Sayt test rejimida ishlamoqda

Pedagoglar salohiyatini oshirish ustuvor maqsadimiz

news-detail

Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, xususan, ularning jamiyatdagi mavqelarini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilda, 14742 nafar rahbar va pedagog kadrlarning, shundan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 14 139 nafar, pedagogika kollejlarining 603 nafar pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 14 mingdan ziyod xodimlarini (40 soatga mo‘ljallangan) qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

4P7A6924.JPG

Jumladan, Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasida jahon banki bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilingan holda ishlab chiqilgan 40 soatga mo‘ljallangan muddatli malaka oshirish bo‘yicha pedagoglarni o‘qitilishi 2023 yil avgust-noyabr oylarida uch bosqichda o‘qitish orqali 14 ming pedagoglarni malakasini oshirishga erishiladi.

2019-yildan boshlab Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi 14-19 avgust kunlari tuman/shahar miqyosida o‘tkazilmoqda. Respublika bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarning sifatini oshirishga qaratilgan hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlar va pedagogika kollejlari mutaxassislariga o‘quv-metodik va didaktik materiallardan foydalanish mavzusida amaliy-seminarlar tashkil etildi. Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar, o‘quv kurslari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi Puchon universitetida, YUNISЕF va Jahon banki bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi.

ghghghhg.JPG

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov oltita nominatsiya, “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”,“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha tashkil etildi. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishgan edi. Hududiy bosqichdan tanlovning respublika bosqichiga jami 82 nafar ishtirokchi yo‘llanma olishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashishdi. Shundan, 6 ta nominatsiya bo‘yicha 18 nafar ishtirokchi I, II, III o‘rinlarni egallashdi. I, II, III o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga Maktabgacha ta’lim agentligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari berilib, shu bilan birga: I o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 12 mln. so‘m; II o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 8 mln. so‘m III o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 5 mln. so‘m miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi. Shuningdek, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyalarida I, II, III o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga  davlat granti asosida  oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun yo‘llanma berildi. Tanlovning qolgan ishtirokchilariga Maktabgacha ta’lim agentligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.  Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта