По иннициативе Хокима и прокуратуры Яккасарайского района завершена реконструкция и сдана в эксплуатацию ГДОО №150 «Эртакжон». Государственная дошкольная образовательная организация «Эртакжон» состоит из 12 групп и рассчитана на 360 мест, на реконструкцию объекта было потрачено 3 млрд. 152 млн. сумов. После ремонта в дошкольной организации столовая отдельная для детей, крытый спортивный стадион, оборудованный в соответствии с современными требованиями, спортивная площадка, ипподром для развития навыков ПДД, бассейн, что позволяет весело провести лето. В то же время, с учетом интереса детей к спорту, были построены шахматные коридоры и отремонтированы детские террасы. Также в рамках 5 важных инициатив, выдвинутых главой государства, в организации построено отдельное здание для кружков, в котором планируется создание групп для пред школьной подготовке и платных услуг. Стоит отметить, что открытие дошкольной организации порадовало жителей района, а также родителей. Пресс-служба Министерства дошкольного образования
«Bor Ekan — Zo’r ekan» —это развлекательный и образовательный журнал для детей дошкольного возраста, разработанный при участии опытных методистов. Уникальный проект создан на основе государственной программы “Ilk Qadam”, контент которого базируется на 5 основных областях развития детей от 1 года до 7 лет таких, как упражнения и задания для развития основных навыков малыша: мелкая моторика, тренировка памяти и формирование сознания, рисование, логика, увлекательные задачки и многое другое . Ссылка: http://innocenter.uz/detskiy-razvlekatelnyiyi-obrazovatelnyiy-jurnal-posobie.html
Gender tenglikni ta’minlash masalasi dunyo bo‘ylab muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir davrda O‘zbekistonda ham bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi va bu mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi ilg‘or qadamidan nishonadir. Bugungi kunda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosatni amalga oshirilishini ta’minlashga doir bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jamiyatning har bir sohasi singari maktabgacha ta’lim tizimida ham gender tenglikni ta’minlash masalasi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.Vazirlik tizimidagi pedagog-xodimlar va tarbiyalanuvchi o‘g‘il va qiz bolalarning barcha sohalarda teng imkoniyatlar hamda imtiyozlarga ega bo‘lishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Vazirlik tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar diqqatga sazovordir. Darhaqiqat, Muhtaram Prezidentimizning “Shu o‘rinda meni ongimizda chuqur ildiz otgan bir aqida ko‘p o‘ylantiradi. Biz doimo ayol – bu ona, oilamiz bekasi, deb ularni ulug‘laymiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Ammo hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart.”-degan fikrlari vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimiz uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyoyevning 2020 yil 14 iyuldagi videoselektor yig‘ilishida ham yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mutasaddi vazirlik va hokimliklarga bergan topshiriqlari, bu borada belgilab bergan yo‘nalishlari bizning vazirlik tizimida gender masalalarini ijobiy hal etish borasida ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar uchun muhim asos bo‘ldi. Prezidentimiz qo‘ygan ushbu masalalar yuzasidan maktabgacha ta’lim tizimida ham yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimida jami 223 620 nafar xodim faoliyat yuritib, shundan 48 815 nafari, ya'ni 21,8%ini 18-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limi va tarbiyasi o‘ta muhim jarayon hisoblanib, bu jarayonga aksariyat hollarda mintalitetimizdan kelib chiqqan holda ayollar jalb etilgan. Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollarning umumiy soni hozirgi kunda 193 439 ta bo‘lib, shulardan 190 731tasi maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlaydigan pedagog xodimlarni tashkil etadi. Qaysidir ma’noda ayollarning bandligi maktabgacha ta’lim tizimida ishlayotgan erkaklar sonidan ustun desa ham bo‘ladi. Misol tariqasida hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 3507 nafar pedagog erkak o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ulardan: Viloyat maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlari – 8; Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlari - 89; Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari- 75; Pedagogika kollejlari direktorlari-71; MTT metodistlari – 8; MTT tarbiyachilari – 8; Defektolog-logopedlar – 59; Psixologlar – 94; Chet tili o‘qituvchilari-168; Musiqa rahbarlari – 2329; Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari – 598. Jami umumiy pedagoglar sonining 3.6 % ni erkak pedagoglar tashkil etadi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida gender tenglikni ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 20 apreldagi 07/2-107-son topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 2020 yil 28 mayda maktabgacha ta’lim vazirining 86-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashini tashkil etish haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi to‘g‘risidagi nizomi hamda Maslahat-kengashi tarkibi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi tarkibi vazirlikda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, Mahallar va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidan malakali mutaxassilaridan iborat tarkibda shakllantirildi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida Respublika Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Zumradoylar davrasi” to‘garagi doirasida, syujetli-rolli spektakllar va boshqa sahnalashtirilgan chiqishlarni tashkil etish maqsadida, 50 dan ziyod ssenariylar yaratildi. Ushbu ssenariylar milliy qadriyatlarga boy, urf-odatlarimiz, ota-ona, farzandlar, qizbola va o‘g‘il bola o‘rtasidagi munosabatlarni, gender tenglikni maktabgacha yoshdagi bolalar ongida shakllantirishga qaratilgan vaziyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gender tenglikni shakllantirish” nomli uslubiy tavsiyanoma Muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanib, ta’lim-tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining 49,7 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etadi. Afsuski, maktabgacha ta’limda gender bo‘yicha tarbiya erkaklar ishtirokisiz kechmoqda. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida erkak pedagoglar tizimga jalb qilinmoqda. Maktabgacha ta’lim yoshidagi o‘g‘il bolalarda jasurlik, mardonavorlik kabi xususiyatlar erkak pedagoglar tomonidan shakllantirilsa kelajakda albatta o‘z samarasini ko‘rsatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha maktabgacha taʼlim vazirligi
Maktabgacha ta'lim vazirligi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5198-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati maktabgacha tarbiya: birinchisi, maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalda amalga oshirish; ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; uchinchidan, respublikada raqobatdosh davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini yaratish, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish orqali bolalarni maktabgacha ta'lim bilan to'liq qamrab olish; , shuningdek alternativani amaliyotga joriy etish bolalarni maktabgacha ta'lim va tarbiya shakllari; to'rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini, shu jumladan xususiy sektorni o'quv jarayoniga joriy etish; beshinchidan, maktabgacha tarbiya muassasalarini milliy madaniy va tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otadigan o'quv, uslubiy, didaktik materiallar, o'quv o'yinlari va o'yinchoqlari, badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash; oltinchidan, rahbarlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. va bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini yuqori kasbiy darajada hal qilishga qodir zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullar asosida maktabgacha ta'lim tizimining pedagogik xodimlari; ettinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizimini yaratish va o'quv jarayoniga jalb qilish tajribali, malakali va o'qituvchilar va mutaxassislar; sakkizinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga bolalarni saqlash uchun munosib sharoitlar, shu jumladan to'liq, oqilona, muvozanatli, sog'lom ovqatlanish, ochiq havoda o'yinlar va mashqlarni hajm va intensivlikda ta'minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish. ko'ngilochar va ma'rifiy tadbirlar elementlari bilan oqilona tibbiy retseptlar bilan belgilanadi; to'qqizinchidan, bolalarga tibbiy yordam ko'rsatadigan maktabgacha ta'lim muassasalarida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan muvofiqlashtirish va ularning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish bo'yicha profilaktika choralarini ko'rish.
Навоий вилояти Мактабгача таълим бошқармасининг тегишли харид комиссияси томонидан 2019 йилнинг 6 декабрь куни соат 10:00 да вилоят Мактабгача таълим бошқармасининг мажлислар залида Навоий вилоятида 2018-2019 йиллар Инвестиция дастурлари доирасида янгидан қурилган ва реконструкция қилинган 29 та давлат мактабгача таълим ташкилотлари учун зарур бўлган мебель ва жиҳозлар (офис жиҳозлари, текстиль маҳсулотлари ва бошқа техникалар ҳамда ошхона учун анжомлар, стол, стул, идишларни ювиш ваннаси ва болалар идиш товоқлари)ни етказиб берувчиларнинг эълон қилган нархларини ва тавсифномаларини таққослаш орқали энг яхши таклифларни танлаб олиш йўли билан харид қилиш учун танлов савдолари ўтказилади.Мазкур танловда иштирок этиш истагини билдирган етказиб берувчилар зарур тегишли ҳужжатларини жорий йилнинг 5 декабрь куни соат 18.00 га қадар бошқарманинг тегишли харид комиссиясига тақдим этишлари лозим.Мурожаат учун манзил ва телефон: Навоий шаҳри, Шодлик кўчаси 6-уй.Тел.: (79) 220-14-75, 220-11-30 Бажарди: В.ҚодировТел (79) 220-14-75
Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takimillashtirish
“Болаларни эрта ёшдан ривожлантиришни такомиллаштириш” (6418-UZ сонли кредит) лойиҳасини амалга ошириш гуруҳи қуйидаги асбоб-ускуналар тўпламини етказиб бериш буйича RFQG01/2020-сонли нарх таклифларини қабулини ўтказмоқда: № Номи Сони 1 Моноблок 7 2 Юқори қувватли кўп функциялиқурилма (МФУ) 1 3 Кичик қувватли кўп функциялиқурилма (МФУ) 2 4 Узлуксиз қувват манбаи (UPS) 7 5 Электр узайтирувчи шнур (удлинитель) 10 6 Симсиз уланиш нуқтаси (Wi-Fi қурилма) 2 7 Ноутбук 1 8 Проектор 1 9 Фотокамера 1 10 Интерактив смарт доска 1 Харид ҳақидаги батафсил маълумот uzmpseprojects@gmail.com га юборилган ёзма равишдаги сўров орқали тақдим этилади. Таклифларни қабул қилишнинг охирги санаси – 11 май 2020 йил, Тошкент вақти буйича соат 15:00 гача.
ЭЪЛОН! Мактaбгача таълим вазирлиги Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳрида жойлашган давлат мактабгача таълим ташкилотларида аутсорсинг усулида соғлом овқатлантиришни ташкил этиш бўйича танлов эълон қилади. Давлат мактабгача таълим ташкилотида аутсорсинг усулида соғлом овқатлантириш Ўзбекистон Республикасидаги мактабгача таълим ташкилотларида соғлом ва хавфсиз овқатлантиришни ташкил этишга қўйиладиган гигиена талаблари (СанПиН) асосида ҳудудий ҳокимликлари томонидан тасдиқланган озиқ-овқат маҳсулотлари нархлари доирасида амалга оширилади. Танлов Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлиги биносида ўтказилади. Манзил: 100070, Тошкент шахри, Амир Темур шоҳ кўчаси, 17-уй. Танловда юридик шахс сифатида давлат рўйхатидан ўтказилган, умумий овқатлантиришни ташкил этиш ҳамда озиқ-овқат маҳсулотларини етказиб бериш бўйича фаолият юритаётган корхона ва ташкилотлар иштирок этиши мумкин. Танловда иштирок этишни ҳоҳловчи корхона ва ташкилотлар Танлов Комиссиясининг Ишчи органи – Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлигининг Болалар саломатлиги, соғлом овқатлантиришни таъминлаш ва ихтисослаштирилган мактабгача таълим ташкилотлари фаолиятини мувофиқлаштириш бошқармаси (А.Садиков, Г.Абророва) билан боғланиши мумкин. Маълумот учун: Тел.: 71 207-04-08 (311); E-mail: mtvsogovqat@umail.uz Танловга қўйилган Тошкент шаҳридаги МТТларнинг лотлар бўйича тақсимланиши мазкур эълонга иловада кўрсатилади ва Мактабгача таълим вазирининг 2020 йил 14 февралдаги "Давлат мактабгача таълим ташкилотларида соғлом овқатлантиришни аутсорсинг усулида ташкил этиш юзасидан танлов ўтказиш тўғрисида" 28-сонли буйруғининг 2 иловаси билан тасдиқланган. Танлов мазкур меъёрий ҳужжат асосида ўтказилади. Танлов иштирокчиларининг таклифлари танлов ўтказиш тўғрисидаги эълонда кўрсатилган манзил бўйича муҳрланган конвертларда тақдим этилади (танловда иштирок этиш тўғрисидаги ариза ташқи конверт устига елимланади). Танлов иштирокчиси Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлигининг веб-сайтида берилган танлов ҳужжатлари намуналари билан танишиб, ўзининг ушбу танловда иштирок этишини расмий равишда хат орқали маълум қилади. Танловда иштирок этиш бўйича таклифлар (расмий хат ва муҳрланган ёпиқ конвертда) Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлигининг масъул ходимларига тақдим этилиши ёки почта орқали вазирликка юборилиши мумкин. Танловда иштирок этиш бўйича таклифларни бериш: 2020 йил 20-25 август кунлари соат 10:00дан 17:00гача (шанба, якшанба дам олиш кунлари ҳужжатлар қабул қилинмайди) Энг охирги қабул қилиш муддати 25 август соат 17-00. Иштирокчиларнинг таклифларини очиш Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлиги биносида (Тошкент шахри, Амир Темур шоҳ кўчаси, 17-уй) амалга оширилади: Таклифларни очиш вакти тўғрисида қўшимча равишда хабар берилади. Давлат мактабгача таълим ташкилотларида аутсорсинг усулида соғлом овақтлантиришни ташкил этиш танловинингЛОТлар бўйича тақсимоти 1 лот Тошкент шаҳар Мирзо Улуғбек тумани 14, 113, 324, 419-МТТ 2 лот Тошкент шаҳар Мирзо Улуғбек тумани 80, 193, 504, 547-МТТ 3 лот Тошкент шаҳар Сергели тумани 46, 109, 297, 564-МТТ 4 лот Тошкент шаҳар Учтепа тумани 207, 361-МТТ 5 лот Тошкент шаҳар Юнусободтумани 30, 163, 519-МТТ 6 лот Тошкент шаҳар Яшнобод тумани 222, 359-МТТ
Мактабгача таълим вазирлиги ўқув-методик маҳсулотлари , дидактик ўйинлар ва ривожлантирувчи ўйинчоқлар бўйича энг яхши тижорий таклифларни танлаб олиш мақсадида савдо танловларида иштирок учун аризалар қабул қилиш бошланганлигини эълон қилади.Иштирок масаласи бўйича +998 97 7230057 телефон рақамига иш кунлари 9.00 дан 18.00 қадар қўнғироқ қилиш ёки "танловда иштирок" белгиси билан электрон манзилга мурожаат қилишингиз мумкин.Танлов ҳужжатлари билан dхarid.uzex.uz портали ва E-mail:devon@mdo.uz орқали танишишингиз мумкин.