Maktabgacha ta'lim muassasasida elektron navbat 15 oktyabrdan tiklandi
Ota-onalar farzandlarini ECEga tayinlash uchun navbatga qo'yishlari va yo'llanma olishlari mumkin. 2020 yil 15 oktyabr, Toshkent - 2020 yil 15 oktyabrdan boshlab davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalarni elektron shaklda topshirish tizimi qayta tiklandi. Tizim yo'nalishni yaratgandan so'ng, quyidagilarni qilishingiz kerak: Davlat xizmatlari markazida ("Yagona oyna") yo'llanmani oling. My.gov.uz portali orqali murojaat qilgan ota-onalar yo'llanmani Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurmasdan mustaqil ravishda bosib chiqarishlari mumkin; 15 kun ichida maktabgacha ta'lim muassasasiga yo'llanma bering va bolani ro'yxatdan o'tkazing. Ushbu muddat o'tgach, yo'nalish bekor qilinadi; Bizning veb-saytimizda batafsil ma'lumot.
O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’limning va ekologik madaniyatning rivojlantirilishini joriy etish bo‘yicha pilot loyiha. So‘nggi o‘n yilliklarda atrof-muhit bilan bog‘liq muammolar va masalalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik ta’lim va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, sog‘lom jamiyat va barqaror davlat siyosatining qurilishida zaruriy qismga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida YXHT loyihalari Koordinatorining idorasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” Britaniya-O‘zbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va “Hashar Week” ijtimoiy loyihasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’lim va tarbiyani joriy etish dasturini boshlashdi. Loyiha doirasida “Qiziqarli chiqindi” didaktik o‘yinini va o‘qitish metodikasini aprobatsiyasi uchun Toshkent shahrining 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tanlab olindi. YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori idorasining ko‘magida maktabgacha ta’lim sohasidagi mutaxassislar guruhi va “SVB Advisory” kompaniyasining barqaror rivojlanishga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlari hamda O‘zbekistonda ekologik madaniyatni targ‘ib qiluvchi “Hashar week” ijtimoiy loyihasi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarni turli xildagi chiqindini saralashga, chiqindi bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rgatishga, shuningdek kichik motorikani va verbal aql-zakovatini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi. Dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda asosiy mezonlar vizual tasvir va amaliy faoliyat imkoniyatidan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining salohiyatini oshirish maqsadida 2020-yil dekabr oyida Toshkent shahridagi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining 50 nafar tarbiyachilari uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’limi doirasida xulq-atvor psixologiyasi texnikalariga o‘qitildilar, “Qiziqarli chiqindi” dasturining o‘qitish uslubi bilan tanishdilar va barqaror rivojlanish sohasida bilim oldilar. Loyiha doirasida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalariga begovel (bolalar pedalsiz velosipedini) taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi velosport federatsiyasi ko'magida pedalsiz velosipedlari maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Begovelda minish uslubi loyihasi O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi ko'magida Velosport federatsiyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Begovel yordamida bolalarga erta yoshdan boshlab koordinatsiya va muvozanatni ushlashni o‘rgatish mumkin. Ushbu texnikaning afzalligi - bolaning motorik faolligini ta'minlash, oyoq mushakklarini mustahkamlash, shuningdek, velosipedda mashq qilish uchun samarali tayyorgarlik jarayoni imkoniyatlarini oshirishdan iborat. 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalari asosida o‘tkazilgan pilot loyiha natijalarini hisobga olgan holda, hamkorlar tomonidan (YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” va “Hashar Week”) butun Respublika bo‘ylab “Qiziqarli chiqindi” o‘qitish metodikasi va didaktik o‘yinini yanada kengaytirish strategiyasi ishlab chiqiladi, shuningdek maktabgacha ta’lim tizimida ekologiya yo‘nalishida dastur yaratish va uni joriy etish yo‘lga qo‘yiladi. Ma’lumot uchun: 2020-yil noyabr oyida YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Velosport federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi, uning doirasida ekologik ta’lim bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi, bu YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tomonidan hukumatga yashil iqtisodiyot mexanizmlarini joriy qilishda ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Uchinchi renessans avlodini voyaga yetkazish yoʼlida MTV tomonidan yosh avlodga milliy qadriyatlarni eʼzozlash, buyuk siymolarimiz bilan gʼururlanish hissini shakllantirish, maʼnaviy, maʼrifiy va madaniyati yetuk inson boʼlib tarbiyalash maqsadida 2021 yil Yoʼl Xaritasida ishlab chiqilgan. Kuni kecha Fargʼona viloyatining Rishton tumanidagi DMTT tarbyalanuvchilari “Xoʼja Rushnoi” ziyoratgohiga tashrif buyurdi. Shu bilan birga, yangi qad rostlagan “Xalqaro kulolchilik markazi”ga bolajonlar tarbiyachi pedagoglari bilan hamrohligida hunarmandchilik mahsulotlarini koʼzdan kechirib, ularni oʼrganishdi. Bolaligidanoq milliy hunarmandchilik anʼanalarining tarixiy sir-asrorlarini ongiga singdirish, kelajakda bolalarimizni hunarni qadrlashga olib keladi.
M А ‘ L U M O T Kadrlar boshqarmasida joriy yilning 12 oyi davomida jami 849 ta buyruq ishlab chiqilgan boʼlib, shundan: 580 ta xodimlarga oid, 269 ta xizmat safariga oid buyruqlar. Kadrlar boshqarmasiga joriy yilning 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 516 ta murojaatlar kelib tushgan boʼlib, shundan: 451 ta yozma hamda 65 ta ogʼzaki murojaatlar oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqilib natijalari boʼyicha mualliflarga javob xatlari yuborildi. Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 133-moddasiga koʼra barcha xodimlarga, shu jumladan oʼrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun vazirlik xodimlarining 2020 yil uchun yillik taʼtillar jadvalini tasdiqlash maqsadida har bir tarkibiy boʼlinma rahbarlari hamda xodimlarining xohishlarini hisobga olgan holda taʼtillar jadvali shakillantirib vazirlik kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʼrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. U ish beruvchi bilan xodimlarning vakillik organi oʼrtasida oʼzaro kelishib olishga qaratilgan shartnoma hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Maktabgacha taʼlim vazirligi mehnat jamoasining 2020 yil 26 martdagi umumiy yigʼilishida maʼqullangan 10-sonli bayoniga asosan Maktabgacha taʼlim vazirligining “Maktabgacha taʼlim vazirligi maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillar uchun JАMOА ShАRTNOMАSI” tuzildi. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Kadrlar boshqarmasi toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq boshqarma xodimlarining xizmat vazifalaridan kelib chiqib, Kadrlar boshqarmasi xodimlarining vazifalar taqsimoti ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Namangan viloyati Namangan shahri 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Shamsibaeva Muqaddas Mamadalievnaning nomzodi Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi Boshqaruvining 2020 yil 18 fevraldagi B-03-14-sonli qaroriga asosan “Moʼʼtabar ayol” koʼkrak nishoni bilan mukofatlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining 2020 yil 19 fevraldagi 05-577-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga maktabgacha taʼlim tizimida koʼp yillardan buyon samarali mehnat qilayotgan, respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlarda faol va tashabbuskor boʼlib, yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʼshib kelayotgan, el-yurt izzat-hurmatiga sazovor boʼlgan 167 nafar xodimlar collective.uz elektron maʼlumotlar bazasiga kiritildi hamda nomzodlarning hujjatlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasiga yuborildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan maktabgacha taʼlim taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʼrnak koʼrsatgan 18 nafar xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan 4 nafari hamda “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 14 nafari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4502-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning son va sifat tarkibi, vakansiyalarni shakllantirish “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʼrinlarda -“YaMMT” IDАK) amalga oshirilishi belgilab qoʼyilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqasadida, vazirlik markaziy apparati xodimlarining maʼlumotlari “YaMMT” IDАKga kiritilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda. Qoraqalpogʼiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʼlimlari, idoraviy mansub tashkilotlari hamda pedagogika kollejlarida faoliyat yurtitayotgan xodimlar boʼyicha statistik maʼlumotlar umumlashtirildi. Maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarni kelgusida moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish, ularning jamiyat hayotida ijtimoiy mavqeini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim fidoyisi” koʼkrak nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi hamda www.project.gov.uz sayti orqali jamoatchilik muhokamasiga, vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Oʼzbekiston Repsublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan kelishilgan “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 2020 yilda korruptsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ning 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga qabul qilingan xodimlarini korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha masofadan oʼqitish (onlayn) tizimi orqali qisqa muddatli oʼquv kurslarini tashkil etish haqida”gi buyruq tayyorlandi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 4944 nafar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari qisqa muddatli oʼquv kurslarida malakasi oshirildi. Oʼzbekiston Repsublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan kelishilgan “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 2020 yilda korruptsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ning 3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda pedagog xodimlari oʼrtasida Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlarining faoliyatini baholash koʼrsatkichi” ishlab chiqilib, xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarga yuborildi. Xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlarini doimiy lavozimga tayinlash uchun kiritilagan 774 nafar tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari oʼrganib chiqilib, hududlarga kelishish yoki boshqa nomzod yuborish toʼgʼrisida javob xatlari yuborildi. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki hamkorligi doirasida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi boʼyicha Kadrlar boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha taʼlim tizimi salohiyatini oshirish rejasini ishlab chiqishda texnik yordam koʼrsatish boʼyicha” hamda Monitoring va baholashning mavjud jarayonlari va vositalarning umumiy koʼrinishi boʼyicha texnik yordam koʼrsatish boʼyicha texnik vaziflar ishlab chiqildi. Maktabgacha taʼlim tizimidagi 2020 yil davomida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish hisobidan jami 15 874 nafar yangi ish oʼrinlari yaratilagan boʼlib, jumladan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hisobidan 3673 nafar, davlat-xususiy sherikchilik shaklidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 4040 nafar, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 7913 nafar hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 248 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida 2020 yil davomida 18-30 yoshgacha boʼlgan 6557 nafar yoshlar vazirlik tizimidagi tashkilotlarga ishga joylashtirilgan boʼlib, jumladan, boshqaruv tizimi lavozimiga 2571 nafar hamda texnik va xizmat xodimi vazifasiga 3986 nafar yoshlar ishga joylashtirilgan.
Gender tenglikni ta’minlash masalasi dunyo bo‘ylab muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir davrda O‘zbekistonda ham bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi va bu mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi ilg‘or qadamidan nishonadir. Bugungi kunda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosatni amalga oshirilishini ta’minlashga doir bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jamiyatning har bir sohasi singari maktabgacha ta’lim tizimida ham gender tenglikni ta’minlash masalasi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.Vazirlik tizimidagi pedagog-xodimlar va tarbiyalanuvchi o‘g‘il va qiz bolalarning barcha sohalarda teng imkoniyatlar hamda imtiyozlarga ega bo‘lishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Vazirlik tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar diqqatga sazovordir. Darhaqiqat, Muhtaram Prezidentimizning “Shu o‘rinda meni ongimizda chuqur ildiz otgan bir aqida ko‘p o‘ylantiradi. Biz doimo ayol – bu ona, oilamiz bekasi, deb ularni ulug‘laymiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Ammo hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart.”-degan fikrlari vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimiz uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyoyevning 2020 yil 14 iyuldagi videoselektor yig‘ilishida ham yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mutasaddi vazirlik va hokimliklarga bergan topshiriqlari, bu borada belgilab bergan yo‘nalishlari bizning vazirlik tizimida gender masalalarini ijobiy hal etish borasida ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar uchun muhim asos bo‘ldi. Prezidentimiz qo‘ygan ushbu masalalar yuzasidan maktabgacha ta’lim tizimida ham yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Hususan, maktabgacha ta’lim tizimida 50 000 dan ortiq yoshlar ishlagan bo‘lsa joriy yilda esa 5 320 ishga qabul qilindi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limi va tarbiyasi o‘ta muhim jarayon hisoblanib, bu jarayonga aksariyat hollarda mintalitetimizdan kelib chiqqan holda ayollar jalb etilgan. Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollarning umumiy soni hozirgi kunda 193 439 ta bo‘lib, shulardan 190 731tasi maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlaydigan pedagog xodimlarni tashkil etadi. Qaysidir ma’noda ayollarning bandligi maktabgacha ta’lim tizimida ishlayotgan erkaklar sonidan ustun desa ham bo‘ladi. Misol tariqasida xozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 3507 nafar pedagog erkak o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ulardan: Viloyat maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlari – 8; Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlari - 89; Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari- 75; Pedagogika kollejlari direktorlari-71; MTT metodistlari – 8; MTT tarbiyachilari – 8; Defektolog-logopedlar – 59; Psixologlar – 94; Chet tili o‘qituvchilari-168; Musiqa rahbarlari – 2329; Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari – 598. Jami umumiy pedagoglar sonining 3.6 % ni erkak pedagoglar tashkil etadi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida gender tenglikni ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 20 apreldagi 07/2-107-son topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 2020 yil 28 mayda maktabgacha ta’lim vazirining 86-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashini tashkil etish haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi to‘g‘risidagi nizomi hamda Maslahat-kengashi tarkibi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi tarkibi vazirlikda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, Mahallar va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidan malakali mutaxassilaridan iborat tarkibda shakllantirildi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida Respublika Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Zumradoylar davrasi” to‘garagi doirasida, syujetli-rolli spektakllar va boshqa sahnalashtirilgan chiqishlarni tashkil etish maqsadida, 50 dan ziyod ssenariylar yaratildi. Ushbu ssenariylar milliy qadriyatlarga boy, urf-odatlarimiz, ota-ona, farzandlar, qizbola va o‘g‘il bola o‘rtasidagi munosabatlarni, gender tenglikni maktabgacha yoshdagi bolalar ongida shakllantirishga qaratilgan vaziyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gender tenglikni shakllantirish” nomli uslubiy tavsiyanoma Muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanib, ta’lim-tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining 52 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etadi. Afsuski, maktabgacha ta’limda gender bo‘yicha tarbiya erkaklar ishtirokisiz kechmoqda. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida erkak pedagoglar tizimga jalb qilinmoqda. Shu bilan birga, aytib o‘tish joizki, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 19 martdagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi 47-sonli buyrug‘i va 2019 yil 29 iyuldagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2019” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichini tashkil etish, o‘tkazishva g‘oliblarni taqdirlash to‘g‘risida”gi 130-sonli buyrug‘iga binoanilk marotaba 2019 yil 19-21 avgust kunlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2019” kasbiy ko‘rik-tanlovida erkak pedagoglar ham ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan erkak tarbiyachi qo‘lga kiritdi hamda oliy ta’lim muassasalariga mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bo‘yicha yo‘llanma oldi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi o‘g‘il bolalarda jasurlik, mardonavorlik kabi xususiyatlar erkak pedagoglar tomonidan shakllantirilsa kelajakda albatta o‘z samarasini ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparatida mavjud vakant lavozimlar to‘g‘risida ma’lumot
2021 йил 26 январь ҳолатига № Таркибий бўлинмаларнинг номланиши ва лавозимлар номи Ходимларнинг исми ва шарифи Изоҳ Вазир девони 1 Бош мутахассис Вакант 1 Жами 1 Мактабгача таълим соҳаси сиёсатини шакллантириш ва стратегик ривожлантириш бош бошқармаси 2 Етакчи мутахассис Вакант 1 Жами 1 Ички аудит, молиявий ва ҳуқуқий назорат ҳизмати 3 Қорақалпоғистон Республикаси бўйича ички аудит, молиявий ва ҳуқуқий назорат бўлими бош мутахассиси Вакант 1 4 Андижон вилояти бўйича ички аудит, молиявий ва ҳуқуқий назорат бўлими бош мутахассиси Вакант 1 5 Наманган вилояти бўйича ички аудит, молиявий ва ҳуқуқий назорат бўлими бош мутахассиси Вакант 1 Жами 3 Юридик бошқарма 6 Бош юрисконсульт Вакант 1 Жами 1 Педагог кадрлар сифатини ошириш ва педагогика коллежлари фаолиятини мувофиқлаштириш бошқармаси 7 Бошқарма бошлиғи Вакант 1 Жами 1 Халқаро ҳамкорлик ва чет эл инвестицияларни жалб қилиш бошқармаси 8 Бошқарма бошлиғи Вакант 1 Жами 1 Ахборот коммуникация технологиялари ва ахборот хавфсизлиги бошқармаси 9 Етакчи мутахассис Вакант 1 Жами 1 Молиявий-иқтисодий ривожланишни режалаштириш бошқармаси 10 Бошқарма бошлиғи Вакант 1 Жами 1 Бухгалтерия ҳисоби ва ҳисоботи бошқармаси 11 Бош мутахассис Вакант 1 Жами 1 Жами ВАКАНСИЯ 11
Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi UP-5198-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrda PQ-3305-sonli "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida". Institut o'z faoliyatini amalga oshiradi: rahbarlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida va pedagogik zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullardan foydalangan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini yuqori professional darajada hal qilishga qodir bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimining kadrlari: maktabgacha ta'lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi; ikkalasini ham nazorat qiladi maktabgacha ta'lim muassasalarining sinterlovchi pedagogik xodimlari; maktabgacha ta'lim sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi; ushbu sohada zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilg'or xorijiy tajribalarni joriy etishga ko'maklashadi. pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga maktabgacha ta'lim; maktabgacha ta'lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni kasbiy tayyorlash amalga oshiriladigan mutaxassisliklar ro'yxatini belgilaydi; davlatning etakchi va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o'tkazishni tashkil etadi maktabgacha ta'lim muassasalari;
Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Xabarovsk o'lkasining Trans-Amur qismi va Rossiya Federatsiyasining Primorsk o'lkasini qamrab olgan fizik-geografik mintaqa. Mintaqa 1860 yilda, Tsing imperiyasi bilan Pekin shartnomasi natijalariga ko'ra Rossiyaning tarkibiga kirdi.
Bor Ekan - Zo'r ekan is an entertaining and educational magazine for preschool children, developed with input from experienced educators. The unique project was created on the basis of state program “Ilk Qadam”, the content of which is based on 5 main areas of children development from 1 to 7 years, such as exercises and tasks for basic skills: fine motor skills, memory training, consciousness formation, drawing, logic, exciting puzzles and etc. Link: http://innocenter.uz/detskiy-razvlekatelnyiyi-obrazovatelnyiy-jurnal-posobie.html
«Bor Ekan — Zo’r ekan»- бу мактабгача ёшдаги болалар учун кўнгилочар ва таълим журнали, у тажрибали методистлар иштирокида ишлаб чиқилган. Нойоб лойҳа "Ilk Qadam" давлат дастури асосида яратилган бўлиб, унинг контенти 1 йошдан 7 йошгача бўлган болаларни 5 асосий соҳада ривожлантиришга асосланади. Уларнинг мазмунида кичкинтойнинг асосий кўникмаларини ривожлантирувчи машқлар ва вазифалар мавжуд: майда моторика, хотирани машқ қилдириш ва онгни ривожлантириш, расм чизиш, мантиқ, қизиқтирувчи вазифалар ва кўплаб бошқалар. Ҳавола: http://innocenter.uz/uz/bolalar-kongilochar-talim-qollanma-jurnali.html