Sayt test rejimida ishlamoqda

“Davlat-xususiy sherikligi xususidagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani

news-detail

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligining “Davlat-xususiy sherikligi xususidagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

31.jpgUshbu matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan 2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda
davlat-xususiy sherikligi hamda nodavlat sektorini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va bu borada olib borilgan ishlar, natijalar, kamchiliklar, yutuqlar haqida soʻz yuritilib, quyidagilar maʼlum qilindi:

32.jpgMaktabgacha taʼlim tizimini, shu jumladan maktabgacha taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha taʼlim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 ta qarorlari qabul qilinib hozirgi kunga qadar amal qilinmoqda.

33.jpg34.jpgQabul qilingan qarorlar ijrosi sifatida 2018-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 179 270 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun 1 733 nafar tadbirkorlar bilan bitimlar imzolangan.

36.jpg2018-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 20 643 nafar tadbirkorlar tomonidan 626 374 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi hamda 70 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

37.jpgXususan, 116 267 quvvatga ega 1 154 ta davlat-xususiy sheriklik hamda 510 107 quvvatga ega 19 489 ta oilaviy nodavlat bogʻchalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Jami faoliyati boshlangan 20 643 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan 626 374 nafar bolalarning 384 593 (61,4%) nafari ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila farzandlari hisoblanadi (DXSH loyihalarida 28 601 (24,6%), oilaviy loyihalarda
360 135 nafari (70,6%).

38.jpgOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qaroriga asosan qamrovi past boʻlgan tumanlarda 54 825 oʻringa moʻljallangan 2 033 ta oilaviy shakldagi bitimlar imzolandi va oʻz faoliyatini boshladi.

Natijada, bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishda davlat-xususiy sheriklik ulushi 2019-yilga nisbatan 14,0 foizdan 31 foizga oshirildi.

Moliya vazirligi va hududlarga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda 118 042 quvvatga ega 1 155 ta loyihalarni imtiyozli kreditlar bilan moliyalashtirish uchun 2,1 trln. soʻm miqdorida resurs mablagʻi yoʻnaltirildi.

Qolgan loyihalar oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qamrovi past boʻlgan tumanlarda Ishchi guruhi tomonidan koʻrib chiqilgan
90 ta davlat xususiy sheriklik bitimlari imzolanib, oʻrnatilgan tartibda Moliya vazirligiga moliyalashtirish uchun yoʻnaltirildi.

2018-2021-yillarda davomida davlat-xususiy sheriklik asosida
179 270 quvvatga ega 1 733 nafar tadbirkorlar bilan bitimlar imzolangan.

39.jpgShundan:

  • 118 042 quvvatga ega 1 155 ta loyiha toʻliq moliyalashtirildi;
  • 19 643 quvvatga ega 180 ta loyihaga kredit talab etilmaydi;
  • 7945 quvvatga ega 64 ta loyihaga imtiyozli kredit ajratish uchun tavsiya berildi;
  • 5350 quvvatga ega 48 ta loyiha Saudiya taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan;
  • 10 975 quvvatga ega 97 ta loyihaga biriktirilgan tijorat tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan imtiyozli kredit ajratish ishlari olib borilmoqda.
  • 14 550 quvvatga ega 166 ta bilan bitim bekor qilindi (tadbirkorlarning oʻz mablagʻi evaziga davom ettirish hamda iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan loyihalar)
  • 2 765 quvvatga ega 23 ta loyihalar bilan bitim bekor qilish ishlari olib borilmoqda

2018-2020-yillarda imtiyozli kredit ajratilgan, biroq bitimda koʻrsatilgan muddatda oʻz faoliyatini boshlamagan loyihalar soni 74 tani tashkil etadi. 74 ta loyihalardan 46 tasi boʻyicha 9 mlrd. 712 mln.soʻm penya undirish maqsadida sudlardagi daʼvo arizalar qondirildi. Qolgan 28 ta muammoli loyihalar boʻyicha daʼvo arizalari tayyorlanmoqda.

Islom taraqqiyot banki hamda Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) hamkorligida jami 53 mln. AQSH dollari miqdorida imtiyozli mablagʻlarni ajratilishi hisobiga 200 dan ziyod davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirilishi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Kelishuvga erishilgan taqdirda 2023-yildan boshlab loyihalar moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

2022-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar.

2022-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ta hamda
1 200 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali qoʻshimcha 45 000 dan ziyod quvvat hamda 4 000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan.

 

Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 10,9 mln. AQSH dollari miqdoridagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yaratish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ikki tomonlama kelishuvga erishilgan. Kelishuvga asosan
5 350 quvvatga ega 48 ta loyiha moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Ko‘zi ojiz bolalarni o‘qitish va savodli qilishda o‘quv-tarbiyaviy ishlar yetarlicha amalga oshirilmoqda

