Istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha maʼlumotlar

news-detail

2022_йил_Инвестка_Обод_26.07_сайт.xlsx

I. 2022-yil Investitsiya dasturi ijrosi toʻgʻrisida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
22-yanvardagi “2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-son qaroriga asosan maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. Unga koʻra, vazirlik tomonidan 2022-yil 24-yanvardagi 9-sonli boʻyruq qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2022-yilda jami 26 770 quvaat (oʻrin)li
176 ta 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shundan, 25 tasi yangidan quriladigan va 151 tasi rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu ishlar uchun jami 800,0 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 26 770 quvvat (oʻrin)ga ega boʻlgan 176 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari yangidan zamonaviy barpo etilishi natijasida, qoʻshimcha 19 150 ta oʻrin (quvvat) yaratilishi belgilangan, shundan – 3 750 ta oʻrin 23 ta obyektni yangidan qurish hisobiga, 1 890 oʻrin 15 ta boʻsh turgan binolarni rekonstruksiya qilish hisobiga hamda 21 130 ta oʻrin 138 ta faoliyat koʻrsatayotgan MTTlar quvvatlarini kengaytirish hisobiga yaratilishi rejalashtirilgan.

Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, 176 ta obyektdan – 23 ta obyekt oldingi yildan oʻtuvchi, - 153 tasi yangidan boshlanuvchi obyektlar hisoblanadi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 19-sonli Rayosati majlisining bayoniga asosan Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DM buyurtmachi xizmati tugatilayotganligi sababli buyurtmachi xizmati masʼulligidagi 2022-yilgi investitsiya dasturi doirasidagi 153 ta yangidan loyihalarni Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IKga topshirish va qabul qilish dalolatnomalari asosida oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
1-fevraldagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 46-son qaroriga asosan pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tender savdolarini Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK tomonidan barchasi oʻtkazilgan va qurilish-taʼmirlash ishlari boshlangan.

Joriy yil 24-iyun holatiga pudratchilar tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotining 23 ta yildan-yilga oʻtuvchi obyektlarida 63 foiz (%)ga, yangidan boshlanadigan 153 ta obyektlarida 23,7 foiz (%)ga qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarilgan.

Joriy yil 1-iyul holatiga yildan-yilga oʻtuvchi 6 ta obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda.

Ushbu 6 ta obyektlarda 840 ta qoʻshimcha yangi quvvatlar yaratilishiga erishildi.

2022-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan qoʻshimcha obyektlar toʻgʻrisida maʼlumot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-25-fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari boʻyicha 16-son bayoniga asosan 2022-yil Dasturiga qoʻshimcha ravishda 1 500 quvvat (oʻrin)li 13 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini yangi qurish va rekonstruksiya qilish qushimcha kiritilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 35-sonli yigʻilish bayoni asosan 2022-yil Dasturiga qoʻshimcha ravishda 3 950 quvvat (oʻrin)li 33 ta (14 ta yangi tashkil etilgan Qukdala tumani, 17 ta respublika va halqaro moliya institutlari hisobidan, 2 ta homiy mablagʻlar hisobidan) maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini yangi qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yoʻnalishida.

1. “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, 2023-yil Investitsiya dasturini shakllantirish uchun boshqarma xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tomonidan hududlarga chiqqan holda, eng ogʻir ahvoldagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovi past boʻlgan hududlarda yangi va rekonstruksiya qilish 212 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini takliflarini shakllantirildi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etildi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-iyundagi
PQ-5144-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, qamrov darajasi past boʻlgan 53 ta tumanda 50 ta (20 ta Qashqadaryo, 23 ta Surhondaryo, 2 ta Samarqand, 4 ta Toshkent va 1 ta Xorazim viloyatlarda) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishning manzilli dasturlari ishlab chiqilib tegishli vazirliklari bilan kelishilgan holda qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borilmoqda.

Bugungi kunda,

Qashqadaryo viloyatida obyektlarning 10 tasi boʻyicha pudrat tashkiloti aniqlanib qurilish-taʼmirlash ishlari boshlandi, qolgan 10 tasi boʻyicha hokimning yer ajratish boʻyicha qarori mavjud emasligi sababli, qurilish-taʼmirlash ishlari boshlanmagan.

Surxondaryo viloyatida obyektlarning 22 tasi boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va hozirgi kunda 17 foiz (%)ni tashkil etadi, qolgan 1 tasi boʻyicha tender savdolari oʻtkazilmoqda.

Samarqand viloyatida 2 ta obyekt boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va hozirgi kunda 28 foiz (%)ni tashkil etadi.

Toshkent viloyatida obyektlarning 1 tasi boʻyicha tender savdolariga eʼlon berilgan, 3 tasi boʻyicha loyihalarga kompleks ekspertizadan ijobiy xulosalar olinmagan.

Xorazm viloyatida 1 ta obyekt boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlarining bajarilishi 75 foiz (%)ni tashkil etadi.

III. 2022-2023-yillarda quz-qish mavsumiga qaror loyihasiga taklif tayyorlash.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish uchun 2022-yilda 623 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini joriy taʼmirlash hamda 109,1 ming tonna koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish rejalashtirildi.

IV. Ijro intizomini taʼminlash yoʻnalishida.

II-chorak boʻyicha Boshqarmaga vazirlik devonxonasi orqali 42 ta hujjatlar kelib tushgan. Ulardan 39 tasining ijrosini taʼminlangan, qolgan 3 tasi ish jarayonida.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan 47 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 38 tasiga tegishli javob xatlari yuborilgan. Qolgan 9 ta murojaatlarning ijro muddatlari kelmaganligi sababli ish jarayonida.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan 2023-yil 3-chorakda asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha amalga oshirilgan davlat xaridlari

Асосий воситалар хариди 3 чорак, 2023-йил.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan 2023-yil 3-chorakda asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risida ma’lumot

Асосий воситаларни харид қилиш бўйича амалга оширилган давлат харидлари тўғрисида маълумот.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта