“Aqlvoy” telekanali hamda "Aqlvoy oshpaz" kitobining taqdimotidan fotoreportaj.
Sifatni oshirishga qaratilgan islohot
Barchamizga ma'lumki, har bir rahbar kadr o'z ustidan muntazam ravishda ishlamasa, o'zini rivojlantirish yo'lida sa'y-harakatlarni amalga oshirmasa, zamon talabidan yiroqlashadi. Aynan shu masalada maktabgacha ta'lim sohasida barcha hududiy rahbar xodimlarni lavozimga kompetentligi yuzasidan isloh qilish jarayoni vujudga keldi. Ko'pchilikka sir emas so'nggi to'rt yilda sohada bolalar qamrovi 60 foizdan oshdi, Mttlar soni 18 126ga etdi, bularning zamirida avvalom bor Davlat rahbarining siyosatlari yotibdi.Davr talabi bo'yicha hududlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ko'paytirish, tarbiyalanuvchilarning yanada qamrovini kengaytirish va ularga beriladigan ta'lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari dolzarbligini e'tiborga olgan holda, bir qator ishlar amalga uchun zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.Ammo, tan olishimiz kerakki chekka hududlarda hamon qamrov darajasi past, shu bois, tumanlarning olis va chekka hududlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida qurish, zamonaviy jihozlar va qo'llanmalar bilan ta'minlash hamda ta'lim-tarbiya sifatini talab darajasiga ko'tarish lozim. Bu borada hududlardagi har bir rahbar xizmat majburiyatlarini amalga oshirishda sustkashlikka yo'l qo'ymasdan, o'z ustida ishlashi, malakasini oshirib borishi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to'laqonli bajarishi shartligi belgilangan. Aynan shu maqsadda, vazirlik tomonidan viloyat va tuman rahbarlarini o'z lavozimlarida vaqtincha vazifani olib borish mas'uliyati yuklatilyapti. Nega degan savol tug'iladi? Bunda har bir rahbar xodim, ishlab turgan lavozida yanada shijoatkorlik, yuklatilgan vazifasidan kelib chiqib, yangi g'oyalar va tashabbuslar bilan sohani rivojlantirishga qaratilgan dasturlar yaratilishi ko'zda tutilgan.Yuqoridagilarni inobatga olib, hududlardagi har bir rahbar xodimlar maktabgacha ta'lim sohasidagi o'zgarishlarga munosib hissasini qo'shishi maqsadida o'z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirilib, mas'uliyatni sezgan holda o'z lavozimiga loyiqligini oshkoralik va shaffoflikka rioya qilgan holda, xalqning ishonchini oqlashi hamda faoliyatining samarasi va natijadorligiga erishishi talab etilmoqda.
MAVZU: 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi hamda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, uning Oʼzbekistonda oʼziga xos xususiyatlari, vazirlik tashkil etilganidan buyon olib borilgan faoliyat samaradorligi va uning hozirda izchil davom etayotganini hayotiy misollar va ilmiy asoslangan tahlillar asosida xolis va haqqoniy yorituvchi materiallar qabul qilinadi. Tanlovga 2020 yilning 5 sentyabridan 2021 yilning 5 iyungacha boʼlgan davrda rasman chop etilgan, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida eʼlon qilingan maqolalar, radio va telekanallarda efirga uzatilgan materiallar joriy yilning 23 iyuniga qadar qabul qilinadi. Barcha taqdim etilgan materiallar Ishchi guruh tomonidan oʼrganiladi. Respublikada faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalari vakillari (tanlovga) oʼz ijodiy ishlarini Oʼzbekiston Respulikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga joriy yilning 23 iyunigacha shaxsiy maʼlumotnoma, bogʼlanish uchun telefon raqami va pasport nusxasini ilova qilingan holda taqdim etishlari lozim boʼladi. “Yangi Oʼzbekistonda farzandlar kelajagi!” tanlovida 3 yoʼnalishda jami6 ta gʼolib aniqlanadi: 1-yoʼnalish: “Eng yaxshi publitsistik material” (bosma nashrlar) 2 nafar gʼolib (oʼzbek va rus tilidagi material uchun) 2-yoʼnalish: “Eng yaxshi maqola” (internet saytlar va nashrlar) 2 nafar gʼolib (oʼzbek va rus tilidagi maqola uchun) 3-yoʼnalish: “Eng yaxshi efir materiali” (televidenie va radio) 2 nafar gʼolib (oʼzbek va rus tilidagi efir materiali uchun) Talab qilinadi: Ishtirokchilar oʼz materiallarini @MTVtanlov_bot telegram manziliga yuborishlari kerak, zarur savollar boʼyicha +99899-861-96-56 qoʼngʼiroq qilishlari mumkin. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati
Bu yurtning barcha bolalari eʼtiborda!
Har qanday davlat siyosatining insonparvar tamoyillarga asoslanishi, jamiyatda aholining nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning erkin, farovon yashashi uchun kerak boʼlgan barcha sohadagi qoʼllab-quvvatlanishlari bilan belgilanadi. Аlohida yordamga muhtoj boʼlgan bolalarning taʼlim olish jarayonini isloh qilib borish, rivojlanish darajasidan qatʼiy nazar, har bir davlat va jamiyat oldida turgan masaladir. Ularning ijtimoiy hayotda munosib tarzda oʼz oʼrnini topishi, bevosita ishtirok etishi uchun taʼlimni toʼlaqonli oʼzlashtirishi hamda uning zamirida muayyan kasb-hunarni egallay olishi lozim. Oddiy sharoitlarda, maktabgacha taʼlim tizimida kamol topgan, tibbiy jihatdan sogʼligida nuqsoni bor boʼlgan bolalar olgan taʼlimining darajasi ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi, moslashuvi hamda jamiyat hayotiga samarali uygʼunlashuvining muvaffaqiyatiga bevosita taʼsir koʼrsatadi. Yaʼni mazkur taʼlim tizimi sharoitida bilimlarni egallagan, ijtimoiy hayotda yashash uchun zaruriy sanalgan koʼnikmalar va kasb hunarni egallagan har qanday nogironligi boʼlgan shaxs oʼzgarishlar jarayoniga tez va qulay moslashib, shaxsiy va oilasining hayotini farovonlashtirishi orqali mamlakat aholisi turmush darajasining yuqorilashuvini taʼminlaydi. Shu jihat bilan bogʼliq holda taʼlim tashkilotlarining bugungi vazifasi alohida yordamga muhtoj bolalarni oʼz oilasi, mahallasida oʼsib kamol topishiga qulay sharoit yaratib berish orqali zamonaviy bilimlar, hayotga toʼsiqlarsiz uygʼunlashib ketishining omili sanalgan ijtimoiy malakalar bilan qurollantirish, mustaqil ravishda faoliyat koʼrsata olishga oʼrgatishdan iborat etib belgilanmoqda. Maktabgacha taʼlim vaziri hamda tegishli boshqarma boshliqlari bolajonlar uchun korreksion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan Chilonzor tumanidagi 289-sonli va Qibray tumanidagi 34-sonli koʼptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda bolajonlar tomonidan sheʼrlar, raqslar ijro etildi. Koʼngli koʼtarilgan qalbi murgʼak shirintoylarni koʼrganda, inson beixtiyor koʼngli shod boʼladi. Tadbir soʼngida har bitta bolajonga sovgʼalar taqdim etildi. Аyniqsa, tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar tomonidan aynan shunday bolajonlar jamiyatda oʼz oʼrnini topishi maqsadida qilinayotgan saʼy-harakatlari uchun minnadorchilik bildirildi. Аlbatta, bu kabi insonparvarlik siyosatining davlat tomonidan amalga oshirilishi, alohida ehtiyojga ega boʼlgan bolalarni jamiyat hayotiga faol aralashuvi, qolaversa jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼlishi kabi maqsadlar olgʼa surilayotganligining bevosita guvohi boʼlmoqdamiz. Bu kabi yuksak eʼtibordan ota-onalarning xursandchiligi cheksizdir, shu bilan birga farzandining ertasi uchun davlat qaygʼurayotganligidan koʼngillari tinch va xotirjamligi ularning chehralaridan anglash qiyin emas. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati
Jamoatchilik kengashi aʼzolari uchun seminar tashkil etildi
Maktabgacha taʼlim vazirining 2019 yil 4 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 207-son buyrugʼi asosida yigirma toʼrt kishidan iborat vazirlik huzuridagi jamoatchilik kengashi tarkibi shakllantilgan boʼlib, jamoatchilik kengashi raisi sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori Sultanova Eʼtibor Siddiqovna tasdiqlangan. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalaridan biri sifatida sohaga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʼyobga chiqarish boʼyicha vazirlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish belgilangan. Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan "Zoom" platformasi oqali tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Jamoatchilik Kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda jamoatchilik kengashi raisi Eʼtibor Sultanova, jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda vazirilik xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda vazirlik tomonidan 2021 yil besh oyida jamoatchilikka taqdim etilgan maʼlumotlar hisoboti berildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati
Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanida faoliyatini boshlagan yangi MTTlar
Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufida 43 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat ko'rsatib, shundan 23 ta davlat, 2 ta xususiy, 1 ta Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat va 17 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari hisobiga to'g'ri keladi.Hozirgi kunda viloyatdagi mavjud 10 817 nafar 3-7 yoshli bolalarning 6 013 nafari yoki 55,6 foizi mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olindi.O'rta Chirchiq pedagogik kolleji qoshida 7 sonli DMTT ochildi. MTT binosi butunlay ta'mirlanib, hozirda u 8 ta guruhni (240 nafar tarbiyalanuvchidan iborat) o'ziga sig'dira oladi. Ichki jihozlar va mebel bolalarning yoshi inobatga olingan holda yengil va ekologik toza materiallardan ishlangan.Maktabgacha ta'lim yo'nalishiga 2019 yil sentyabr oyidan O'rta Chirchiq pedagogika kollej bazasida maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar yo'lga qo'yilib, 240 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti "Vodiy sarkor biznes" MCHJ korxonasi tomonidan jami qiymati 2 mlrd. 200 mln. so'mlik qurilish ishlari olib borildi.Tumandagi kim-Pen Xva maxalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan "Do'stlik" nomli 19-DMTT 1973-yilda qo'rilib, 140 quvvatga ega. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining 2018 yil 19-dekabrdagi PQ-4067-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil "Investisiya" dasturi asosida rekonstruktsiya qilinib, 325 quvvatga ega zamonaviy DMTT qurib bitkazildi. Bugungi kunda ushbu DMTT obyekti qurilish-ta'mirlash ishlari yakulanib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.Tumanda 7 sonli va 19 sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshlanishi natijasida yangi 62 ta ish o'rini va 565 quvvat yaratilib, tumanning qamrovi 6 013 nafar yoki 55,6 foizdan 6 578 nafar yoki qo'shimcha 5,2 foiz qamralib, 60,8 foizga yetkaziladi.