4-yanvar Butunjahon Brayl alifbosi kuni. Aslida mana shu sanada ko‘zi ojizlar uchun relyef-nuqta alifbosini kash qilgan fransuz tiflopedagogi Lui Brayl dunyoga kelgan. Olimning tug‘ilgan sanasi bugungi kunda kashf etgan ixtirosi bilan yodga olinadi. Chetdan qaraganda bunday shriftni yozish va o‘qish nihoyatda qiyin bo‘lib tuyuladi, lekin ko‘zi ojiz odam uchun xuddi sog‘lom odam kabi blokli tipda o‘qish va yozish kabi tabiiy va osondir. Brayl alifbosi millionlab matnlarda chop etilgan va kompyuter texnologiyalarini moslashtirishda, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab qulay muhit yaratishda qo‘llaniladi. Relyefli nuqtali yozishni o‘zlashtirgan ko‘zi ojiz bolalar so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini va tinish belgilarini eslab qolishadi, bu matnlarni faqat eshitish orqali o‘rganib bo‘lmaydi. Aynan Brayl alifbosi ko‘zi ojiz odamlarga umumiy taʼlim tizimining bir qismi bo‘lishga yordam bera oldi. Nafaqat maktablarni, balki universitetlarni, akademiyalarni ham bitirish, dissertatsiyalar himoya qilish, bilimning barcha sohalarida olim, amaliy va nazariy tadqiqotchi bo‘lish kabi imkoniyatlarni taqdim qildi. O‘zbekiston Respublikasi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan tuzatish-pedagogik va o‘quv-tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda ko‘zi ojiz bolalarning Brayl alifbosidan muvaffaqiyatli foydalanishida zarur bo‘ladigan asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o'qitish mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Ularga — tekislikda yo‘naltirish, taktil tekshiruv, taktil stimullarni aniqlash va qo‘l harakatlarini muvofiqlashtirish kabilarni sanab o'tish mumkin.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha ta'lim vazirligida uchrashuv

Maktabgacha ta'lim vazirligida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri A. Shinning Prezident janoblari Xan Chong Sok boshchiligidagi Puchon universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida tomonlar maktabgacha ta'lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, maktabgacha ta'lim sohasida ta'lim jarayonini raqamlashtirish bilan bog'liq yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan keng ko'lamli masalalarni muhokama qildilar. Uchrashuv doirasida Puchon universiteti vakillari bir qator taqdimotlarni taqdim etdilar, xususan: – Puchon universiteti "Video va o'yin kontenti" fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi uchun tumorlar, timsollar, personajlar va animatsiyalar taqdimoti; – Mega olam platformasi asosida uchrashuvlar va yig'ilishlar o'tkazishga qaratilgan virtual makonning taqdimoti; – ta'lim dasturlarini amalga oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin bo'lgan VR (I-VII) platformasining taqdimoti; – ta'lim kontentini yaratishga qaratilgan AR platformasining taqdimoti. Tomonlar Koreya tomonining innovatsion takliflarini O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimi ehtiyojlariga moslashtirish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar. Uchrashuv yakuniga ko'ra, tomonlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta' lim vazirligi va Puchon universiteti o 'rtasida maktabgacha ta' lim sohasida faol muloqotni davom ettirish uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar o 'tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to'g'risida o'zaro yakdil fikrga keldilar.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
"Zamin" xalqaro jamoat fondi va Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi Elchixonasi tomonidan "Ta'lim muassasalarini zamonaviy yordamchi uskunalar bilan jihozlash" loyihasini amalga oshirish doirasida Toshkent shahrida xayriya aksiyasi o'tkazildi.

2022-yil 27-dekabr kuni "Zamin" xalqaro jamoat fondi va Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi Elchixonasi tomonidan "Ta'lim muassasalarini zamonaviy yordamchi uskunalar bilan jihozlash" loyihasini amalga oshirish doirasida Toshkent shahrida xayriya aksiyasi o'tkazildi.       №404, №442 KTIDMTT direktorlariga eshitish qobiliyatini yo'qotish darajasi har xil bo'lgan bolalar bilan tuzatish, ta'lim va tarbiya ishlarida qo'llaniladigan simsiz FM-tizimlari topshirildi.      Radio sinfidan foydalanish o'qituvchiga o'quv jarayonini osonlikcha boshqarish imkoniyatini beradi va bolalar uchun katta hajmdagi ma'lumotlarni o'zlashtirish yengilroq bo'ladi.      Eshitish qobiliyati pasayishining turli darajalariga ega bo'lgan ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'quvchilari bir qator afzalliklarga ega bo'lishadi: nutq va tilni rivojlantirish jarayoni sezilarli darajada yaxshilanadi, akademik ko'rsatkichlar oshadi va charchoq, aksincha, kamayadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bunday tizimlardan doimiy foydalanadigan bolalarda nutqning rivojlanish darajasi normal eshitish qobiliyatiga ega bolalar nutqining rivojlanish darajasidan farq qilmaydi.     FM tizimi - eshitish qobiliyati cheklangan bolalarni o'qitishda eng muhim elementlardan biridir. Tizim o'qituvchining ovozini eshitish qobiliyati zararlangan o'quvchining qulog'iga to'g'ridan-to'g'ri uzatish uchun uzatuvchi moslamadan foydalanadi, bu esa o'quvchiga fonda shovqin ovozi bo'lsa ham o'qituvchining ovozini tanib olish imkoniyatini beradi.    Bugungi kunda simsiz audio uzatish texnologiyalari (FM-texnologiyalar) tuzatish va pedagogik ishlarda eng samarali vositadir

Вид сайта
Размер шрифта