Sayt test rejimida ishlamoqda

Ochiq maʼlumotlar boʻyicha qoʻllanma

news-detail

Soʻnggi yillarda davlat va jamiyat hayotini raqamlashtirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, Maktabgacha taʼlim vazirligi ham fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida rasmiy veb-sayt hamda data.egov.uz portaliga ochiq maʼlumotlarni doimiy joylashtirib bormoqda.

Ochiq maʼlumotlar vazirlik saytining bir nechta ruknlaridan oʻrin olgan. 

Bulardan eng asosiylari:

Sayt menyusidan joy egallagan “Ochiq maʼlumotlar” ruknidir. Oʻz navbatida mazkur rukn ham 2 ichki, kichik ruknlarga boʻlinadi. Yaʼni, ochiq yigʻilishlarni oʻtkazish rejalari, byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlarda barcha uchun zarur boʻlgan hisobotlar, eʼlonlar eʼlon qilinadi. Shu bilan birga mazkur ruknning birinchisida Kengash yigʻilishlari haqida ham xabarlar berib boriladi. 

Keyingi oʻrinda esa saytdagi “Faoliyat” ruknini ham aytib oʻtish kerak. 

Unda vazirlikning ochiq hayʼat majlislari, gender tengligi, xalqaro hamkorlik, korrupsiyaga qarshi kurash, tanlovlar, tenderlar, hisobotlar, eʼlonlar, boʻsh ish oʻrinlari, tashqi qarz ruknlari mavjud. Oʻz oʻrnida bularning deyarli barchasi ochiq maʼlumotlarni oʻzida jamlagan. 

Xususan, tanlovlar, tenderlar, hisobotlar, eʼlonlar, boʻsh ish oʻrinlari, tashqi qarz ruknlari orqali barcha uchun qiziqarli boʻlgan muhim yangiliklar eʼlon qilib boriladi.

Shu bilan birga vazirlik ochiq maʼlumotlar portaliga ham doimiy maʼlumotlarni joylab boradi. 

Portaldan vazirlik maʼlumotlarini topish uchun, avvalo, data.egov.uz ga kirib, asosiy menyuning yuqori chap tomonidan joy olgan tashkilotlar boʻlimiga kirish talab etiladi. Tashkilotlar roʻyxatidan vazirliklarni tanlash lozim. Shundan soʻng, navbatdagi roʻyxatdan “Maktabgacha taʼlim vazirligi”ni tanlaysiz. Undan 25 ta maʼlumotlar toʻplami joy olgan. Istalgan maʼlumotni qidirib topishingiz mumkin. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Вид сайта
Размер шрифта