Sayt test rejimida ishlamoqda

#iqtibos #Aqlvoy_avtobuslari

news-detail

“Euronews” telekanali orqali “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rib,  mamlakatning chekka hududlaridagi bolalarni qamrab olish qaroridan hayratda qoldim. Bugun esa men Samarqand viloyatidagi tashrifimiz davomida o‘z ko‘zim bilan noyob loyihani ko‘rdim, shuningdek bizda hali mavjud bo‘lmagan erta rivojlanish markazlarida ham bo‘ldim.

Bugun biz qardosh mamlakatlarimiz bilan maktabgacha ta’lim sohasida hamkorlik qilib, tajriba o‘rganayotganimizdan juda xursandmiz! 

Tojikiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Majidiy Yusuf

“Euronews”  telekanalida efirga ketgan “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rishingiz mumkin: https://is.gd/AvHGDF  

 

 

 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта