unda mentorlarning asosiy vazifasi yangi bilimlarni uzatishga xizmat qilish va shogirdlarni oʻqitish amaliyotlari va maslaklarini tahlil qilish, uzluksiz konstruktiv fikr-mulohaza taqdim etish va kontekstual jihatdan muvofiq metodologiyalarni ishlab chiqishda hamkorlikdagi kasbiy rivojlanish uchun imkoniyatlarni targʻib etishdan iborat boʻladi.

 

Elyanora Menglieva

Oʻzbekistondagi Mehribonlik Korpusi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
TILDA, FIKRDA, ISHDA BIRLIK

Muhtaram Prezidentimiz jaddid bobolarimizning ushbu g‘oyasini doimiy shiorimiz bo‘lib qolishi zarurligini ta’kidlagan edilar.  Darhaqiqat, qayerdaki til, fikr, ish birligi bo‘lsa, ya’nikim hamjihatlik bor joyda olg‘a siljish, rivojlanish bo‘ladi.    Bugun Yangi O‘zbekiston oldida turgan eng dolzarb vazifa – yosh avlod kamoloti yo‘lida qayg‘urish, pirovardida esa, mamlakat kelajagini yuksak darajalarda rivojlantirishdan iborat. Hech shubha yo‘qki, yoshlarni munosib vorislar etib tarbiyalashning eng maqbul yo‘li, bu – ma’naviyat, bu – ma’rifat yo‘lidir!   To‘raqo‘rg‘on tumanining “Yakkatom” mahallasida joylashgan 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan “Ma’naviyat fidoiylari” shiori ostidagi tadbir ana shu yuksak maqsadlar ro‘yobi yo‘lida tashkil etildi.    Aytish joizki, mazkur mahalla tuman hokimi sektori hisoblanadi. Umuman olganda esa, hokim sektori hududida 13 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bor.       O‘tkazilgan tadbirga ana shu tashkilotlarning direktorlari, metodistlari taklif etildi. Unda so‘zga chiqqan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi sho‘ba rahari Muhabbat Karimovaga ko‘ra:    – Biz maktabgacha ta’lim yoshidagi farzandalarimizni, ayniqsa, tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarini maktabga sifatli tayyorlay olyapmizmi? Ularga qanday ta’lim, qanday tarbiya beryapmiz? Zamon bilan hamnafas qadam tashlayapmizmi? Farzandlarimizdagi tug‘ma qobiliyatlarni o‘stirish uchun yana nimalar qilishimiz kerak? Ularni yaqin va uzoq tariximiz bilan kengroq tanishtirish, ulug‘ siymolarimiz qoldirgan ma’naviy merosni farzandlarimizga ko‘proq singdirish uchun tarbiyachilarimizning o‘zlari qanday bilim va salohiyatga ega bo‘lishi lozim. Bugungi tadbir orqali shu kabi savollarga javob topish bilan birgalikda amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi, – deydi u.  Shubha yo‘qki, keyingi yillarda maktabgacha ta’lim ham son, ham sifat jihatdan o‘zgardi. Buning birgina misoli – mazkur tashkilot. Uning mana bu muhtasham binosi 2022-yilda davlat-investitsiya dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan edi. Endilikda bu yerda 6 ta guruh kesimida qamrab olingan 140 nafar 3 – 7 yoshli bola, zamonaviy shart-sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 11 nafar pedagog ta’limning “Ilk qadam” bosqichi sabog‘ini bermoqda.  Darhaqiqat, mazkur tadbirda o‘zbek xalqining buyuk siymolari yorqin bo‘yoqlarda aks ettirildi. Ular ijodidan she’r va qo‘shiqlar kuylandi. Ayniqsa, tashkilotlarning musiqa rahbarlari hamjihatligida taqdim etilgan ma’naviy-ma’rifiy, ko‘rgazmali va badiiy chiqishlar, ular tomonidan xalq ertaklari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari ko‘pchilikda juda katta taassurot qoldirdi.  Eng muhimi, tadbir davomida yosh iqtidorlar kashf etildi. Masalan, ushbu ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Otabek Abdulhamidov yaqinda 6 yoshga to‘ladi. U hali bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘lishiga qaramay shahmat donalari ustida kattalar bilan ham bemalol bellasha olishini amalda ko‘rsatib berdi.     Tadbir davomida yana bir iqtidor egasi – Dildora Yo‘ldashaliyeva ijro etgan raqslar barchani lol qoldirdi. U ayni paytda hokim sektori hududida joylashgan 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “G‘unchaoy” nomli tayyorlov guruhida tarbiyalanar ekan. Eng qizig‘i, endigina 6 yoshni qarshilayotgan bu qizaloq tumanning “Mozorko‘hna”  mahallasida yashovchi tadbirkor oilada tavallud topganiga qaramay, uning beg‘ubor qalbida halitdan san’atga bo‘lgan oshnolik, mehr va ishtiyoq barchani lol qoldirdi. Boz ustiga, oftobday charaqlab turgan bu qizchaning guruhdosh o‘rtoqlari Mushtariy Jo‘raboyeva, Ziyoda Solijonova, Mubina Ibrohimova, Zilola Ma’rufjonovalar ham raqs bobida ilk qadamlarini Dildora bilan yelkadoshlikda tashlashmoqda.  Tadbir davomida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot va shuningdek, musiqiy rahbarlar jo‘rligidagi jonli konsert ishtirokchilar davrasiga ko‘tarinki zavq va shukuh baxsh etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida sohada pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘quv-amaliy seminarda Agentlik tasarrufidagi 2 ta oliy ta’lim muassasalari Toshkent shahridagi Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahri filiali, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda 91 ta pedagogika kollejlari rahbarlari ishtirok etishdi. 2 ta bosqichda o‘tkazilgan mazkur seminarda dastlab davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ijrosi bu borada maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda bajarilishi kerak bo‘lgan birinchi galdagi vazifalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Shin Agrippina Vasilevna amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga toʻxtaldi. Jumladan, bugungi kunda agentlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida 2 640 nafar talabalar, pedagogika kollejlarida 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 44 522 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ularda ta’lim sifati holati moddiy-texnik bazadan samarali foylanish, ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olib zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar talablari asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda maktabagacha ta’lim sohasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlayotgan pedagogika kollejlari faoliyatini rivojlantirishda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar hamda ularni yangi bosqichga olib chiqish muhim qadam ekanligi aytib o‘tildi.    Shundan keyin, pedagogika kollejlarida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi tahlil qilindi. Toshkent shahridagi Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahri filiali, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hisobotlari eshitildi.  Kunning ikkinchi yarmida, o‘quv seminar doirasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida pedagogika kollejlari direktorlari uchun ta’lim jarayonini tashkil etishdagi o‘zini oqlab kelayotgan an’anaviy hamda zamonaviy tendensiyalarga alohida e’tibor qaratish bu borada lozim bo‘lgan asosiy vazifalar bo‘yicha seminarlar tashkil etildi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion laboratoriya faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, o‘quv-amaliy seminar davomida pedagogika kollejlarini faoliyati samaradorligi bo‘yicha toifalarga kirish ehtimollari ko‘rib chiqildi hamda direktorlarga bu borada qisqa kirish seminar o‘tkazildi. O‘quv-amaliy seminar yakunida muammolar o‘rganildi, fikr-mulohazalar, takliflar eshitildi.              

Maktabgacha ta'lim agentligi
Press-tur

PRESS-TUR Ma’lumot uchun : 2024-yilda Samarqand viloyatida DMTT (davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) soni 759 taga, Nodavlat MTTlar soni 61 taga, DXSH (davlat xususiy sherikchilik) asosidagi MTTlar soni 135 taga, oilaviy MTTlar 3 262 taga ko‘payib, jami MTTlar soni 4 217 taga yetkazilgan. Ularda 356 760 nafar 3-7 yoshli bolalarning 255 777 nafari tarbiyalanmoqda. Natijada qamrov darajasi 69,0 foizga yetkazilgan.  2024-yilda Samarqand viloyatda 3-7 yoshli bolalar qamrovini 69,0 foizdan 72,1 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 268 ta yangi tashkilotlar, shundan 8 ta davlat, 5 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 325 ta oilaviy nodavlat MTTlarni tashkil etish orqali 12 614 nafar bolalarni qamrab olish,   • 10 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlarini tashkil etish va ularga 250 nafar bolalarni qamrab olish; • 50 ta bir yillik bepul majburiy maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etish va ularga 971 nafar 6 yoshli bolalarni qamrab olish; • Homiylik mablag‘lari hisobidan 26 ta bo‘sh guruh xonalarni ta’mirlash hisobiga 580 o‘rinli yangi quvvat yaratish natijada, qo‘shimcha 14 165 nafar 3-7 yoshli bolalarni qamrab olish orqali qamrov darajasini 1 foizga oshirish rejalashtirilgan.  

Вид сайта
Размер шрифта