2021-yil 11-iyunь kuni JICA ning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oʼzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan "Oʼzbekistonda maktabgacha va boshlangʼich maktab taʼlimida imkoniyati cheklangan bolalar ehtiyojlariga javob berish uchun oʼqituvchilar salohiyatini mustahkamlash" boʼyicha hamkorlik bayonnomasi imzolandi. Loyihaning umumiy maqsadi inklyuziv taʼlimni targʼib qilish, shuningdek, inklyuziv taʼlimda oʼqituvchilarning amaliy faoliyati uchun asos sifatida alohida eʼtiborga muhtoj bolalar uchun taʼlim sohasidagi bilim va koʼnikmalarga oid masalalarni yoritishdan iborat. Loyiha doirasida maktabgacha va boshlangʼich sinf oʼqituvchilari uchun maxsus taʼlim sohasidagi mavjud bilim va tajribalardan foydalanib dastur ishlab chiqiladi. Loyihada 2 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan bolalar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Loyiha davomida tajriba tarzida maktabning birinchi sinf oʼquvchilarini boshlangʼich taʼlimga yanada yumshoq oʼtishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlimda ijobiy amaliyotlarni mustahkamlash maqsadida qamrab olinadi. Bundan tashqari, Oʼzbekistonda 6 oy davomida, yaʼni loyiha doirasida, istiqomat qiluvchi yaponiyalik ekspert koʼmagida loyiha imkoniyati cheklanganlikning besh turini qamrab oladi, yaʼni, nutqida nuqsoni bor bolalar, tayanch-harakatida nuqsoni bor bolalar, koʼrish qobiliyatida nuqsoni bor bolalar, aqliy va psixik rivojlanishida nuqsoni bor bolalar, eshitish qobiliyatida nuqsoni bor bolalardir. Loyihaning yana bir tarkibiy qismi-Yaponiyada qisqa muddatli oʼquv dasturlaridir. JICA har yili uch yil davomida Oʼzbekistondan oʼn ikki nafar, yaʼni Maktabgacha taʼlim vazirligidan oʼn nafar va Xalq taʼlimi vazirligidan ikki nafar mutaxassisni qabul qiladi. Loyiha boʼyicha hujjatlarni imzolash marosimida, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi JICA tomonidan olib borilayotgan ishlar, yaʼni boshlangʼich taʼlim sifatini yaxshilash hamda imkoniyati cheklangan bolalarni qoʼllab-quvvatlaganligi uchun oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» respublika tanlovi eʼlon qilindi
Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi. 1️⃣ Birinchi yo‘nalishida — «Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud» mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi. 2️⃣ Ikkinchi yo‘nalishda — «Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim» vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi. 3️⃣ Uchinchi yo‘nalishida — «O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha» ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi. ? Tanlov joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi. ? Tanlov haqida (71) 215-51-76, (71) 239-86-99 hamda (71) 203-32-32 (232) telefon raqamlari yoki www.til.gov.uz (http://til.gov.uz/uz/contest/announcement/) sayti orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
№ Tashkilot joylashgan joyva bolalarning kuniga undabo'lish vaqtiBir oylik to'lov miqdoritashkilotgaqatnovchi oiladagibitta bolagaoiladagi har birbolaga, agar tashkilotga bittadanortiq bola qatnasa2021 yil 1 maydan amal qiladi1.Toshkent shahri1.14-5 soat33 00023 0001.29 soat179 000128 0001.310,5 soat214 000152 0001.412 soat242 000171 0001.524 soat255 000182 0002.viloyat markazlari2.14-5 soat31 00022 0002.29 soat173 000123 0002.310,5 soat207 000147 0002.412 soat229 000162 0002.524 soat 243 000173 0003viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar3.14-5 soat 28 00020 0003.29 soat159 000113 0003.310,5 soat179 000128 0003.412 soat206 000146 0003.524 soat216 000153 0004tuman markazlari4.14-5 soat25 00017 0004.29 soat117 00089 0004.310,5 soat159 000120 0004.412 soat181 000136 0004.524 soat192 000144 0005boshqa joylar5.14-5 soat23 00016 0005.29 soat83 00067 0005.310,5 soat145 000116 0005.412 soat170 000128 0005.524 soat179 000135 0002021 yil 1 maydan amal qiladi1.Toshkent shahri1.14-5 soat38 00026 0001.29 soat206 000147 0001.310,5 soat246 000175 0001.412 soat 278 000197 0001.524 соат 293 000209 0002.viloyat markazlari2.14-5 soat 36 00025 0002.29 soat199 000141 0002.310,5 soat238 000169 0002.412 soat263 000186 0002.524 soat279 000199 0003viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar3.14-5 soat 32 00023 0003.29 soat183 000130 0003.310,5 soat 206 000147 0003.412 soat237 000168 0003.524 soat248 000176 0004tuman markazlari4.14-5 soat 29 00020 0004.29 soat135 000102 0004.310,5 soat183 000138 0004.412 soat208 000156 0004.524 soat221 000166 0005boshqa joylar5.14-5 soat26 00018 0005.29 soat95 00077 0005.310,5 soat 167 000133 0005.412 soat196 000147 0005.524 soat206 000155 000
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021 yil I yarim yillik ish rejasi
1-yarim-jil-ish-rejaСкачать