TOSHKENT SHAHRI, MIROBOD TUMANIDAGI 489-SONLI MTT dagi HOLAT BO‘YICHA BAYONOT.
Maktabgacha ta'lim vazirligiga karantin choralari amalda ekanligiga qaramay ,Toshkent shahri,Mirobod tumanidagi 489-МТТ hududini tartibga keltirish uchun xodimlar jalb etilganligi haqida xabar kelib tushdi. SHu munosabat bilan MTV majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanligini ma'lum qiladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi mas'ul davlat organlari bilan hamkorlikda bu holat tafsilotlarini har tomonlama o‘rganib chiqdi.Karantin choralarini buzganlik va xodumlarni ta'qiqlarga qaramay MTT hududiga kiritganligi uchun 489-sonli MTT mudirasiga nisbatab intizomiy jazo chorasi qo‘llanganligi va xayfsan berilganligini ma'lum qilamiz. Hurmatli MTT xodimlari va ota-onalar! Mamlakat rahbaruyatining joriy yil 16-martdagi barcha shakldagi MTT lar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqidagi qaroriga ko‘ra,karantin vaqtida MTT hududida xodimlar,tarbiyalanyvchilar va boshqa shaxslar bo‘lishi qat'iy man etilganligini eslatib o‘tamiz. Karantin choralari buzilganligi aniqlangan taqdirda, buni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘rilishi belgilangan. Barchangizni o‘zingiz va yaqinlaringiz calomatligini muhofaza qilish, koronovirus infeksuyasi yuqishining oldini olish maqsadida davlat tomonidan belgilangan choralarga qat'iy rioya qilishga chaqiramiz!
1 iyun nafaqat Xalqaro bolalarni himoya qilish, balki Butunjahon ota-onalar kuni hamdir!
Maktabgacha ta'lim tizimi uchun bu eng muhim sanalardan biri hisoblanadi. O‘tgan yillari biz ushbu sanaga bolalar va ota-onalar uchun alohida tadbirlar tashkil etar edik. Bu yil esa ma'lum holatlar tufayli rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritishimizga to‘g‘ri kelmoqda va biz bolajonlarni tabiat qo‘yniga, istirohat bog‘lari va o‘yin maydonchalariga chorlay olmayapmiz. Bu yil bolajonlarimiz uchun multfilm qahramonlari bilan birgalikda yayrab o‘ynash, o‘zaro musobaqalashib, mukofotlarga ega bo‘lish imkonyati chegaralangan. Havfsizlik choralari tufayli ular uyda bo‘lishlari lozim. Ammo, hatto shunday holat ham, biz bu kunni bayram sifatida nishonlashimizga xalaqit bera olmaydi! Maktabgacha ta'lim vazirligi "UzReport" telekanali, Xalq ta'limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab onlayn-loyiha o‘tkazmoqda. 1- iyun soat 10.00 da "UzReport" telekanalida loyihamizni tomosha qiling!
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin bolalarni bayram bilan tabrikladi.
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovboshchiligidagivazirliklar xodimlari 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi ta'lim muassasalarida bo'lib, bolalajonlarni bayram bilan tabrikladilar va sovg'alar topshirdilar. O'tkazilgan tadbirlar va sovg'alarni topshirish jarayoni karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirildi. Ikki vazirlik vakillari kunning birinchi yarmida Yangiyer Pedagogika kolleji, Yangiyer Akademik litseyi va Guliston Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurishdi. Agrippina Shin Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yo'llagan tabrik nutqida : «Mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan bolalarga doimiy g'amxo'rlik ko'rsatib kelinmoqda. Farzandlarimiz - bu bizning hayotimiz, kelajagimiz va baxtimiz. Har biringizning oilalaringizda va maktabgacha ta'lim muassasalarida e'tibor va g'amho'rlik ko'rsatilayotgan bu bolajonlar kelajakda hayotimizga yanada g'ayrat, ma'no va mazmun bag'ishlayversin, biz kattalarni yangi ijodiy muvaffaqiyatlarga etaklasin» Tashrif davomida Maktabgacha ta'lim vazirligi xodimlari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlarida joylashgan MTTlar ihtiyoriga tarbiyalanuvchilar uchun bolalar velosipedlarini sovg'a qildilar. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 1302 nafar uy ho'jaliklariga vaqtincha joylashtirilgan maktabgacha yoshdagi kichkintoylarga o'yinchoqlar, shirinlik va kiyim kechaklar,jumladan132 nafar maktab yoshidagi tarbiyalanuvchilarga bola uchun foydali va rivojlantiruvchi sovg'alar topshirildi. "Biz sizga nafaqat 1-iyun kuni, balki sizni har kuni himoya qilishga va mehr ko'rsatishga va'da beramiz. Bugun 1-iyun - "Ilk kadam" dasturiga binoan yozgi sog'lomlashtirishdam olish tadbirlari boshlanadigan kun hisoblanadi. Bugun Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda har biringizni tabriklashga harakat qildik: kitoblar, yozgi kiyimlar, velosiped va televizorlar. Bularning barchasisiz uchun yozgi mashg'ulotlarimiznimasofadatomosha qilib shug'ullana olishingiz, shuningdek, bardam va sog'lom bo'lgan holda sentyabr oyida yana jonajon bog'chalaringizga qaytishingiz uchundir. Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida vazirlik xodimlari Sirdaryo viloyatining 16 ta hududida joylashgan ta'lim tashkilotlarida bo'lib, bolalarni bayramlari bilan tabrikladilar va sovg'alarni egalariga etkazdilar.
Hurmatli ota onalar va MTT xodimlari!
Maktabgacha ta'lim vazirligi Koronavirusga qarshi kurash bo’yicha Respublika Maxsus komissiyasi sariq va yashil xududlarda, MTT raxbariyati va xodimlari tomonidan zarur havfsizlik choralarini ta’minlangan holda, ushbu tashkilotlar faoliyatini qayta tiklashga ruxsat berilishi haqida qaror qabul qilinganligini ma’lum qiladi. Ayni vaqtlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi, Respublika Sog’liqni Saqlash vazirligi huzuridagi Sanitarija-epidemiologiya osoyishtaligi Agentligi, xalqaro tashkilotlar, UNICEF va Jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan MTTlar faoliyatini tiklash borasida qo’yiladigan talablar tartibini o’z ichiga olgan nizom ishlab chiqilmoqda. MTTlar faoliyatini tiklash borasidagi tartibi haqida Maktabgacha ta’lim vazirligi o’zining rasmiy saytida yana qo’shimcha tarzda ma’lumot beradi. Talab etiluvchi xavfsizlik choralarini ta’minlab bera oluvchi xususiy MTTlar 2020 yil 15 iyundan faoliyatlarini boshlashlari mumkin. Ayni damda Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar faoliyati havfsizligini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, ularda tarbiyalanuvchilar ovqatlinishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlarni xarid qilish, himoya vositalarini sotib olish, o’rnatish va dezinfeksiya qilish, MTT hodimlarini mehnat ta’tilidan ishga chaqirish bo’yicha tegishli rasmiylashtirish bo’yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda. Hozirgi vaqtda barcha MTT rahbariyati va hodimlari oldidagi eng muhim vazifasi- bu bolalar havsizligini ta’minlashdir. Shundan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta’lim vazirligi MTT tarbiyalanuvchilari uchun havfsiz sharoit yaratish borasidagi ishlarni amalga oshirishga ma’lum vaqt talab etishi bilan bog’liq vaziyatga to’g’ri baho berishingiz va tushunishingizni so’raydi. Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib Davlat MTTlari faoliyating havfsiz va sifatliligini ta’minlash maqsadida ayni vaqtlarda ishlab chiqayotgan jadvali asosida DMTTlarning faoliyati 15 iyundan 1 iyulgacha amalga oshiriladi. Ushbu jadval Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy manbalarida e’lon qilinadi. Karantin choralari yumshatilishidan qat’iy nazar Sizlarni hushyorlikni yo’qotmaslik, koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasi talablariga to’la rioya qilish, o’zingiz va yaqinlaringizni asrashga chaqiramiz. Sizlardan o’zingiz yoki farzandingizda tana harorati ko’tarilishi, nafas qisilishi, quruq yo’tal, holsizlik belgilari paydo bo’lgan zahoti shifokorga darhol murojaat qilish va bu haqida MTT xodimlariga xabar berishingizni so’raymiz.
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina SHin ishchi tashrifi bilan 17-iyun kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir viloyat maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, viloyatdagi qator davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari holatini o'rgandi, 1- avgustdan faoliyatini tiklayotgan MTT larda ko‘rilayotgan hozirlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Dastlab vazir, Buxoro shahridagi 52- sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. 1982 yilda qurilgan ushbu MTT, 2019 yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, 300 o‘ringa mo‘ljallangan. Ayni kunda bu maskanda 180 bolakay tarbiyalanmoqda. Vazir bu yerda bolalar o‘sib-unishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, karantindan keyin MTT o‘z faoliyatni tiklashi uchun kerakli topshiriqlarni berdi. SHu bilan birga vazir shahardagi 350 o‘ringa mo‘ljallangan 51-conli maktabgacha ta’lim tashkilotidaham bo‘ldi. Buxoro shahridagi namunali bog‘cha sifatida e’tirof etilgan bu ta’lim maskanida, ayni kunda 324 nafar bola tarbiyalanmoqda. MTTda 22 nafar pedagog xodim bolalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Vazir Buxoro shahrida joylashgan Pedagogika kollejiga ham bo‘ldi. 2004 yilda kapital ta’mirlangan ushbu kollejda 895 nafar yoshlar 6 yo‘nalish bo‘yichatahsil oladi. Ta’lim dargohida Turkmaniston Respublikasidan kelgan talabalar ham o‘qimoqda. "Buxoro shahridagi Pedagogika kollejini kapital ta’mirlab, bo‘sh turgan binolarga namuna sifatida davlat - xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotini joylashtiramiz" - dedi Agrippina Shin. Vazir kollejga chet ellik talabalarni o‘qishga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar ham beridi. Shuningdek vazir 27-28 aprel kunlari Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuchli shamol oqibatida zarar ko‘rgan Olot va Qorako‘l tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining holatini ham o‘rgandi. Olotdagi 1-2 -3- sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari holatini o‘rganicsh natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish,ularni kapital ta’mirlash borasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Qorako‘l tumanidagi Pedagogika kolleji ham kapital ta’mirlanishiva uning bo‘sh turgan binosidamaktabgacha ta’lim tashkiloti ochish bo‘yicha taklif berildi. "Qorako‘l tumani matematika bo‘yicha yuqori o‘rinda turadi. Kollejni ta’mirlagandan keyin, ta’lim muassasasida matematika fani bo‘yicha qayta tayyorlov kurslarini tashkil etish kerak"- dedi vazir. Vazir tashrif buyurgan yana bir obyekt 18- sonli MTT bo‘lib, uni o‘rganish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda viloyatda jami 1041 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ulardan 409 tasi davlat, 632 tasi esa nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilaridir. Viloyat bo‘yicha 3-7 yoshdagi bolalar soni 145 893 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 84711 nafari maktabgacha ta’lim bilab qamrab olingan. Maktabgacha ta’lim vazirining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni MTT lar bilan qamrab olish, karantindan so‘ng maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatlarini qanday davom ettirishlari bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Buxoro viloyati MTB Axborot xizmati.
Hurmatli ota -onalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari!
Maktabgacha ta'lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Koronavirusga qarshi kurash Maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘i, xavfsizligi bo’yicha barcha choralarni ta'minlash va sanitariya- gigiyena qoidalariga rioya etilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida, “yashil” va “sariq” hududlardagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari( MTT) o‘z faoliyatini 2020-yil 1-avgustdan tiklashini ma'lum qiladi.Ushbu jarayon Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga ko‘ra, bosqichma- bosqich amalga oshiriladi.Davlat MTT larining Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ilgari e'lon qilingan sana 15- iyundan emas, balki 1- avgustdan ochilayotganligiga sabab, MTT faoliyati tiklanganidan so‘ng uning tarbiyalanuvchilari va xodimlari xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash uchun qator choralarni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga jumladan quyidagilar kiradi:-6000 dan ziyod davlat MTT larini kuchdagi “O‘zbekiston Respublikasida MTT lar faoliyatini tashkil etish, ta'minlash va ish tartibi bo‘yicha Sanitariya - gigiyena talablari” SanPiN 0355-18 norma va qoidalariga ko‘ra yuvish, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, shuningdek masofadan ishlovchi pirometrlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash; -2020 yil martida MTTlar faoliyati to‘xtatilayotgani bois, oziq-ovqat mahsulotlari buzilib qolishining oldini olish maqsadida barcha omborlar bo‘shatilganligini inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish; -o‘quv yili boshlanishiga MTT larda ta'mirlash, ular hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, MTT lar faoliyati to‘xtagan davrda, u erda ishchilar bo‘lmaganligi sababli qoniqarsiz ko‘rinishga kelib qolgan daraxtlarni butash, ekinlarni parvarishlash, o‘yin maydonchalarini tartibga keltirish;-MTT lar binosi va hududini dezinfeksiya qilish, sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari bilan hamkorlikda ularning tayorgarligini ko‘rikdan o‘tkazish; -karantin davrida moliyalashtirish to‘xtatilganligini inobatga olgan holda, MTT ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb etish borasidagi ishlarni rejaviy amalga oshirish; -MTT larga qaytayotgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun sharoit yaratish; - “qizil” hududlarda yashovchi tarbiyalanuvchilarning kelishi va xodimlarning ishga jalb etilishi bilan bog‘liq xatarlarni pasaytirish( aholi va MTT xodimlari uchun noqulayliklar minimal darajada bo‘lishi sharti bilan)borasidagi masalalarni hal qilish.Maktabgacha taʼlim vazirligi avvalo bolalar manfaatlari yoʼlida va ular rivojlanishi uchun bexatar muhit yaratish maqsadida harakat qilishini yana bir bor eslatib oʼtadi.Аyni damda MTV tomonidan butun Respublika boʼyicha ota-onalar fikri oʼrganilmoqda va shu yoʼl bilan hozirgi epidemiologik holatda bolalarini bogʼchaga yuborishni hohlamayotgan oilalar aniqlanmoqda. Pandemiya sharoitida maʼlum MTT lardagi ota -onalar toʼla tarkibda bolalarini bog’chaga yuborishni istamasalar alohida MTTlarning ushbu ota- onalar aʼzoligidagi Kuzatuv kengashi tomonidan tashkilot faoliyatini tiklashga ehtiyoj yoʼqligi haqida qaror qabul qilinadi. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan davlat MTTlaridan farqli oʼlaroq, xususiy bogʼchalar faoliyati tiklanishiga joriy yil 15 iyunidan ruxsat berilishi, maʼlum noroziliklarga sabab boʼlganligi hech kimga sir emas. Bunday qaror qabul qilinishida xususiy MTT larda guruhlar soni chegaralanganligi, guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni kam boʼlib, koʼp sonli bolalarning bir yerda toʼplanib qolmasligi, ularda sanitariya-epidemiologik talablar asosida faoliyatni tezkor yoʼlga qoʼya olish imkoniyati kattaligi inobatga olingan.Shuning bilan birga, ayni vaqtda, Maktabgacha taʼlim va Sogʼliqni saqlash vazirliklari hamkorligi, “ЮНИСЕФ” xalqaro bolalar fondi qoʼllovida ishlab chiqilagan va yakuniy kelishuv bosqichidagi "COVID-19 pandemiyasi sharoitida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo’yicha vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash" yakuniy kelishuv bosqichida boʼlib, unga koʼra koronavirusga qarshi kurash Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 2- iyundagi 27- sonli majlis protokoliga koʼra quyidagilar ishlab chiqildi :-COVID -19 pandemiyasi davrida MTT lar faoliyatini tashkil etish boʼyicha vaqtinchalik Nizom; -MTT tarbiyalanuvchisining qonuniy vakillari imzosi uchun blanka shakli; -MTTlarda ishlatiladigan yuvish va dezinfeksiya vositalarining ishlatilish normalari; - tonggi filtr uchun jurnal shakli.Ushbu qarorda koʼrsatilgan qoidalarga koʼra davlat va nodavlat MTT larida:-barcha xodimlar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari xodimlari tomonidan sanitariya-gigiena, epidemiyaga qarshi qoidalar va choralar normasi bilan tanishtirilishi va tayyorgarlikdan o’tishi lozim; -MTT rahbarining bolalar xavfsizligini taʼminlash haqidagi kafolat xati hamda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlarining qarori boʼlgandagina MTT lar faoliyati qayta tiklanishiga ruxsat beriladi;-MTT xodimlari tibbiy niqob taqishi va ijtimoiy masofani saqlashlari shart hisoblanadi;-MTT hududida profilaktik dezinfeksiya ishlari muntazam oʼtkazib turilishi shart;-xodimlar va tarbiyalanuvchilarda tana harorati yuqori boʼlganda, yaʼni u 37˚ dan oshiq boʼlsa, shuningdek oʼtkir resperator infeksiyasi belgilari( tomoq ogʼrishi, yoʼtal, holsizlik va h.k) kuzatilganda ularning MTT ga kelishlari taqiqlanadi-oilada yoki muloqot doirasidagilar orasida COVID-19 aniqlangan bo‘lasa tarbiyalanyvchini MTT ga olib kelmaslik, bu haqda darhol MTT dagilarga xabar berish lozim; -MTT hududiga kirmaslik, bolani mas'ul xodimga topshirish so‘raladi; -MTT joylashgan hududda epidemiologik holat yomonlashgan holatlarda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari tomonidan MTT faoliyati to‘xtatiladi. Sizlardan talab etilayotgan profilaktik choralarga amal qilish,o‘zingiz yoki farzandingizda koronovirus belgilari kuzatilganda o‘z vaqtida MTT rahbariyati va xodimlariga xabar berish, o‘z sog‘lig‘ingiz xavfsizligini ta'minlash, atrofdagilarni infeksiya yuqishidan asrash uchun darhol shifokorga murojaat qilishga chaqiramiz.
Ertak terapiyasi boladagi muammolarni bartaraf etish usuli sifatida.
Ertak terapiyasi nima? Ertak terapiyasi bola idroki uchun murakkab narsalarni unga yengil shaklda etkazish,u bilan ertak yordamida ishonchli aloqa o‘rnatish , unga yaqin kishiga aylanish usullaridan biridir. Farzandlar ota-onalaridan nima yaxshi va nima yomonligini sorab organsa, oilada ota-onaning bola bilan muloqoti yolga qoyilgan bo'lsa, bu nafaqat bolalarning ahloqiy qadriyatlarini shakllantiradi, balki bolaning ota-onasiga bo'lgan ishonchini ham oshiradi. Ertakterapiya bu ma'lum bir muammoni bola bilan hal qilish usulidir. Uning qayta-qayta o'qib berishni so‘raydigan ertagi bormi? Agar bor bo‘lsa , u bola uchun juda muhim masalalarni yoritgan ertak bo‘ladi. Qadim zamonlardan beri еrtaklar davolaydi, u odamlarga yashashni o'rgatadi. Amaliy psixologiyada bu usul tez-tez ishlatiladi va bizning davrimiz uchun ham u o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan."Salomatlik alifbosi" ning navbatdagi sonida ushbu usul haqida so‘z boradi. Bizni chorshanba kunlari soat 18.05 da "Oilaviy" telekanalida ko‘ring