Sayt test rejimida ishlamoqda

Videokonferensiya boʻlib oʻtdi

news-detail

2022-yil 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarida yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlash masalalariga oid videokonferensiya boʻlib oʻtdi. 4.jpg

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati va markaziy apparat vakillari, respublikaning barcha viloyat boshqarmalari, shahar va tumanlar boʻlimlari rahbarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash uchun masʼul xodimlar ishtirok etdilar. 5.jpg

 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimlari S.Xodjayev va J.Mavlonov tomonidan murojaatlar bilan ishlashga oid meʼyoriy-huquqiy asoslar hamda maktabgacha taʼlim tizimida murojaatlar bilan ishlashni oʻrganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar toʻgʻrisida axborot berildi.

Maʼlumot uchun, 2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 5764 tani tashkil etadi. 2021-yilda 2020-yilning shu davriga nisbatan murojaatlar soni 1874 taga oshgan.

2020-yilda kelib tushgan murojaatlarning 51,2 foizi qanoatlantirilgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 52,3 foizni tashkil etdi.

 

2021-yilda eng koʻp murojaatlar Toshkent shahridan 868 ta, Samarqand viloyatidan 554 ta, Toshkent viloyatidan 490 ta, Buxoro viloyatidan 479 ta, Namangan viloyatidan 457 ta, Qashqadaryo viloyatidan 457 ta va Jizzax viloyatidan 404 tadan kelib tushgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта